O‘zbekiston bilan Qozog‘iston fuqarolarida karonavirus topilganligi haqidagi xabar Qirg‘iziston bozorlarida biroz muammolar paydo qila boshladi
Avval Qozog‘iston, so‘ng O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus kasalligi topilishi Qirg‘iziston fuqarolarini sarosimaga sola boshladi. Qirg‘izistonda davlat tomonidan oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maktablarning vaqtincha yopilishi, bozor va savdo do‘konlarining vaqtincha yopib qo‘yish holatlari odamlarni battar vahimaga solib boryapti. O‘zbekiston 16-martdan o‘z chegarasini yopishi haqidagi xabar yuqoridagi vahimalarga qo‘shimcha bo‘ldi. Fuqarolar chegara berkilishi bilan iqtisodiy krizis boshlanishi mumkin deb xavotirlana boshlashdi.
Odamlar – rizq Allohdan degan aqidadan uzoqlashib ketishlaridan tashqari, aqliy fikrlash, ya’ni voqelikka qarab to‘g‘ri mulohaza qilish tafakkuridan ham uzoqlashib borishyapti. Koronavirus un va shunga o‘xshash boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qila olmaydi yoki ularni iste’molga yaroqsiz qilib qo‘ya olmaydi. Ya’ni koronavirus vahimasi iqtisodiy halokat olib kela olmaydi. Mintaqadagi yil davomida etishtirilgan oziq ovqat va xom ashyo mahsulotlariga kasod kelgani yo‘q, ular o‘sha miqdorda, o‘z holida turibdi. Ular shu mintaqa fuqarolari iste’moliga mo‘ljallab etishtirilgan va mahsulot egalari bizga bu mahsulotlarni etkazib berishdan manfaatdor. Ya’ni hozirgi epidemik halokatni aytaylik un taqchilligi muammosiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Iqtisodiy yoki boshqa halokatlar faqat vahima va sarosimaga tushishimiz ortidan keladi. Kapitalistlar hatto boshimizga tushib borayotgan halokatlardan ham, o‘zlari uchun biror moddiy manfaat izlashadi. Ular matbuot chayqovchilaridan foydalanib, vaziyatlarni jumbushga keltirish orqali biror manfaatni ro‘yobga chiqarishga harakat qilishadi. Biz sarosimaga tushib mahsulotlarni keragidan ortiqcha saqlab olish bilan ularning qabih rejalarini amalga oshirishlariga hissa qo‘shayotgan bo‘lamiz. Bundan tashqari, keraksiz (ortiqcha) mahsulotlarni saqlab olishimiz, uni kimgadir vaqtincha etishmay qolishiga olib boradi. Bu esa iqtisodiy muammolar paydo qilib, jamiyatda beqarorlik, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlar uchun keng yo‘l ochib berish bilan yana boshqa muammolar paydo qiladi.
Birodarlar, Allohga tavakkul qilib, taqvoga qaytaylik. Qo‘lga kiritayotgan mol dunyolarimizni va farzandlarimizga edirayotgan Alloh bergan rizqni haromdan ehtiyot qilaylik! Mulkka egalik qilayotib noshar’iy yo‘llarga kirib, bir birimizga zulm qilib qo‘yish bilan Allohning la’natiga duchor bo‘lib qolmaylik.
Ustimizdagi buzuq aqida va kufr saqofatlariga asoslangan tuzum bizlarni xudbin va osiy bandalarga aylantirib boryapti. Xudbinlik ko‘zimizni ko‘r qilib, bir-birimizga tajovuzkor qilib qo‘ydi. Bu holatimiz kufr olami uchun juda qo‘l kelib, ular bizni buzuq muhitlarimizdan foydalanib o‘rtalarimizni chegaralar bilan bo‘lib qo‘yishdi. Ochko‘zligimizdan foydalanib bir-birimizga qarshi tajovuzkor qilib qo‘ydi. Johilligimizdan foydalanib bir birimizga qarshi urush qiladigan dushmanlarga aylantirib boryapti.
Bularning barchasi demokratiyaga asoslangan kufr mafkurasi va kapitalizmga asoslangan buzuq tuzumning kasofatidandir!
Abdurazzoq Mo‘’min