Jeffri: AQShning pozitsiyasi Asad rejimini o‘zgartirish emas

484
0

Jeffri: AQShning pozitsiyasi Asad rejimini o‘zgartirish emas

AQShning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Anqaradagi muzokaralardan so‘ng televizion suhbatda ishtirok etdi.  Jeffrining ta’kidlashicha, Oq uy ma’muriyati Suriyada bir milliondan ortiq musulmonni o‘ldirgan o‘z xalqining qotili Asad rejimini o‘zgartirish niyatida emas.

“… Biz Asadni sinab ko‘ramiz. Lekin bizning rasmiy pozitsiyamiz Rejimni o‘zgartirish emas, balki munosabatni o‘zgartirishdir”, dedi “Asadning kelajagi borasida AQShning pozitsiyasi haqida berilgan savolga javob bergan Jeffri.

Jefri bu bayonoti bilan Vashington Asad rejimining ortida turganligini tasdiqladi. Shuningdek Jeffri Rossiya va Eronniing Suriyada yolg‘iz harakat qila olmasligini bildirar ekan, bu mamlakatlar Suriyaning parchalanib ketgan iqtisodiyotini tiklashga qodir emasligini va G‘arb buni qo‘llab-quvvatlamasa ular hech narsa qila olmasligini alohida ta’kidladi. Bu bilan ham u masala ortida AQSh turganligiga va boshqa davlatlar o‘zlariga topshirilgan rolьni ijro etuvchi aktyorlar ekanligiga ochiq ishora qildi. 

Darhaqiqat voqealar rivoji ham aynan shuni tasdiqlamoqda. Masalan Turkiya muxolif guruhlarni jilovlash va Halab kabi strotegik erlarni rejim kuchlariga topshirilishida o‘ziga topshirilgan rolьni qoyil maqom qilib o‘ynab berdi. Astana va Sochi bitimlari orqali Turkiya nazorati ostiga o‘tgan nuqtalarning ba’zilari bugungacha Asad kuchlariga topshirildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li – garchi tanqid qilib gapirgan bo‘lsada – buni rasman tan oldi. AQSh vakillarining “Turkiya bo‘lmaganda biz aslo Suriyada muvaffaqiyat qozona olmas edik”, deya ochiq bayonot berishlari va Erdogan janoblariga tinimsiz rahmatnomalar yog‘dirib turishlari ham bejiz emas. Kuni kecha AQSh Prezidenti Donald Trampning telefon orqali prezident Erdog‘anga Suriyadagi faoliyati uchun bildirgan minnatdorchiligi ham shular jumlasidan.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.