بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Indoneziya mamlakat o‘quv dasturidan Xalifalik va jihodga oid darsliklarni olib tashlamoqchi
«Respublika» gazetasi veb-sayti (hijriy 1441 yil 18 robius-soniy, milodiy 2019 yil 15 dekabr yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda aytilishicha, Indoneziya din ishlari vazirligi yaqinda maktab darsliklaridan hamda maktab ta’lim bosqichlari imtihonlari matnlaridan Xalifalik, kurash va jihodga doir materiallarni olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Ayni maqsad yo‘lida vazirlik maktablardagi islomiy darsliklarda mavjud Xalifalik va jihodga taalluqli mavzularni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu – din ishlari vazirligining maktab bosqichlari bo‘yicha muassasa va tashkilotlar bo‘limi direktori Ahmad Umar tomonidan imzolangan hamda B-4339.4 / DJ.I / Dt.I / PP.00 / 12/2019 raqami ostida tarqatilgan hujjatda qayd etilgan».
Roya gazetasi sharhi:
Islom va uning ahkomlariga qarshi kurash Indoneziya rejimining odati. Chunki hukumat, ayniqsa, din ishlari vazirligi Islomni tahqirlovchi va musulmonlarni g‘azablantiruvchi qator qarorlar chiqarmoqda. Yangi hukumat masjidlardagi darslarga josuslik qilib, hukumat idoralarida muslimalarni niqob taqishlarini taqiqladi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqib, din ishlari vazirligi maktab bosqichlaridagi ta’lim dasturlaridan Islom ahkomlarini, ya’ni, Xalifalik va jihod haqidagi moddalarni olib tashlash to‘g‘risida qaror chiqardi.
Bunday qaror birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Biroq uning amaliy qaror sifatida chiqarilishi Indoneziya ahlida reaktsiya qo‘zg‘adi. Xalq qarorga nisbatan o‘z g‘azabini izhor qilganda, din ishlari vaziri go‘yo bu materiallarni fiqhiy nuqtai nazardan faqat islomiy madaniy tarix mavzusiga ko‘chirishga harakat qilmoqchi ekanligini bildirdi. Biroq bu erda hukumat mazkur materiallarni butunlay bekor qilmoqchi, aks holda, Indoneziya ahli bunga g‘azabnok reaktsiya bildirmas edi.
Albatta, bu kabi qarorlarga musulmonlar aslo sukut qilmasliklari kerak, bil’aks, unga qattiq qarshilik qilmoqlari lozim. Islomiy ta’lim-tarbiya qayta o‘z yo‘liga qo‘yilib, to‘g‘ri dastur bo‘yicha davom etishi zarur. Chunki islomiy tarbiya o‘quvchi va talabalarda Islomga bo‘lgan imonlarini hech shubha aralashmagan holda mustahkamlaydi hamda Islom shariatidan, uning ahkomlaridan va Rosuli ﷺdan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytiradi, Islom yo‘lida fidoiylik qilish ruhini qayta tiklaydi.
Roya gazetasining 2019 yil 25 dekabr chorshanba kungi 266-sonidan