بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Maxatxir Muhammad Malayziyaning Falastindagi elchixonasini Iordaniya erlarida ochmoqchi!
Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining 18-sammitida Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad o‘z mamlakati Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Falastindagi elchixonasini Iordaniyada ochishga qaror qilganini ma’lum qildi. U o‘z mamlakati Falastinni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlar ekan, jumladan, «biz «Isroil» Malayziya elchixonasining Falastinning bosib olingan erlarida ochilishiga yo‘l qo‘ymasligini bilamiz va shu nuqtai nazardan, elchixonamizni Iordaniya erlarida ochmoqchimiz», dedi.
Ta’kidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini o‘z saytida nashr qilgan matbuot izohida quyidagilarni ta’kidladi:
«Maxatxir Muhammad Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlashini iddao qilar ekan, u ham musulmon yurtlaridagi boshqa hukmdorlardan farqsiz o‘laroq, jamoatchilik fikrini qozonish maqsad qilyapti. U Malayziya va boshqa musulmon yurtlaridagi musulmonlar qalbi bog‘langan va his-tuyg‘ulari jo‘shib turgan bir masalaga nisbatan shu orqali o‘zini muhabbatli, xolis qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Ammo u ayni qaror bilan siyosiy nodonlikda o‘zidan oldingi hamkasblarini ham ortda qoldirdi. Chunki Malayziyaning ochajak elchixonasini Falastinda emas, Iordaniyada ochmoqchi ekanini, chunki bunga yahudiylar vujudi yo‘l qo‘ymasligini ochiq-oshkor aytib turibdi!». Matbuot izohida quyidagilarga diqqat qaratildi:
«Musulmon yurtlari o‘rtasida elchixonalarning bo‘lishi, tafriqa-parokandalik ko‘rinishlaridan biridir. Bu holat Xalifalik davlati qulatilishi va uning erlari Sayks-Piko chegaralariga muvofiq bo‘lib tashlanishi oqibatida yuzaga keldi. Bu musulmon yurtlariga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularni bo‘lib tashlash vositalaridan biridir. Chunki kim musulmonlarga, Falastin ahliga yaxshilik bo‘lishini istasa, ularni bitta davlatda birlashtirishga harakat qiladi, milliy davlatlarini elchixonalar, bayroqlar, nashidalar va chegalar bilan mustahkamlamaydi». Izoh quyidagi so‘zlar bilan tamomlanadi:
«Maxatxir «ko‘z yosh» to‘kayotgan ushbu muborak Falastin zaminiga ko‘rsatiladigan yordam, uni ozod etish bilan bo‘ladi. Buning qanday qilinishi esa, jumboq emas, kundek ma’lum. Har qanday aqliraso inson bu narsa yurtdagi armiyalarni harakatga keltirish bilan bo‘lishini, shuningdek, G‘arb davlatlaridan emas, Islom Ummatidan talab qilish kerakligini yaxshi biladi. Biroq eng yomoni, biz bugun Falastin rejimini siyosiy xorlash hisoblangan mazkur qadamni olqishlab, mardlik qadami, deb atayotganini ko‘rib turibmiz!
Roya gazetasidan olindi