Jazoirda namoyishlar shu oyga belgilangan prezidentlik saylovlarini bekor qilishni talab qilmoqda

449
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoirda namoyishlar shu oyga belgilangan prezidentlik saylovlarini bekor qilishni talab qilmoqda

Reyter veb-sayti (hijriy 1441 yil 3 robiul-avval, milodiy 2019 yil 30 noyabr shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«O‘n minglab jazoirlik namoyishchilar juma kuni norozilik namoyishida ishtirok etib, kelasi oyga belgilangan prezidentlik saylovlarini bekor qilinishini va hukmron elitaning ishdan ketishini, armiyaning siyosatni tark etishini talab qildilar.

Qirq birinchi haftadirki, butun Jazoirning shahar va shaharchalari bo‘ylab tinimsiz norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Bu harakatlar hokimiyat elitasini veteran-prezident Buteflikadan voz kechishga va katta mansabdor shaxslarni qamashga majbur qildi.

Bu norozilik harakatining doimiy sur’ati hozirda armiya uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Chunki armiya etakchilikka ega bo‘lmagan muxolafat harakati bilan hokimiyat o‘rtasidagi to‘siqni bartaraf etishning yagona yo‘li sifatida, 12 dekabrda saylov o‘tkazish uchun bosim qilmoqda.

Juma kuni namoyishchilar poytaxt Jazoir markazida «yo‘qolsin saylovlar», «oramizdagi qamoqqa olinganlar ozod etilsin», deya hayqirib, armiyaning siyosatdan uzoqlashishini talab qiluvchi shiorlar ko‘tarib chiqishdi.

Rasman o‘tgan noyabr oyida saylovoldi kampaniyalar boshlangandan buyon vaziyat taranglashib ketdi. Bu taranglikni ko‘plab namoyishlar, hibsga olish va uzoq muddatga qamoqqa hukm qilish, hatto chorshanba kuni ba’zi shaharlarda politsiya bilan namoyishchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan otishmalar manzarasida ko‘rish mumkin.

Bu namoyishlar veteran-prezident Buteflikaning yana prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygani ma’lum bo‘lishi ortidan joriy yilning fevralida boshlangandi».

Roya gazetasi sharhi:

Bunday demokratik saylovlarni bekor qilinishini hamda hukmron elita ketib, armiyaning siyosatdan uzoqlashishini talab qilish ayni muddao, albatta. Biroq bu talablar bilan birga, Islom davlatida islomiy boshqaruv o‘rnatilishi ham talab etilmog‘i darkor. Aynan ushbu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatigina ayni talablarni ro‘yobga chiqaradi, mustamlakachi kofir davlatlar va ularning yurtimizga panja orasida qarovchi dumlariga bolta uradi. biz ushbu davlat bilangina bu dunyo baxt-saodatiga va oxirat muvaffaqiyatiga noil bo‘la olamiz.

Roya gazetasining 2019 yil 4 dekabr chorshanba kungi 263-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.