Komilov AQSh va Tolibon o‘rtasidagi Afg‘oniston bo‘yicha kelishuvni “juda muhim qadam” deb atadi

496
0

Komilov AQSh va Tolibon o‘rtasidagi Afg‘oniston bo‘yicha kelishuvni “juda muhim qadam” deb atadi

 O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar poytaxti Dohada AQSh va Tolibon o‘rtasida imzolangan shartnomani “juda muhim qadam” deb atadi.

Doha shahrida Bi-bi-si Fors xizmatiga gapirgan Komilov toliblarga ishonch paydo bo‘layotganini aytgan.

Komilovga ko‘ra, o‘zbek rasmiylari ham Dohada Tolibon mas’ullari bilan uchrashganlar, ular O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga xavf tug‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida va’da bergan.

“Bular kecha bizga va’da berishdiki, hozir oldilarida turgan asosiy maqsad shu shartnomani amalga oshirish. Agar shu shartnoma haqiqatan ham amalga oshirilsa bu juda katta qadam bo‘ladi. Bular va’da berishdiki, O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyoni boshqa davlatiga xavf tug‘ilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz deb”, – dedi Komilov.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Qatar poytaxti Dohada AQSh va Tolibon o‘rtasida kelishuv marosimida ishtirok etmoqda.

AQSh va Tolibon erishgan kelishuvga ko‘ra, Amerika Afg‘onistondan qo‘shinlarini 14 oy ichida olib chiqib ketishi kerak.

O‘z navbatida Tolibon kelishuvga to‘liq amal qilgan xolda Afg‘onistonda ekstremizm urug‘i sochilishiga yo‘l qo‘ymaslikni zimmasiga olgan.

Tahlil:  AQSh bilan Tolibon o‘rtasida borayotgan tarixiy kelishuvning O‘zbekistonga yoki Markaziy Osiyoga qanday ta’siri bor?

 2001 yil 11-sentyabr voqe’asini uyushtirishdan AQShning maqsadi Iroq va Afg‘onistonni bosib olish edi. Afg‘onistonni bosib olishdan ko‘zlagan maqsadlaridan biri O‘zbekiston – Afg‘oniston orqali temir yo‘l va neft quvurlarini Mozori-Sharif – Qobul – Peshovor yo‘nalishi bo‘yicha okeanga olib chiqish bo‘lgan edi. Afg‘onistonda 19 yildan beri davom etib kelayotgan harbiy bosqinchilik harakatida AQSh sharmandali mag‘lubiyatga yuz tutdi. Yuqoridagi AQShning tashabbusi bilan  uzoq yillardan beri harakat olib borilayotgan AQSh  – Tolibon kelishuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – AQShning harbiy mag‘lubiyatini yashirish va diplomatik g‘alabaga erishish asosida olib borilyapti.

 O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik kelishuvi ortidan AQSh unga va’da qilgan loihadan hali ham umidini uzgani yo‘q. 573 km masofasi Afg‘onistondan o‘tishi kutilayotgan bu loiha, 5 milliard dollarga mo‘ljallangan bo‘lib, jahon bankidan kredit olish orqali amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Qatarda imzolangan AQSh-Tolibon kelishuvi ortidan O‘zbekistonda eski loihadan yangi umid paydo bo‘la boshladi. O‘zbekistonni okean orqali jahon bozorlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan bu yo‘nalish loihasi amalga oshgudek bo‘lsa, unda Rossiyaning iqtisodiy bosimi va ta’siridan qutula olishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek O‘zbekiston Xitoy va O‘rta Osiyo davlatlari uchun yirik tranzit hududi va logistik savdo markaziga aylanib olishi mumkin.

Lekin Afg‘onistondan AQSh harbiy quvvatini olib chiqib ketishi ortidan qanday vaziyat yuzaga kelishi aniq emas. Bu loiha Rossiya manfaatlariga teskari ekani bois mintaqada yana qanday fitnalar yuzaga kelishi va vaziyat qaysi tomon yo‘nalib ketishini avvaldan aytish qiyin.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.