Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirishda aroqdan qutulishning o‘rni

585
0

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirishda aroqdan qutulishning o‘rni

So‘ngi vaqtlarda jamiyatda, hatto, davlat darajasida ayollarga nisbatan zo‘rovonlik kuchayib borayotgani borasidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Shu bilan bir vaqtda bu muammoga nisbatan yechimlar ham taklif qilinmoqda. Yechimlar yakka shaxslar, jamoatchilik tashkilotlari va davlat tomonidan berilmoqda. Albatta, bu muammo barchamizning muammoimiz ekanligi haqiqat. Shaxs sifatida zo‘rovonlikkka duchor bo‘lgan ayol birimizning qizimiz, birimizning singlimiz… Shuningdek, bu salbiy ko‘rinish ijtimoiy muammo qatori kun sayin kuchayib bormoqda. Davlat bu muammoni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lsa-da, biroq, bunga ojizlik qilmoqda. Albatta, buning yechimlari bo‘yicha – muammolar yechimlari va ularni amalga tatbiq qilishni o‘zida mujassam etgan tuzum sifatida – Islom dinining o‘z yechimlari bor. Bu bilan tanishmoqchi bo‘lganlar “Islomiy shaxsiya”, “Islomda ijtimo nizomi”, “Islomda iqtisod nizomi”, “Jazolar nizomi” va boshqa kitoblarga, “al-Va’y” (Ong) jurnalining ba’zi maqolalariga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, biz ham bularni bayon qilib berishga harakat qilamiz. Biroq, bugungi mavzuda shu sohadagi kichik bir bo‘limni yoritmoqchimiz. Ya’ni, ayollarga nisbatan bo‘layotgan zo‘rovonliklarda aroqdan voz kechishning o‘rni haqida so‘z yuritmoqchimiz.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Pamir Asanov 15-yanvarda Jogorku Keneshda qilgan chiqishida oilada bo‘ladigan mojarolarning 70 foizi spirtli ichimlik ichgani tufayli chiqishini va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning eng ko‘pi ham shunga bog‘liq ekanligini aytdi.
Biroq, hech kim zo‘ravonlikni kamaytirishning yo‘lalaridan biri sifatida mas qiluvchi ichimliklarni taqiqlashni taklif qilmadi. Ma’lumki, Islom mas qiluvchi ichimliklarni man qiladi. Allohning aroqni man qilgan oyatini tadabbur qiladigan bo‘lsak, aroqni taqiqlanishi ayol zotiga nisbatan zo‘rovonlikni sezilarli darajada kamaytirishi ham oydinlashadi. Lekin, G‘arbning kapitalistik mafkurasini tarqatuvchi ayrim tashkilotlari vakillari, shuningdek, davlat idoralari arqoni taqiqlash bo‘yicha umuman so‘z yuritishmadi. Aslida, jamiyat tribunasi ularnig oyoqlari ostida, jamiyat mikrafoni ularning qo‘lida turganiga qaramay, ular bu haqida aytishmadi. Demak, ular bu muammoni xal etishda astoydil emaslar. Sababi, buni ko‘tarib chiqish va amalga oshirish ular uchun qiyin ish emas edi.
Masalan, kofir xo‘jayinlarining buyrug‘i bilan “inkorchi”larni taqiqlash kerak bo‘lib qolganda bir zumda ularni yo‘q yerdagi ayblar bilan yomonotliqqa chiqarishdi, oxir oqibat taqiqlab tinchishdi. Aslida, ular odamlarni yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish bilan mashg‘ul edilar. Shular qatorida aroq ichishdan ham qaytarishardi. Shuningdek, ularning faoliyatidan hech kim, hech qanday jabr ko‘rgan emas. Aroqqa keladigan bo‘lsak, uning kasofatidan jabr ko‘rganlarni aytib tugata olmaymiz. Shu jumladan ayollarni zo‘rovonlikka duchor bo‘lishining aksari aroqqa bog‘liq ekanligini davlat ham tan olyapti. Biroq, aroqni taqiqlash bo‘yicha hech qanday tashabbus ko‘rmayapmiz. Bu esa islomiy qadriyatlardan burish va Islomdan uzoqlatish ekanligini anglatadi.
Alhamdulillah, buni aksi o‘laroq, G‘arb malaylari aroqni qo‘llashlariga qaramay musulmon xalqimizda unga qarshi harakatlar kuchaymoqda. Bunga bir nechta qishloqlarda aroq sotish va ichish taqiqlanishi misol bo‘la oladi. Bu tashabbusni ko‘targanlardan Alloh rozi bo‘lsin. Endilikda bu ibratli harakatni jamiyat ham, davlat ham qo‘llab-quvvatlab yanada davom ettirish kerak. Natijada aroq ishlab chiqarish, tashish, sotish, ichish – barchasi taqiqlanishi kerak. Chunki, Alloh shunga buyrigan.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.