Putin Suriyaga bordi

484
0

Putin Suriyaga bordi

RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin aeroportdan to‘g‘ri RF Qurolli kuchlari harbiylari joylashgan qo‘mondonlik punktiga yo‘l olgan, u erda Putinni Asad qarshi olgan.

 Putin va Asad harbiylarning Suriyadagi holat haqidagi hisobotlarni tinglashgan. Shundan so‘ng, ikki tomon delegatsiyalari muzokaralari boshlangan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin Damashq ko‘chalarida tinch hayot tiklangani yaqqol ko‘rinib turganini e’tirof etgan.

Tashrif doirasida Putin Suriya hududidagi yana bir necha ob’ektga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

 Izoh: Ma’lumki, Rossiya Suriyaga Amerikaning roziligi va uning manfaatlarini himoya qilish uchun kirgan edi. AQShning bundan ko‘zlagan maqsadi o‘zining qiyin vaziyatga solib qo‘ygan islomiy qo‘zg‘olonchilarni zaiflashtirish va muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishdan iborat edi. Chunki, AQSh o‘zini Asad rejimiga qarshi kurashayotgan musulmonlar bilan birga qilib ko‘rsatib kelardi, shuning uchun ularga qarshi oshkora jang qila olmas edi. Shu sababli AQSh Rossiyani Suriya urushiga jalb qildi. Rossiya Suriyada AQShning “iti” vazifasini bajarib, o‘zining eng so‘ngi rusumdagi qurollari bilan musulmonlarni qirg‘in qila boshladi. Buning natijasida o‘n minglab musulmonlar, shu jumladan ayollar va go‘daklar qurbon bo‘lgan bo‘lsa, millionlab musulmonlar o‘z erlarini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Hatto rus harbiy amaldorlari Rossiya Suriyada eng so‘ngi rusumdagi qurollarini muvafaqqiyatli sinovdan o‘tkazishayotgani bilan faxrlanib chiqishdi.

 Rossiya Qurolli kuchlari harbiy va ilmiy qo‘mitasi raisi general-mayor Igor Makushev 2017-yili Moskvada bergan bayonotida Rossiya kuchlari Suriya jangida 200dan ziyod qurol turini sinovdan o‘tkazganligini tan olgan edi.

“Suriyadagi maxsus amaliyot chog‘ida birinchi marta yuqori aniqlikdagi havo va dengiz qurollarini “bir vaqtda o‘t ochish sinovi”dan ham o‘tkazdik. Bu sinov Rossiya bosh shtab boshqarmasining rejalari asosida amalga oshirildi” – degan edi Igor Makushev.

 Bugunga kelib rus jallodlari boshlig‘i Putin rus harbiylari Suriyada amalga oshirgan qirg‘inlar bilan tanishish maqsadida Suriyaga tashrif buyurib, musulmonlar qoni va joni evaziga o‘rnatilgan “tinchlik” bilan faxrlanmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.