Ummat inqirozdan qutulishi va qadr-qimmatini saqlashi uchun faqat Islom yo‘liga yurishi lozim

476
0

Ummat inqirozdan qutulishi va qadr-qimmatini saqlashi uchun faqat Islom yo‘liga yurishi lozim

Bugun musulmonlar ularga xizmat qilishga va ularni falokatlardan qutqarishga harakat qiladigan hokimlarga juda muhtojdir

Islom Ummati shu kunlarda alamli kunni, ya’ni Islomiy davlat qulatilgan kunni xotirlamoqda. Bu davlatning asoslarini Rosululloh ﷺ Madinai Munavvarada tiklagan edilar. So‘ngra bu davlat musulmonlar orasida avloddan avlodga meros bo‘lib keldi. Islomiy davlat o‘n uch asrga yaqin vaqt shu tarzda davom etdi. U haqiqatda adolat manbai, qadr-qimmat lageri, mazlumlar qarorgohi va Islom Ummatining mustahkam qal’asi bo‘lib keldi. U erdan zulm va zolimlar quvildi hamda da’vat va jihod orqali er yuzidagi xalqlarga Islom shariatini etkazish uchun yaxshilik tarqaldi. Uning musulmon va g‘ayrimusulmonlardan iborat fuqarolari tinchlik va omonlik bilan uning bag‘rida yashadi.

Lekin vaqt o‘tishi bilan bu davlat homiylarini g‘aflat bosdi, aholisi istak xohishi yo‘liga yurdi va dushmanlari tomonidan til biriktirilib, hiyla qilindi. Bu ishda xoin arab va turklar yordam berdi. Ularning etakchisi Islom va musulmonlarning dushmani, asr jinoyatchisi Mustafo Kamol edi. Britaniya tomonidan etishtirilgan bu kimsa Ummat ko‘ksiga zaharli xanjar bo‘lib sanchilib, musulmonlarning xalifasiga xiyonat qildi… Shuningdek, hijriy 1343 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni Xalifalik nizomini bekor qilib, arab va musulmonlarni yomon ko‘rishdan boshqa narsasi bo‘lmagan ilmoniy davlatni tikladi. Bu kun Robbilari va islomiy aqidalariga xolis kishilar xotirasidan o‘chmaydigan alamli kun bo‘lib qoldi… O‘sha kunda dunyo zulmatga to‘ldi, uning quyoshi botdi va haqiqat cho‘kdi. Shunday qilib, olam 99 yildan beri yaxshilikdan mahrum holda yashamoqda, turli falokat va musibatlarni boshdan kechirmoqda…

Ummat o‘sha kundan boshlab kofir bosqinchilar nishoniga aylandi. Bu kofir bosqinchilar uning butunligini buzib, qadr-qimmatini to‘kdi, boyliklarini talon-toroj qilib, yurtlari o‘rtasiga chegaralar tortish orqali musulmonlarni parchaladi. Ular Vatanparvarlik, millatchilik va badbo‘y qabilachilik na’ralari orqali johiliyat olovini yoqishdi. Shuningdek, butun Xalifalik boshqaruvi mobaynida Ummatni boshqarib kelgan islomiy shariat ahkomlarini chetga chiqarishdi. Uning o‘rniga kofir kapitalistik aqidadan kelib chiqqan qonunlarni tatbiq etib, dinlari va taqdirlari bitta bo‘lgan birodarlar o‘rtasida urush olovini yoqishdi. Oqibatda Ummat qashshoqlik va xorlik jarligiga kelib qoldi, boshidan ishsizlik soya soladigan, tanini turli kasalliklar tilka-pora qiladigan bo‘ldi. Masalan, butun dunyoga xuddi hashakka o‘t ketgandek tez tarqalayotgan bugungi koronavirus kasalligi kabi. Shuningdek, kofirlar Ummat tepasiga o‘zlariga malay hukmdorlarni olib kelishdi. Bu hukmdorlar kofirlar buyrug‘ini bajarib, ular bilan til biriktirishmoqda, odamlarni qiynayotgan iqtisodiy muammolardan qutqarishga esa, harakat qilishmayapti. Balki bunga bozorlarning kasod bo‘lgani va neftь narxlari tushib ketgani, iqtisodning krizisga uchraganini bahona qilishyapti. Aslida esa, o‘zlari odamlarning boyliklarini talon-toroj qilib, bir siqim boylarga aylanishdi. Bu kofir davlatlarga taqlid qilgan zolim va mutakabbir davlatlar bugun ulkan mablag‘larni fazoni kashf etish, qirg‘inbarot qurollar ishlab chiqish, o‘yingoh va teatrlar qurishga sarflab yotishibdi. Surunkali va og‘ir kasallikka chalingan insonlarni davolash o‘rniga, foydali dori-darmonlarni monopoliya qilib, ularning narxlarini nazorat qilib kelishmoqda.

Ahvol shunday ekan, biz Xalifalik davlatidek Rabboniy davlatga va odil imomga juda ham muhtojmiz. Chunki odil imom odamlarni inqiroz va kambag‘allikdan qutqarish uchun harakat qiladi. Mazlumlarga yordam beradi, Allohning shariatini hakam qilish orqali ularning xavfsizligi va qadr-qimmatini ta’minlaydi. Shuningdek, yurtlarni mustamlakachi kofirlar iflosligidan tozalaydi.

وَنُرِيدُ أَنْ نَمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ * وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الْأَرْضِ

«Biz esa u erda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib), barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir’avn mulkining) vorislari qilishni istaymiz. Yana ularni o‘sha erda barqaror qilishni (istaymiz)» [Qasos 5-6]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.