بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Pokistondagi Bajva-Imron rejimi Hindistonga Kashmirdagi bosqinchiligini mustahkamlash imkonini bermoqda
Pokiston rejimi Kashmirdagi birdamlik kunini nishonladi. Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi buning ortidan bergan matbuot bayonotida quyidagilarni ta’kidladi: «Hindistonning bosib olingan Kashmirni to‘liq egallab olishga imkon topish uchun uni bo‘lib yuborishni boshlaganiga qariyb olti yil bo‘ldi. Ayni paytda Pokiston rejimi Kashmirdagi qarshilik harakatini qo‘llab-quvvatlashni jinoyatga chiqarmoqda va buni «terror» deb atamoqda». Bayonotda bildirilishicha, Hindistonning qo‘rqoq kuchlari etmish yil davomida Pokistondagi musulmonlardan to‘liq yordam olib kelgan jasoratli musulmon jangchilar oldida chekinib keldi. Biroq shunga qaramay, Bajva-Imron rejimi laganbardorlik qilish, yuzaki choralar ko‘rish va yolg‘on ko‘z yosh to‘kish orqali hind davlatiga bosib olingan Kashmirdagi harbiy bosqinchiligini kuchaytirishi uchun etarlicha vaqt bermoqda.
Bayonotda Pokistondagi musulmonlarga quyidagicha murojaat yo‘llandi: «Ustimizdagi eng og‘ir yuk Bajva-Imron rejimidir. Chunki bu rejim turli vositalar bilan bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. U Xalqaro Valyuta Fondining qonun va shartlarini tatbiq qilish orqali bizni qashshoqqa aylantirdi. Shuningdek, u kofir Trampning «vazminlik» (o‘zini tutish) to‘g‘risidagi buyruqlariga itoat qilish orqali bizni xorladi. Shuning uchun, zudlik bilan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilishga shoshilinglar. Toki, Sirinagar va Aqso ustida Xalifalik bayrog‘ini ko‘tarish imkoniga ega bo‘laylik.
Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan