Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining (Yashil bosqin) nomli yurishga aloqasi yo‘q

466
0

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining (Yashil bosqin) nomli yurishga aloqasi yo‘q

2019 yil 14 dekabr shanba kuni respublika saroyi oldida (Yashil bosqin) nomli yurish bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan notiq yurishda ishtirok etayotgani uchun Hizb ut-Tahrirga tashakkur bildirdi. Alloh Taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا أَنْ تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَى مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ

«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda, biron qavmga musibat etkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!» [Hujurot 6]

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari shuni ta’kidlaymizki, biz bu yurishda ishtirok etganimiz yo‘q. Unda ishtirok etmaganimizning sabablari quyidagicha:

Birinchidan: Bu yurish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida Allohning shariatini hakam qilishni talab qilish uchun bo‘lmagan.

Ikkinchidan: Bu yurishga chaqirganlar noaniq kishilardir. Odamlar ular kimlar, ortidagilar kim va maqsadlari nima bilmaydi.

Uchinchidan: Yurishda ko‘tarilgan shiorlarga va o‘sha yurishning ishdan chetlashtirilgan prezidentning pul muomalalariga aloqador hukm o‘qish majlisi bilan bir vaqtda bo‘lishiga nazar solinsa, yurishni uyushtirganlar eski rejim bilan mustahkam aloqada ekani tasdiqlanadi. Eski rejimki, biror kun ham Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritmagan. Natijada, tarix axlatxonasiga uloqtirildi va hech kim unga afsuslanmadi. Agar bugungi rejim Alloh nozil qilgan ahkomlarga zid qonunlar bilan boshqarsa, mustamlakachi kofirga suyansa va ayrim mas’ullari Islomga dushmanligi haqida ochiq aytishdan to‘xtamasa, Alloh xohlasa eski rejimning kuni boshiga tushadi.

To‘rtinchidan: Hizb ut-Tahrir tog‘utlar o‘z qasrida turgan paytida ham ularga tilyog‘lamachilik qilmagan. Shunday ekan, qanday qilib ular qamoqxonada yotgan va odamlarning la’natiga uchragan bir paytda ularning malaylariga tilyog‘lamachilik qilsin?

Beshinchidan: Yurishga chiqish yoki chiqmaslik xususida munozara qilish uchun biror kishi biz bilan bog‘lanmadi. Barcha odamlar Hizb ut-Tahrir yo‘lning o‘rtasida boshqalarga qo‘shilmasligini biladi. Chunki u Islom asosiga qurilgan va tilyog‘lamachilik qilmaydigan mabdaiy hizbdir.

Shulardan kelib chiqib aytamizki, Hizb ut-Tahrir soxta jarayonlarga qatnashmaydi. Uning g‘oyasi kundek ravshan bo‘lib, u sodiq va ishonchli musulmonning g‘oyasidir. Ya’ni, u Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlash g‘oyasidir. Hizb ut-Tahrir er yuzida Allohning saltanatini tiklash uchun o‘sha g‘oyani ro‘yobga chiqarish yo‘lida harakat qiladi.

لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.