At-Bashiga logistik markaz qurilmaydi
Bu haqda “NARIN” erkin iqtisodiy hudud etakchisi Artur Bayterekov “Azattыkka” bildirdi. Uning aytishicha “At-Bashi Qirg‘iz-Xitoy erkin savdo hududi” kompaniyasining industrial –savdo-logistik markazi qurulishi bo‘yicha tuzulgan loiha yopilishi haqida echimga asosan mintaqadan 200 gektar erni 49 yilga ijaraga berish kelishimi yo‘qqa chiqarildi.
Mahalliy xalq At-Bashi rayoniga logistikalik markaz qurulishiga qarshi kuzdan beri bir qator aktsiyalar o‘tkazib keladi. 17 fevraldagi bir necha minglagan odam qatnashgan mitingda hukumatdan ayil hukumatiga qarashli 200 gektarni berish qarorini bekor qilish talabi qo‘yilgan.
Izoh: har qanday davlat (hokimiyat) xalq xohishini ijro qilishga mahkum. Chunki davlat – ijroiy vujud bo‘lib, boshqaruv tizimini o‘z istagicha tuza olmaydi yoki uni istagan tarzda o‘zgartira olmaydi. Davlat har bir jiddiy o‘zgarishni xalqning ixtiyori bilan amalga oshiradi. Hatto ulkan diktatorlar ham ulkan xiyonatlar qilayotganda xalqni aldash yoki uning etakchi qatlamini sotib olish yoxud qo‘rqitish yo‘llari bilan bo‘lsa ham xalqning roziligini oladi. Xalqning sukut qilishi uning roziligi deb e’tibor qilinadi. Aks holda xalq undan saltanatni tortib oladi.
Xalq (ummat) xohishi – davlatning xohishidan ustun turadi. Chunki davlat o‘z vujudini ham, saltanatini ham (saylov (bay’at) orqali) xalqdan oladi. Shuning uchun saylovda siyosiy kuchlar bir birlari bilan xalqni rozi qilish asosida raqobat olib borishadi. Ularning qay biri xalqning mafkuraviy xohish-istaklari asosida boshqarishga va’da berib uning ishonchlarini qozona olsa, xalq o‘shanga saltanatni topshiradi. Shuningdek hokimiyat xalqning ixtiyor va ishonchini poymol qilsa, mafkuraviy qadriyatlarini toptab ummat manfaatlarini o‘z o‘rnidan boshqa tomonlarga ishlatsa yoki sotib yuborsa, xalq undan saltanatni tortib oladi! At-Bashidagi xalq noroziligi va hokimiyat ularning talablarini bajarishga majbur bo‘lgani fikrimizga kichik bir misol bo‘la oladi.
Albatta xalq ham o‘z holicha biror tomonga qarab harakatlana olmaydi. Uni qandaydir mafkuraga suyangan boshqa bir quvvat muayyan manfaat asosida boshqaradi. Chunki xalq ijtimoiy vujud bo‘lib – u ham o‘z holicha o‘zini isloh qila olmaydi. Xalq, o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qiluvchi fikrlardan ta’sirlanadi.
Dunyo davlatlarining boshqaruvi kapitalizm mafkurasi ya’ni moddiy manfaat ustivorlik fikrati asosiga qurilgan. Lekin u davlatlarning har biri o‘z maqsadlarini inson erkinligi asosidagi demokratiya aqidasi ortiga berkitishadi. Har bir jirkanch ishni bajarishdan avval, o‘sha ish erkinlik yo‘lida demokratik qadriyatlarni himoyasi uchun bo‘layotgandek ko‘rsatib, xalqni ishonchi va qo‘lloviga erishishga harakat qilishadi. (Nyuyorkdagi 11 sentyabr voqeasi fikrimizga dalil bo‘la oladi.)
Qirg‘iz hokimiyati At-Bashida Xitoy va bir qator oligarxlar manfaati uchun ummatning umumiy mulki bo‘lgan yaylov erlarini sotib yubormoqchi bo‘ldi. Xalq bu safar uning bu jinoyatidan qaytarib, ummat mulkini o‘z o‘rnida ushlab qolishga muyassar bo‘ldi. Lekin bu bilan hukumat xiyonatdan to‘xtamaydi. Chunki mavjud ichki boshqaruv tizimi ham, xalqaro boshqaruv sistemasi ham, faqat moddiy manfaat asosiga qurilgan. Unda fidoiylik ko‘rsatishga arzigulik to‘g‘ri mafkura va insoniyatni farovonlikka olib boruvchi to‘g‘ri mabda’ mavjud emas!
Qirg‘iziston esa – agrar davlat bo‘lib, o‘z erlariga o‘zi ishlov berib, undan to‘g‘ri foydalanish haqidagi fikrga ega emas. Uning og‘ir sanoati yo‘qligi sababli xalqini hatto traktor bilan ham ta’minlay olmaydi. Shuning uchun Qirg‘iz davlati har safar investorga murojaat qilishga mahkum. Bu qullik holati bo‘lib, undan qutulishning yagona yo‘li og‘ir sanoatni yo‘lga qo‘yish haqida fikrlashdan boshlanadi. Bu esa xalqaro siyosat tomonidan qattiq nazorat ostidagi tarmoq bo‘lib, hatto xalqaro tashkilotlar vositasida ta’lim siyosatimizni ham nazorat ostiga olishgan. Ichimizdan iqtidorli bilimdonlar etishib chiqishini oldini olishga qattiq e’tibor qaratiladi. Xalqaro siyosat changalidan qutulishning yagona yo‘li islomiy mabdaiy boshqaruv tizimi ostida, kufr boshqaruv sistemasidan mutloq yuz o‘girish bilan amalga oshadi!
Abdurazzoq Mo‘’min.