Tojikistondagi masjidlarda juma namozlari bekor qilinmoqda

575
0

Tojikistondagi masjidlarda juma namozlari bekor qilinmoqda

 Tojikiston poytaxti Dushanbedagi qator masjidlar o‘z qavmidan juma namoziga kelmaslikni so‘ramoqda. Bunday so‘rov¸ koronavirus tarqashi oldini olish maqsadida qilinmoqda.

 Hozircha Tojikistonda bu virus tarqaganiga oid rasmiy xabar yo‘q. Shunga qaramay¸ Tojikiston islom markazi musulmonlarga juma namoziga bormaslikni tavsiya qilmoqda va masjidlar ana shu ehtiët chorasiga muvofiq¸ o‘z qavmini juma namoziga kelmaslikka chaqirmoqda.

 Yaqin kunlarda Dushanbe hukumatining butun mamlakat bo‘ylab juma namozlarini vaqtincha taqiqlash haqida buyruq berishi kutilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi¸ bunday taqiqni tibbiët mutasaddilari tavsiya qilganini bildirdi.

Islomda vabo kasalligiga qarata shar’iy echim mavjud bo‘lib, u har bir mintaqa voqeligiga qarab o‘sha hudud uchun xos munosabat belgilaydi. Har bir vabo tarqagan hududga kirish va chiqish yo‘llari to‘siladi va Allohga tavakkul qilib vaboni bartaraf qilish yo‘llari izlanadi. Vabo tarqagan mintaqa uchun alohida hukmlar tatbiq qilinib, kasallikning xarakteriga ko‘ra kerak bo‘lsa jamoiy yig‘inlar taqiqlanishi mumkin.

 Lekin vaboni oldini olish uchun hali mamlakatga kirib kelmagan kasallikni ro‘kach qilib biror ibodatni to‘sish yoki fuqarolarni jamoatchilik ishlarini taqiqlash mumkin emas. Vabo mamlakatning biror shahrida paydo bo‘lganida ham, o‘sha shahar qamal holatiga olinadi va u erda alohida shariy hukmlar tatbiq qilinadi, qolgan mintaqa uchun unga joriy qilingan hukmlar tatbiq qilinmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.