Hukumat va MXDQ kofirga malaylik qilib o‘z xalqini sotqinlikka tayyorlamoqda
Qirg‘iz hukumati Terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan odamlarni qo‘lga olish va jazolash, shuningdek, teraktni oldini olishga yordam beruvchi ma’lumotlarni MXDQga etkazgan odamlarga pul mukofoti bilan rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Qarorni tasdiqladi. “Mukofot” sotqinlikka qarab 120 000 somga qadar miqdorda belgilandi.
Endi MXDQ mazkur qarorga asoslanib ayrim sotqinlarni yollab olish orqali – bu mukofotga erishish uchun – ba’zi musulmonlarga nisbatan turli xil tuhmat (podstava)lar uyushtirishni kuchaytirishi ham mumkin. Ma’lumki, xalq ishonchidan qolgan tarmoq davlat organlari hisoblanadi… Shunday ekan, bunday vaziyatda oddiy odamlar orasidan ma’lumot berganlar hech qanday mukofot ham ololmaydi, faqat ular sotqinlikka rag‘batlantirilmoqda. Chunki, bu mukofotni MXDQ xodimlari o‘zlari olishadi, ularga “quloqlik” qilganlarga esa uvog‘igina tegadi.
Aslida, Islomga qarshi kurashish uchun “terrorizm ertagi” kofir G‘arb derjavalari tomonidan o‘ylab topilgan atamadir va shu orqali mustamlakachilik manfaatlarini ro‘yobga chiqarib olish ham maqsad qilingan. Shu tufayli, bugungi kunga qadar dunyo bo‘ylab “terrakt” an’anasi davom etib kelmoqda.
Quyida ular uyushtirgan soxta teraktlar orqali erishgan ayrim natijalarni sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz.
Rossiyada 1999-2002-yillar oralig‘ida uyushtirilgan teraktlar 2-chechen urushini boshlashga bahona bo‘ldi va Checheniston Rossiya tomonidan qayta bosib olindi.
2001-yili AQShda uyushtirilgan terakt ortidan Amerika Afg‘oniston va Iroqni bosib oldi.
2015-yildan boshlab Frantsiyada bir yarim yil ichida 10ta terakt bo‘ldi. Natijada Frantsiya Iroq va Suriyani bombalashga kirishdi. Aslida, AQSh uni mintaqa ishlariga aralashishdan to‘sib qo‘ygan edi, biroq, u ushbu teraktlar bahonasi bilan mintaqaga kirib keldi.
2016-yili Britaniyani EIdan chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda qatnashganlarning 52% qo‘lladi. Biroq, Britaniya tarkibidagi Shotlandiya EIda qolishni ko‘zlagan edi, shuning uchun Britaniyadan ajralib chiqish va mustaqillik olish bo‘yicha referendum o‘tkazishga kirishdi. Shimoliy Irlandiya esa Irlandiyaga qo‘shilish tashabbusini kuchaytirdi. Mana shunda Britaniyada bir qator teraktlar uyushtirilib, xalq bunday bo‘linishlardan chalg‘itildi.
Bunday olamiy “an’anadan” Qirg‘iziston ham chetda qolmadi.
Bunga qadar Qirg‘iziston zolim hukumati – kofir xo‘jayinlari buyuruqlariga itoat qilish va bularni o‘z manfaatlariga moslashtirish orqali – “terrorizm”, “ekstremizm” bahonasi bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashib kelmoqda.
Masalan:
– 2005-yilgi davlat to‘ntarishi vaqtidagi mitinglarda birorta ham islomiy jamoatlar, shu jumladan, Hizb ut-Tahrir yigitlari ham ishtirok etishmadi. Biroq, shunda ham akaevchilar: “oppozitsiya Hizb ut-Tahrir bilan birlashmoqda” deb yolg‘on ma’lumot tarqatishdi.
– Kurmanbek Bakiev hokimiyat tepasiga kelgan yilgi beqarorlik davrida ham islomiy jamoatlar tomonidan hech qanday terakt sodir etilgani yo‘q. Agar terroristlar bo‘lganida o‘sha vaqtda portlashlar qilishardi. Bakiev hokimiyati qalqib turgan vaqtda Omurbek Tekebaev va Almazbek Atambaev raisligida “Reforma uchun” harakatining bahorgi mitinglar bo‘lib o‘tdi. Ularda ham birorta islomiy jamoatlar qatnashmadi, hech qanday teraktlar bo‘lmadi. Mitinglardan so‘ng o‘ziga kelib olgan Bakiev hukumati Islomga qarshi kurashni boshladi. 2006-yil 14-iyulda Jalolobodda 5 nafar musulmon kuch organlari tomonidan o‘ldirildi. Qurbonlarning ikki nafari Hizb a’zolari ekanligi haqida yolg‘on so‘zlar tarqatildi. 7-avgustda butun O‘rta Osiyoga taniqli bo‘lgan imom Muhammad Rafiq Kamolov shahid qilindi. Kuzgi mitinglardan keyin Hizb a’zolarini ta’qib qilish kuchaydi. Televideniyada Hizb a’zolari qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqatilib, qurol-yaroq va o‘q-dori aks etgan kadrlar namoyish qilinadigan bo‘ldi.
– 2010-yilgi to‘ntarishdan keyin ham Islomga qarshi kurash davom etdi. Hukumat bir oz dam olganidan so‘ng odamlarni mitinglardan chalg‘itish uchun “Jayshul-Mahdiy” voqealari uyushtirildi. Xalqni ekstremizm va terrorizmdan qo‘rqitib, ularni Rossiya qo‘ltig‘i ostida himoyalanishga ishontirish uchun, “pobeg iz tьyurmы”, “oxota za lyudьmi” stsenariylari amalga oshirildi. Natijada, EOIIga qanday qilib kirib qolganimizni sezmay ham qoldik. AQSh va Rossiya talabi bilan maxsus xizmatlar ba’zi musulmonlarni Iroq va Suriyaga borishga undashdi. Ketmoqchi bo‘lganlarga Rossiya va Turkiya orqali koridor ochib berishdi. Shu bahonada yana bir qancha musulmonlar qamoqqa tashlandi. Shuningdek, “yaqinchilarni” taqiqlab qamoqqa olishdi.
Bular o‘tmishdan ayrim misollar. Achinarlisi, bugungi kunda ham shunday ko‘rinishlar davom etib, hatto yanada kuchayib borayotgani kuzatilmoqda.
Shu sababli, biz hokimiyat vakillari va kuch organlari xodimlarini malaylik va sotqinlikning yomon oqibatlaridan ogohlantiramiz: Kofirlarga malaylik qilsangiz va o‘z fuqarolaringizni sotsangiz, u holda malaylar va sotqinlar uchun bu dunyoda xorlik, oxiratda alamli azob bor.
Turkiston