بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir a’zolari G‘azo sektori shimolida «Tramp kelishuvi Oslo shartnomasi oqibatlaridan biridir, bas, unga qanday qarshi turmog‘imiz kerak?!» nomli forum o‘tkazdilar
G‘azodagi Hizb ut-Tahrir a’zolari 2020 yil 26 fevral chorshanba kuni oqshomda G‘azo sektori shimolida «Tramp kelishuvi Oslo shartnomasi oqibatlaridan biridir, bas, unga qanday qarshi turmog‘imiz kerak?!» nomli forum o‘tkazdilar. Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zaminining Tramp kelishuviga qarshi boshlagan kampaniyasi doirasida bo‘lgan ushbu forumda doktor Nabil Halabiy bir necha mavzuda nutq so‘zlab bunday dedi:
«Falastin masalasi Islom masalasi bo‘lib, Ummatning aqidasiga chambarchas bog‘liqdir. G‘arb buni tushunib turibdi. U shuningdek, Ummatning oyoqqa turib, qayta kuch to‘plab, Falastinni ozod etish uchun harakatga kelishi muqarrarligini bilyapti. G‘arbning sa’y-harakatlari Ummatni mana shu qo‘zg‘alishini oldini olish uchundir. Shuning uchun ham biz G‘arb va uning malaylarini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida gavdalanuvchi ushbu olamshumul qudratning kelishiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish yo‘llarini izlab, rejalar tuzishayotganiga guvoh bo‘lyapmiz».
Doktor Nabil Halabiyga ko‘ra, musulmon yurtlaridagi hukmron rejimlar Ummat dushmani bo‘lmish mustamlakachi G‘arbga qurol sifatida xizmat ko‘rsatishmaganida edi, G‘arb ayni rejalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lolmasdi. Doktor Falastin masalasini yo‘q qilishga qaratilgan Tramp kelishuvi haqida so‘z yuritib, bunday dedi:
«Tramp kelishuvi Falastin ahliga ham, butun Islom Ummatiga ham zarracha mansub emas. Balki Tramp kelishuvi Falastin masalasini xalqaro qonun va qarorlari orqali hal etishga chaqirayotgan kimsalar yuziga tushirilgan tarsaki bo‘ldi. Chunki xalqaro qonun va qarorlar yirik mustamlakachi davlatlarniki bo‘lib, faqat o‘shalarning manfaatiga xizmat qiladi, aks holda, ularni o‘zlari buzib, tepkilab tashlashadi». Doktor Halabiy nutqi nihoyasida yana bunday dedi:
«Ummatning istiqboli porloqdir. Chunki bugun mintaqa va Ummat juda og‘ir ahvolni boshdan kechirar ekan, Nabiy ning «… Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya bashorat qilgan va islomiy tarixning beshinchi davri hisoblangan Xalifalik loyihasini tez kunlarda albatta ro‘yobga chiqarajakdir. Chunki Ummat va uning – Alloh izni ila barpo bo‘lajak – davlati bilan kofirlar o‘rtasida to‘qnashuv albatta bo‘ladi. Ana shunda yahudiylarni himoyachisi topilmay qoladi. Shuncha qudratga ega G‘arb ham ularga foyda berolmay, o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi».
Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan