بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iordaniya rejimi zulm, adashish va zalolatda haddan oshgandan oshib, Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olishda davom etmoqda
Iordaniya rejimi xavfsizlik kuchlari 2019 yil 3 dekabr seshanba kuni birodarimiz Mozin Hushlamun (Abu Hamza)ni uyiga qaytayotganda qamoqqa oldi. Uni ommaviy transport vositasida xavfsizlik xizmati markaziga olib borishdi, so‘ng u erdan davlat Razvedka bьyurosiga ko‘chirishdi.
Ayni jinoyat haqida Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni bayon qildi:
«Iordaniya rejimi hamon o‘zining gumrohligi, zalolati va zulmida haddan oshgandan oshmoqda. U Hizb ut-Tahrir a’zolaridan iborat da’vat etkazayotganlarni quvg‘in ostiga olmoqda, go‘yo yurt va uning boyliklarini sotib eyayotgan, yurt xalqini halokat jarligi yoqasiga olib kelganlar shulardek. Vaholanki, aslida, o‘z Ummatini, uning ulug‘ligini qizg‘anishda va boshiga tushayotgan turli azob-uqubatdan qutqarishda hammadan ko‘proq peshqadam kishilar Hizb a’zolari ekanligini ularning voqeliklari ham aytib turibdi, bunga Ummat va uning xolis kishilari ham guvohlik bermoqda. Ummat boshiga tushayotgan azob-uqubatlarga esa, mana shu rejim va u erdagi hukmdorlar sababchi. Chunki ularning dinlarini, yurtlarini va yurtlaridagi boyliklarini dushmanga sariq chaqaga sotayotgan mana shu hukmdorlardir… endi ularga likillab qolgan taxtlari ham vafo qilmaydi, ularni saqlab qololmaydi.
Biz ushbu dinga va uning da’vatni etkazayotgan ahliga nusrat berish to‘g‘risidagi Alloh Subhanahu va Taoloning va’dasi bilan Rosuli ﷺning bashoratlariga qattiq ishonamiz. Bizga azob-uqubatlar va musibatlar har qancha ko‘paymasin, har qancha ustma-ust kelmasin, Allohning mo‘minlarga oxiratdan oldinoq yordam berishga qilgan va’dasiga imonimiz komil. So‘zlovchilarning eng rostgo‘yi Alloh Subhanahu bunday dedi»:
إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الأَشْهَادُ
«Biz rosullarimizga va mo‘minlarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir bo‘ladigan Kunda ham albatta nusrat beramiz» [G‘ofir 51]
Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan