Haqiqiy o‘zgarish saylov qutisi orqali ro‘y bermaydi
Saylov oldi kampaniyasida tuyg‘ularni qo‘zg‘aydigan turli mavzular ko‘tarildi. Masalan, munosib nomzod Islomofobiyani hamda musulmonlar uchun ahamiyatli bo‘lgan Falastin va Kashmir masalasi kabi muammolarni hal qilishi, maktablarda liberal qadriyatlarni rivojlantirishga yordam berishi kerakligiga ishora qilindi.
Lekin voqeda saylovda g‘olib chiqqanlar ushbu masalalarning birortasini ham to‘g‘ri shaklda muolaja qilmaydilar. Chunki bu muammolar aslida ilmoniy ideologiyadan paydo bo‘lgan bo‘lib, unda bu narsalarning echimi mavjud emas.
Masalan, Islomofobiya biror shaxs yoki biror partiya tomonidan bo‘lgan nomzod orqali hal bo‘lmaydi. Musulmonlarni musulmon bo‘lganliklari uchun tanqid qilish hamda musulmonlar diasporasini oshkora va yashirin ayblash tartibli kurashning bir qismidir. Bu kurash Islomni yo‘q qilishga qaratilgan va unda barcha kuchlar ishga solinadi. Hukumat g‘ayrimusulmonlarni Islom va musulmonlardan qo‘rqitish uchun ommaviy axborot vositalarini ishga soladi. Shuningdek, musulmonlarni o‘z dinidan bosh torttirish va uning o‘rniga liberal ilmoniylikni qabul qildirish uchun ham ayni shu ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi. Bundan maqsad, musulmonlarni ilmoniylashtirishdir. Shuning uchun bizga shubha bilan qarashadi. Bizga qarshi amalga oshirilayotgan har qanday choralar jamoatchilik oldida oqlanadi. Lekin ular aqliy munozara orqali Islomni enga olishmaydi. Shuning uchun aldovni ishga solishadi va omma xalq orasida jaholatni yoyishadi. Niyatlari esa, odamlar «xom xayol»dan, boshqacha aytganda, o‘zlari to‘qib olgan va yolg‘ondan Islom deb nomlab olgan sharpadan bosh tortsinlar.
Islomofobiyaga barham berish va dinimizga qarshi hujumga reaktsiya bildirish uchun o‘sha islomofobiya ortida turgan guruh ko‘tarib chiqayotgan ilmoniy liberal qadriyatlarga doimiy qarshi turishimiz kerak. G‘arbning egri-bugri kapitalistik ideologiyasiga qarshi Islomni tamsil etadigan to‘g‘ri chiziqni tortish da’vatning islomiy tariqatidir. Shuningdek, munkarni o‘zgartirish tariqatidir.
Saylovlarda qatnashishga chaqirish odamlar kuchini sindirish va ularning e’tiborini rejimdan boshqa, ya’ni foydasiz narsalarga burishdan boshqa narsa emas. Chunki bunda ular o‘zlarini nimalarnidir ro‘yobga chiqargandek his qilishadi. Holbuki, ular hech qancha vaqt o‘tmay e’tiborsizlik, orqaga surish va xavotir kabi narsalarni ko‘rishadi. Ketidan kelgusi saylov va’dalari boshlanadi.
Demokratiyadagi ovoz berish kapitalistik nizomning sharmandali voqesini to‘sib-yashirish uchun ishlatiladigan bir parcha matodan boshqa narsa emas. Unda odamlarda go‘yo qonun chiqarish va hukmdorlardan hisob talab qilish huquqi mavjud, degan tasavvurni beradi. Shuningdek, odamlarda kuchimiz bor, ahamiyatga egamiz va mas’ulmiz, degan his paydo bo‘ladi. Aslida esa, saylovchi hukumatga birorta ham kun tartibini bera olmaydi, ishlab chiqarilayotgan qonunlarni tasdiqlamaydi, siyosatlarni tanlay olmaydi va haqiqiy qaror egalaridan hisob talab qila olmaydi. Chunki saylov nihoyasiga etib, odamlar parlamentdagi o‘z vakillarini tanlashlari bilanoq, ularga ta’sir o‘tkazolmay qoladilar. Besh yildan keyin ularni saylamaslik bilan tahdid qilishdan nariga o‘tolmaydilar. Odamlardagi ushbu tahdid, aslida, kichik bir rag‘bat bo‘lib, bu bilan go‘yo hukumat odamlar tashvishlarini o‘zining ustuvor vazifasiga qo‘ygandek ko‘rsatadi. Bu ishda ommaviy axborot vositalari muhim rolь bajarishadi, ya’ni, saylov muddatidan oldin jamoatchilik fikrida saylov nomzodlari haqida maqbul tasavvur paydo qilib berishadi.
Ikki saylov oralig‘ida deputatlarga partiya ta’sir o‘tkazadi (saylovchilar emas). Shuningdek, xususiy axborot vositalariga ega bo‘lgan kuchli elita ham ta’sir o‘tkaza oladi. Jamoatchilik fikri va aholining qolgan qismi ularga ta’sir o‘tkazolmaydi. Kuchli elita bosim o‘tkazuvchi guruhlarni va tadqiqot markazlarini pul bilan ta’minlaydi, o‘z navbatida, bu markazlar elitaga ovoz berish uchun siyosatchilarni ma’lum bir siyosiy variantlar bilan ta’minlaydi. Chunki elitaning bosimi va chalg‘ituvi ostida qolgan bu markazlar boshqalarning hisobiga shu elitaning manfaatini himoya qiladigan bo‘lishadi. O‘z foydalarini o‘ylab ovoz beruvchi bu siyosatchilar bu erda odamlar manfaati uchun mavjud emaslar. Yo‘q, ular mavjud vaziyatni o‘zgarishsiz ushlab turish va kapitalistlar manfaatini himoya qilish uchun keraklar. Binobarin, demokratiyada ovoz berish degan narsa, katta yoki kichik biror jo‘yali o‘zgarish paydo qilish vositasi emas. Shuning uchun ham haqiqiy o‘zgarish saylov qutilari orqali bo‘lgan emas, hargiz bo‘lmaydi ham.
Muhammad ﷺning Ummati dunyo xalqlarini kapitalizm zulmatidan Islom nuriga olib chiqish uchun ularni etaklashdan mas’uldir.
الر كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ
«Alif, Lom, Ro. (Ey Muhammad, bu Qur’on) Biz sizga, odamlarni Parvardigorlarining izni-irodasi bilan zulmatlardan nurga – qudrat va hamdu sano egasi bo‘lgan zotning yo‘liga – olib chiqishingiz uchun nozil qilgan Kitobdir» [Ibrohim 1]
Agar biz ilmoniy demokratik kapitalizm asoslanayotgan zulm, repressiya va qashshoqlik me’yorlarini qabul qilsak, odamlarni zulmatdan nurga nima bilan chiqaramiz? Axir bunday holatda ular bilan zulmda sherik bo‘lib qolamiz-ku hamda Islom nuriga chiqara olmaymiz-ku. Ha, biz bunday holatda Islom nuri bilan ilmoniylikni aralashtirib yuboramiz. Natijada, odamlar nur bilan zulmni ajrata olmay qoladilar.