Qirg‘izistonning EOIIdagi o‘rni muhokama qilinadi

602
0

Qirg‘izistonning EOIIdagi o‘rni muhokama qilinadi

 Bishkekda “Qirg‘iz iqtisodining ittifoqdagi raqobatbardoshlik qobiliyati” degan mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatning turli erlaridan chaqirilgan tadbirkorlar, iqtsodchilar va rasmiy hukumat vakillari ishtirok etadi.

 Muhokamada Qirg‘iziston ittifoqning to‘laqonli a’zosi ekanligiga qaramay, ayrim ittifoqdoshlar tomonidan noto‘g‘ri siyosat olib borilayotgani haqida so‘z yuritiladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qilishdi.

 Qirg‘iziston 2015-yili EOIIga a’zo bo‘lgan. Mahalliy ekspertlar Qirg‘iziston tarif imtiyozlaridan foydalana olmagani, soliq shaklidagi tushumlar kamayib ketgani va umumiy bozorga kirishda qiynichiliklar ko‘p bo‘lganini aytib kelishadi.

 Aslida, o‘sha vaqtdayoq Qirg‘izistonning EOIIga a’zo bo‘lishi mamlakat uchun hech qanday manfaat keltirmasligi aniq edi. Ittifoqning salbiy oqibatlari o‘zini uzoq kuttirmadi. Qirg‘iziston iqtisodining asosi bo‘lgan reeksport (Xitoydan tovar olib boshqa davlatlarga sotish) deyarli to‘xtab qoldi, Dordoy va Qorasuv bozorlari inqirozga yuz tutdi. Mamlakatdagi un ishlab chiqarish, parrandachilik sohalari jiddiy zarar ko‘rdi. Davlat ishongan asosiy tarmoq – tikuvchilik sohasi ham o‘z maxsulotlarini umumiy bozorga olib chiqishda muammolarga duch keldi. Qozog‘iston va Rossiya fitosanitariya talablariga javob bermaydi degan bahona bilan Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik va go‘sht maxsulotlarini o‘z hududlariga olib kirishga cheklovlar qo‘ydi. Bugungi kunda ham qirg‘iz-qozoq chegarasida 100dan ziyod yuk mashinalari Qozog‘istonga kira olmay chegarada ushlab turilganligi bu ittifoq Qirg‘iziston uchun hech qanday manfaat keltirmasligiga ochiq dalildir.

 Ammo, bulardan farqli ravishda Qirg‘izistonga kirib keladigan Rossiya va Qozog‘iston tovarlari uchun hech qanday cheklov yoki taqiq bo‘lmadi. Rasmiy hukumatning mamlakatga olib kirishda ilgari surgan eng asosiy iddaolaridan biri – mehnat muhojirlariga beriladigan engillik ham o‘zini oqlagani yo‘q. 2019-yil 12-dekabr kuni Xabarovskda OMONchilar 70dan ziyod qirg‘izistonlik migrant-haydovchilarni ushlab, bir necha soat davomida kaltaklaganlari ham ittifoqning migrantlarga qanchalik “engillik” berganiga misol bo‘la oladi…

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.