Aybi ochilib, yovuzligi ortib borayotgan korruptsiyachilarni qulatishga qaror qilgan Iroqdagi yoshlarni repressiv uslublar o‘z qaroridan qaytarolmadi

384
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aybi ochilib, yovuzligi ortib borayotgan korruptsiyachilarni qulatishga qaror qilgan Iroqdagi yoshlarni repressiv uslublar o‘z qaroridan qaytarolmadi

Ustoz Abdurahmon Vosiq

Iroqda hukmron tabaqaning korruptsiyasiga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Bu namoyishlar ham son, ham sifat jihatidan shiddatli tus olib, to‘rtinchi haftaga kirdi. Chunki unga Iroqning poytaxtidan tortib, markaziy va janubiy rayonlaridan oqib kelgan turli qatlamdagi yuzlab, minglab insonlar qo‘shilmoqda. Namoyishlarda Iroqdagi vaziyatning yomonlashishiga hissa qo‘shganlarning hammasiga qarshi norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Chunki, Iroq ulkan boyliklarga ega bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatsiz mamlakatlarning birinchi safidagi mamlakatga aylanib qoldi. «Transparency International» tashkiloti Iroqni o‘tgan yillar mobaynida dunyodagi eng korruptsiyalashgan davlatlar qatoridan joy olib kelganini ma’lum qildi. Iroqning har yili neftdan o‘n milliardlab dollar daromad olishiga qaramay, uning aholisi, kommunal xizmatlarning etishmasligidan hanuzgacha shikoyat qilmoqda. Bu esa, yomon turmush sharoitlariga qarshi norozilik kayfiyatini yanada kuchaytirdi. (Hurra telestantsiyasi).

Shuning uchun biz namoyishchilarning hukmron tabaqa ishga solayotgan turli xil tuzatish kiritish va kechiktirish choralariga rozi bo‘lmayotganlariga hamda vaqt omiliga bo‘ysunmay, qat’iy va rejali tarzda kuchayayotganlariga guvoh bo‘lyapmiz. Zotan, rahbarlar – vaqt o‘tishi bilan namoyishchilar maydonni xoli qoldirishga majbur bo‘ladi, deb o‘ylashyapti. Shunday qilib, yoshlarning eng muhim talablarni ilgari surib, to barcha talablari qondirilmagunicha norozilik maydonini hargiz tark etmaslikni ta’kidlashayotganini, o‘zlariga qarshi repressiv vositalar qo‘llanayotganidan ham qo‘rqishmayotganini ko‘rib turibmiz. Darhaqiqat, manbalarga ko‘ra, ko‘zdan yosh oqizuvchi va ovozli granatalar qo‘llanishi oqibatida g‘azabnok yoshlardan 350-400dan ziyodi halok bo‘lgan… jarohatlanganlar va nogiron bo‘lib qolganlar soni esa, mingdan oshadi.

Iroqning minglab aholisi hanuz maydonni tark etmay, goh son jihatidan ko‘payishayotgan bo‘lsa, goh fuqaroviy isyonga va qonuniy maqsadlariga to‘la erishishga chaqirishyapti. Zero, ularning maqsadlari xizmat ko‘rsatish va ishsizlarni ish bilan ta’minlanishiga cheklanib qolmadi. Balki Bag‘dod, Bobil, Najaf, Nosiriya, Zi Qor, Qodisiya, Maysan va Basra shaharlaridagi plakatlarning aksarida bir xil talablar ilgari surilmoqda: Odil Abdulmahdiy hukumatining iste’foga chiqishi, muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish, korruptsiya jinoyatlari uchun maxsus mahkama tuzilishi. Hammasidan ham muhimi, namoyish maydonlaridagi xalq Iroqdagi mazhabparastlikka asoslangan nufuz va amal talashishlar holatiga chek qo‘yilishini qattiq talab qilmoqda. Chunki yurt iqtisodini holdan toydirgan ham, xalqqa 2003 yildan beri ziyon etkazayotgan ham mana shu illatlardir.

Faollar va namoyishchilar bir tomonda odamlarning namoyishga kelib qo‘shilishlari ko‘paygani sari, ikkinchi tomonda repressiya va terrorning ham kuchayganiga guvoh bo‘ldilar. Masalan, o‘tgan juma Bag‘doddagi Tahrir maydoni bilan Nosiriyaning Zi Qor rayoni markazidagi Habubiy maydonida qonli portlashlar kuzatildi. Shanba kuni namoyishchilardan qurbon bo‘lganlar 3 nafarga, turli darajada jarohatlanganlar 30 nafarga etdi. Bu hol namoyishchilarni oralaridan nazoratchi komissiyalar tuzishga va fitnachilik ishlari bilan tanilgan partiya va jangarilarning amalga oshirmoqchi bo‘lgan xavf-xatarini oldini olish uchun maydonlarni kuzatib borishga majbur qildi. Shunday bir paytda, noma’lum qurolli kimsalar Iroq Fuqaroviy oqimi a’zosi, namoyishni qo‘llab-quvvatlovchi faollardan biri Adnon Rustamning joniga qasd qilishdi. Ular Rustamni namoyishdan chiqib, uyiga ketayotgan paytda Bag‘dod markazidagi Hurriyat mahallasida o‘q otar qurol yordamida o‘ldirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. Guvohlar bu jinoyatning xavfsizlik kuchlari tekshiruv punkti yaqinida sodir etilganini aytishdi.

