Qirg‘izistonda oilaviy ajrashishlar ko‘paydi

482
0

Qirg‘izistonda oilaviy ajrashishlar ko‘paydi

 Qirg‘izistonda ajrashgan oilalar soni ortdi. Bu haqda Davlat ro‘yxatga olish xizmati xabar qildi.

 Xabarga ko‘ra, 2018-yili ajrashishlar soni 10 ming 434ta bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam 10 ming 995tani tashkil etdi. Boshqacha aytganda, bir yilda ajrashganlar soni 561taga ko‘paygan. Bu  har to‘rtinchi oila ajrashayotganini anglatadi. 

 Umuman, Qirg‘izistonda 2019-yili 49 ming 395 nikoh qayd etilgan. Ajrashish bo‘yicha tushgan arizalarning eng ko‘pi Bishkek shahriga to‘g‘ri kelib, ularning soni ikki mingdan oshadi. Er-xotinning ajrashishiga turli xil sabablar keltirib o‘tiladi, ularning asosiysi – oilaviy zo‘ravonlik hisoblanadi.

 Ma’lumki, demokratik tuzum ayollarga sotiladigan tovar, lazzat manbai sifatida qaraydiyu bu tuzum ayollarni erkaklar bilan teng huquqli qilish iddaosi bilan tabiatan zaif bo‘lgan ayol zimmasiga erkaklar bilan teng majburiyat yukladi. Ayollarni erkaklardan behojat, mustaqil qilish bahonasi bilan (gender tenglik) ularni ayollarning o‘rni bo‘lmagan sohalarga ham aralashtirdi. Natijada oilada barqarorlik yo‘qoldi. Erkaklar ham, ayollar ham o‘z majburiyatlarini unitishi natijasida oilada janjallar ko‘paymoqda. Aslida ayol kishiga himoya qilinishi vojib bo‘lgan nomus va uy bekasi sifatida qaralishi kerak. Mana shunday g‘amxo‘rlikkina ayol kishiga o‘zini ayol sifatida his qilishini ta’minlab beradi. Bunday g‘amxo‘rlik faqat Islomdagi ijtimo tuzimini hayotda tatbiq etish bilangina bo‘ladi. Bu tuzim esa albatta, Xalifalik davlatini barpo etish bilan amalga oshadi. Hozirgi vaqtda davlatni qayta barpo etish uchun harakat qilish doirasida Islomdagi ijtimoiy echimlarni jamiyatga singdirib, shu orqali g‘arbning buzuq ijtimoiy tuzimini surib chiqarishga harakat qilishimiz kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.