بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin rejimi Tramp kelishuviga norozilik bildirganlarni o‘g‘irlab ketmoqda va qamoqqa olmoqda
Falastindagi mustabid rejim xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir a’zosi Baytlahmdagi Artos shaharchasidan bo‘lgan ustoz Xolid Oyashni o‘g‘irlab ketdi. Xavfsizlik xizmati xodimlari o‘rta maktabda o‘g‘il bolalarga arab tili bo‘yicha mudarrislik qiluvchi ustozni 2020 yil 17 fevral dushanba kuni katta ko‘chadan engil mashinaga tiqib olib ketishdi. Olib ketilgandan so‘ng rejim ustozni 24 soat hibsda saqlab, prokuraturaga havola qildi, prokuratura uni Ariha turmasiga yubordi. Shubhasiz, bunday qilmish bilan rejim o‘zi og‘iz ko‘pirtirib maqtanuvchi qonunini ochiqdan-ochiq o‘zi buzdi. O‘z navbatida, Ariha prokuraturasi ustozning advokatlariga bildiruv taqdim etmasdan uni 15 sutkaga qamadi.
Falastin rejimi shu bilan ham kifoyalanmadi. Ustozning ukasi Muhammad Oyashni ham akasini surishtirib borganda qamoqqa oldi va 24 soat hibsda saqlab, so‘ng uni Ariha turmasiga yubordi va uni ham 15 sutkaga qamadi.
Hizb ut-Tahrirning Falastindagi matbuot bo‘limi a’zosi muhandis Bohir Solihning aytishicha, Falastin rejimi Hizb ut-Tahrirning etti nafar a’zosini matbuot bayonoti tarqatishlari ortidan qamoqqa olgan: Tulkarm shahridan ikkita, Baytlahm shahridan ikkita, Ramalloh shahridan bitta, Nabul shahridan bitta, Janindagi Silat shaharchasidan bitta. Hizb ut-Tahrir – Falastin matbuot bo‘limining ushbu bayonotida rejimning Tramp kelishuviga qarshi chiqayotgani bo‘yicha iddaolari yolg‘on ekanligi, bunga uning o‘tgan shanba kuni Janin shahrida ayni kelishuvga norozilik sifatida Hizb tomonidan uyushtirilgan namoyishni bostirgani dalil ekani aytilgan.
Rejimning ayni qamoqqa olishlardan tashqari, Tramp kelishuviga qarshi o‘tgan shanba Hizb tomonidan uyushtirilgan mazkur namoyishni ham bostirganligi shunga dalolat qilmoqdaki, u haqiqatdan Falastin ahliga qarshi til biriktirishda davom etmoqda. Chunki kelishuvga qarshiligini iddao qilayotgan bo‘lsa-da, biroq uni barbod qilishga harakat qilmayapti, uni qoralaganlarni qamayapti, dedi Bohir Solih.
So‘ng Bohir Solih Falastin rejimidan Hizb ut-Tahrir yigitlarini zudlik bilan ozod etishni talab qildi hamda uni har qanday taslim bo‘lish va yon berish loyihalariga e’tiroz bildirgan odamlarning shar’iy va qonuniy huquqlarini poymol qilish oqibatidan ogohlantirdi.
Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan