Al-Va’y guruhi Najoh va Arab-Amerika universitetida talabalarni ayol erkinligi chaqiriqlari hamda feministik tashkilotlar xataridan ogohlantirdi

469
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y guruhi Najoh va Arab-Amerika universitetida talabalarni ayol erkinligi chaqiriqlari hamda feministik tashkilotlar xataridan ogohlantirdi

Al-Va’y guruhi Najoh universiteti va Arab-Amerika universitetida qator tadbirlar uyushtirib, shular orqali feministik tashkilotlar olib borayotgan ayol erkinligi chaqiriqlaridan talabalarni ogohlikka chaqirdi. U shuningdek, ushbu tashkilotlar faoliyati va tarqatayotgan fikrlari jamiyat ma’rifatini vayron qilishini hamda shar’iy ahkomlarga mutlaqo zid kelishini talabalarga bayon qilib berdi. Masalan, Najoh universitetida lektsiya xonalariga lavhalar va afishalar ilindi. Ulardan quyidagi mazmunda so‘zlar yozildi:

–             Ayol bu himoya qilinishi vojib bo‘lgan nomusdir. Kofir va ularning malaylari esa, ayollarimizga qarshi til biriktirishyapti;

–             Ey rahbarlar, qizlarimiz miyalarini aynitish va ularni buzuqlikka etaklash kimning foydasiga qilinyapti?!;

–             Oilani vayron bo‘lishdan saqlashga faqat Islom tuzumi qodirdir;

–             G‘arb feministik tashkilotlarni nima uchun moliyalashtiryapti?!;

–             Biz ushbu muborak zamindagi barcha ayollarni shubha ostidagi feministik tashkilotlarga qarshi chiqishga da’vat qilamiz.

Ta’kidlash zarurki, Al-Va’y guruhi yoshlari talabalar bilan bahs-munozaralar o‘tkazib, feministik tashkilotlar va ularning universitet ichkarisida qilayotgan tashviqotlaridan ogoh etib, ularning tashviqot qilayotgan fikrlari naqadar xavfli ekanini ochib berdilar. Shuningdek, jamiyatga butunlay begona bu fikrlariga qarshi fikriy kurash olib bormoq vojibligini, ayollar va ularning hurmat-izzatlarini faqat Islomgina himoya qilishini, G‘arb va uning tashkilotlari esa, ularni iffat va hayo libosidan mahrum etmoqchi ekanini bayon qildilar.

Arab-Amerika universitetida Al-Va’y guruhi yoshlari «Ayolga kim adolat qiladi va kim undan zulmni ko‘taradi?!» nomli davra suhbati o‘tkazdilar. Yig‘ilishda ular feministik tashkilotlarning asl maqsadlarini ochib berib, bunga qarshi turmoq zarurligini, xoh ilmoniylikka asos solgan sistema jihatidan bo‘lsin, xoh kapitalistik tuzum jihatidan bo‘lsin, farqsiz, bu jamiyatlarning G‘arb tovarlari ekanini fosh etdilar. Zero, bu tashkilotlar qabul qilgan programmalar, ular ko‘tarib chiqayotgan masalalar hamda moliyalashtirayotgan sohalar fikrimizni tasdiqlab turibdi. Chunki ular ayollarimizni ozod qilishmoqchi emas, haq-huquqlarini ham himoya qilmoqchi emas, aksincha, ayollarimizni Islomdagi amr-farmonlardan ajratib, G‘arb tushunchalariga ergashtirishni maqsad qilishgan. Ushbu tadbirlar davomida Al-Va’y guruhi yoshlari taqdim etgan fikrlardan talaba yigit-qizlarning ta’sirlanganliklari yaqqol ko‘zga tashlandi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.