Minglab Hizb ut-Tahrir tarafdorlari Xalil shahrida yig‘in o‘tkazib, Tramp kelishuvini qoraladilar va Falastin masalasining islomiyligini ta’kidladilar

355
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Minglab Hizb ut-Tahrir tarafdorlari Xalil shahrida yig‘in o‘tkazib, Tramp kelishuvini qoraladilar va Falastin masalasining islomiyligini ta’kidladilar

2020 yil 11 fevral seshanba kuni asrdan so‘ng Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Xalil shahrida Tramp kelishuviga qarshi katta namoyish uyushtirib, shu orqali Falastin masalasining islomiyligini, uni to‘la ozod etish farzligini ta’kidladi.

Namoyish qatnashchilari roya va bayroqlarni hamda musulmon armiyalarni harakatga kelishga chaqiruvchi shiorlarni ko‘tarib chiqishdi. Ular Trampga va arab davlatlari rejimlariga qarshi hayqirib, Falastinni ozod etuvchi hamda yahudiy vujudini supurib tashlovchi Xalifalikni barpo etishga chaqirishdi.

Namoyishda Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi a’zosi doktor Ibrohim Tamimiy yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlab, Trampning bunday jinoyatlarga shijoatlantirgan narsa musulmon yurtlaridagi hukmdorlarning itoatgo‘yligi va til biriktiruvi ekanini ta’kidladi. Agar Tramp bugungi hukmdorlar orasida Horunar Roshid yoki Salohiddin Ayyubiy singari bitta er kishini ko‘rganda edi, musulmonlar masalalaridan birortasiga daxl qilishga jur’at qilolmagan bo‘lar edi, dedi.

Tamimiy bunday dedi:

«Nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarning otasi ham, onasi ham Amerikadir. Falastin Trampning birovga berib yoki tortib oladigan tomorqasi emas. Anavi hukmdorlarning ham, taslim bo‘lish ortidan hakillab chopib, yahudiylar bilan imzolangan xavfsizlik kelishuvchiga amal qilayotganlarning ham mulki emas. Yo‘q, Falastin Islomiy Ummatning mulkidir.

Hizb ut-Tahrir nafaqat Tramp kelishuvi, balki o‘zlarini Falastin ahlining vakili ekanini da’vo qilgan kimsalarning har turli bitimlarini tan olmaydi. Oslo shartnomasi, Uay-River protokoli, Taba shartnomasi, Xalil protokoli, bularning barchasini Hizb qoralab, Falastindan voz kechish va yon berish, deb hisoblaydi».

Tamimiy Falastin masalasining shar’iy yo‘lini, ya’ni, uni ozod etish uchun Ummat armiyalarini harakatga keltirish zarurligini ta’kidladi hamda xalqaro qonunchilik va Xavfsizlik Kengashiga yopishib olganlarning opportunistik, sharmandali xatti-harakatlarini aybladi.

Tamimiy so‘zining nihoyasida Ummat armiyalarini g‘ayratini qo‘zg‘ab, Falastinni ozod etishga chaqirdi, Amerikaning beboshligiga va musulmonlar yurtlariga hukmronlik qilishiga chek qo‘yish uchun Rosululloh ﷺning Isro maskanlari oldidagi o‘z burchlarini ado etishga da’vat qildi.

Roya gazetasining 2020 yil 19 fevral chorshanba kungi 274-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.