Yurt janubidagi Nosiriya shahridagi norozilik namoyishchilari namoyishlarning albatta davom etajagini ta’kidlab, «buning barobarida, rejim sodir etayotgan repressiv ishlar ham davom etishini, lekin namoyishni to‘xtatib uylarga qaytish va hukumatning choralar sarobi orqasidan borish, uning yolg‘on va’dalariga ishonish mutlaqo mumkin emasligini, chunki bu Misr yoshlari boshdan kechirgan falaj qiluvchi dozalar ekanini» juda yaxshi anglayotganini bildirdilar.

Iroq hukumati yaxshi hayot kechirishni talab qilib chiqqanlarga qarshi qattiq zo‘ravonliklar qo‘llashi bilan birga, mavjud voqelikni yoritishda yolg‘on bayonotlar bermoqda. Misol uchun, mudofaa vaziri o‘tgan oktyabr oyidan beri Iroq shaharlaridagi namoyishlar chog‘ida 320dan ortiq namoyishchining o‘ldirilganini va minglabi jarohatlanganini «namoyishchilarni uchinchi tomon o‘ldirdi», deya izohladi. Unga ko‘ra, xavfsizlik xodimlari va namoyishchilar o‘limi manbai ham «uchinchi tomon» emish. Bu achchiq-kulgili gap emasmi?! Nahotki, brigada generali unvonidagi mudofaa vaziri og‘zidan shunday gap chiqsa?! Ya’ni, Abdulmahdiy hukumati va uning xavfsizlik xizmati yurtga qurol kirib kelayotganidan bexabar bo‘lib, xalqning o‘limiga mana shu narsa sabab bo‘lganmish!

Biz fojia va musibatlar davom etib, namoyishchilarning butun siyosiy jarayonni yo‘q qilishga qattiq turganini kuzatar ekanmiz, vazirlar kengashini tamsil etuvchi hukumat va uning deputatlarining xalq tashvishlari va talablariga mutlaqo parvo qilmayotganini ko‘ryapmiz. Parlament spikeri Muhammad Halabusiy shu oyda tasdiqlashga tayyorlanayotgan qonunlar to‘plamini e’lon qildi. Ular «Sen buni qaerdan olding»¹ qonuni, federal sud qonuni, tibbiy sug‘urta qonuni va pensiya to‘g‘risidagi qonun kabilarni tashkil qiladi.

Namoyishchilarning bunday islohiy echimlarga rozi bo‘lmayotganlarini e’tiborga olsak, bizga ikki haqiqat namoyon bo‘ladi: Birinchi, kursilarga chirmashib o‘tirib olib, mansabdan ketishni mutlaqo istamayotgan hokimiyat rahbarlari bor. Ikkinchi, xalqni haqiqatdan mutlaq uzoqdagi qonunlar bilan aldayotganlar bor. Bu bizni inqirozdan chiqish uchun qorong‘i tonnelь oxiridagi yorug‘lik nuqtasini topib borishga undamoqda. Ushbu ikki guruhning har biri o‘z pozitsiyasida mahkam turgan ekan, aftidan, ikkalasida ham xavfsizlik echimidan o‘zga narsa yo‘q ko‘rinadi. Xavfsizlik echimi esa, namoyishchilarga qattiq zarba yo‘llab, namoyishga yakun yasashdir. Bundan Alloh Subhanahuning o‘zi asrasin. Zero, Amerika ham, Eron ham, masala musulmonlarga taqalgan ekan, ikkalasi ham zulm va zo‘ravonlikdan boshqa narsani bilmaydi.

Har ishga qodir Allohdan duo qilib, bizni va barcha musulmonlarni O‘zi rozi bo‘ladigan chiqar yo‘lga boshlashini, yorug‘ kunlarni ato etishini so‘raymiz. Xalos bo‘lishimiz va qayta kuch-qudratga erishishimizning birdan-bir yo‘li Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatida Allohning shariati bilan hukm yuritishdir. Buni bizga Alloh Taolo va’da qilgan, Rosuli karim ﷺ bashorat etganlar.

¹ Noqonuniy daromad va boyishga qarshi 2018 yil boshlangan kurash qonuni nomi

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.