بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Musulmonlarni yirtqichlarcha qirg‘in qilayotgan Trampning Afg‘onistonga xaloskor sifatida kirishi aqldanmi?!
Prezident Donalьd Trampning AQShdagi shukr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonga kutilmagan tashrifi va Bagram harbiy havo bazasida joylashgan AQSh kuchlari bilan uchrashishi ortidan, Hizb ut-Tahrir – Afg‘oniston viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qildi. Bayonotda «musulmonlarni yirtqichlarcha qirg‘in qilayotgan Trampning Afg‘onistonga xaloskor sifatida kelishi mumkin emas. Aksincha, bu kimsa hibsga olinishi, oyoq-qo‘llariga kishan solinib, butun dunyo bo‘ylab musulmonlarga qarshi sodir etayotgan vahshiy jinoyatlari va terror qilmishlari uchun jazolanishi kerak», deyildi. So‘ng quyidagilar ta’kidlandi:
«Barcha G‘arbni qo‘llab-quvvatlovchilar shuni bilmoqlari lozimki, Amerika Afg‘onistonni bosib olish uchun yaltiroq shiorlarni ko‘tarib chiqdi, binobarin, bu shiorlar soxta va yolg‘ondan boshqa narsa emas. Chunki G‘arb ular orqali o‘zining mustamlakachilik manfaatlarini himoya qilmoqda hamda Islom davlatining qayta barpo bo‘lishiga qarshi kurashmoqda». Matbuot bayonotida quyidagilarga diqqat qaratildi:
«Trampning Afg‘oniston safari chog‘ida Amerikaning bu yurtdagi musulmonlar va mujohidlarga nisbatan adovati yaqqol ko‘rinib turibdi. Masalan, Tramp Afg‘onistonga amerikaliklarning shukr bayrami kuni keldi va kutilmaganda, e’lon qilmasdan Bagram harbiy havo bazasiga kelib, amerikalik bosqinchi harbiylar bilan, shuningdek, o‘zining eng yaxshi ko‘rgan qo‘g‘irchog‘i Ashraf G‘aniy bilan uchrashdi, Afg‘onistondagi boshqa rasmiylar bilan uchrashmadi. Kiyimlari ichidan o‘q o‘tkazmaydigan kamzul kiyib oldi va qattiq qo‘riqlangan mudofaa devorlari ichida ma’ruza qildi. Ma’ruza asnosida Afg‘onistonni dushmanlar davlati ekanini va shu bois yuqorida darajada xavfsizlik choralari ko‘rilganini ochiq aytdi». Bayonotda ta’kidlanishicha, «Trampning Afg‘oniston safari, uning saylovoldi kampaniyasi jumlasidan bo‘lish bilan birga, Tolibon bilan so‘zlashuvlarni qayta boshlash qarori bilan ham bog‘liqdir. Tramp o‘zining mag‘lub kuchlari ruhlarini ko‘taruvchi nutq so‘zlab, ko‘p o‘tmay, Tolibon bilan tinchlik jarayoni o‘rnatilgandan so‘ng amerikalik kuchlarning aksari vatanga qaytishini ta’kidladi». Bayonot so‘nggida Afg‘onistondagi musulmonlarga bunday murojaat qilindi:
«Musulmon yurtlaridagi mavjud xoin hukmdorlar va qo‘g‘irchoq rejimlarga aslo ishonmang. Chunki ularning barchasi mustamlakachi kofir rejasiga xizmat qilishmoqda. Ashraf G‘aniy ham Saudiya, Pokiston, Turkiya kabi yurtlarimiz hukmdorlaridan biridir, ulardan farq qilmaydi, chunki u Afg‘onistondagi musulmonlarga mutlaqo aloqasiz kimsadir.
Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan