بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Konstantinopol fathi xotirasi munosabati bilan butun Pokiston bo‘ylab o‘tkazilgan namoyish va ma’ruzalar
Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati Konstantinopolning (hijriy 857, milodiy 1453 yilda) Ummat arslonlaridan biri bo‘lmish Muhammad Fotih qo‘li bilan fath etilgani xotirasi munosabati bilan butun yurt bo‘ylab kampaniya uyushtirdi.
Darhaqiqat, ushbu Hizb ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning benazir amirligi ostida bor kuchini ayamay harakat qilmoqda. Bu harakati, Pokistonni Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatining markaziy nuqtasiga aylantirishga qaratilgan.
Hizbning kampaniyada ishtirok etayotgan yigitlari Pokiston Qurolli kuchlari safidagi arslonlarni Ummat o‘ziga qalqon qilib, uning ortida jang qiladigan odil bir xalifani barpo etish uchun zudlik bilan Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga da’vat qildilar.
Ushbu namoyish va yurishlar ishtirokchilari «Ey Pokiston qurolli kuchlari safidagi arslon yigitlar, sulton Muhammad Fotih Konstantinopolni fath qilish bilan sizga Aqso va Kashmirni ozod etishdagi yo‘lingizni yoritib berdi!», kabi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdilar.
Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan