بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tahriri Shom hay’atidagi aqliraso kishilarga: Qilmishlaringizdan ehtiyot bo‘ling, axir o‘zingizni Ummatga qarshi qo‘yyapsiz!
«Orient News» saytining (hijriy 1441 yil 10 robiul-avval, milodiy 2019 yil 7 noyabr payshanba kuni) tarqatgan xabarida bunday deyiladi:
«Idlib shahrining yuzlab aholisi payshanba kuni Tahriri Shom tomonidan boshqarilayotgan «Inqoz hukumati»ga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Bu namoyishlar Shimoliy G‘arbiy Idlibdagi Kufri Taxorim shaharchasida ikki shaxsning o‘ldirilishi ortidan boshlandi. Namoyishchilar o‘zlarining shiorlari orqali «Inqoz hukumati» bilan «Tahriri Shom»ning shahar aholisiga qarshi, ayniqsa, Kufri Taxorimdagilarga qarshi sodir etgan qilmishlari uchun ag‘darilishga mahkum ekanliklarini ta’kidladilar. Ma’lumki, sal ilgariroq Tahriri Shom Idlib yaqinidagi Kufri Taxorim shahriga bostirib kirish maqsadida shaharni bombardimon qilib, ikki kishini halok qilgan va bir necha kishini yaralagan edi. Kufri Taxorim shahri aholisi namoyishga chiqib, shundoq ham narx-navolar ko‘tarilayotgan va resurslar etishmayotgan bir paytda, qonunbuzarlik ishlarini to‘xtatishni hamda qo‘l ostidagi «Inqoz hukumati» orqali aktsiz solig‘i solishni bas qilishni Tahriri Shomdan talab qilgan edilar».
Roya gazetasi sharhi:
Tahriri Shom hay’atidagi aqliraso kishilarga: Qilmishlaringizdan ehtiyot bo‘ling! Axir, siz odamlarning elkasiga minib olgan xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashingiz bilan hamda ozod etilgan mintaqalar aholisini iqtisodiy jihatdan tang ahvolga solib qo‘ygan va turmush tarzlarini buzayotgan Inqoz hukumatini qo‘llab-quvvatlashingiz bilan o‘zingizni Ummatga qarshi qo‘yyapsiz! Bas, Ummat bilan qonli qarshilik yo‘liga o‘tmang. Chunki u buni hargiz unutmaydi. Bilingki, Turkiya sizni qo‘llab-quvvatlashda davom etmaydi. Aqlingizni ishlating, axir, anavi etakchilaringiz Turkiya va uning nazorat punktlaridagi soqchilari bilan aloqa bog‘lash orqali sizni qaerga olib keldi?! Kufri Taxorimga amerikaliklar kirib kelib, odamlar ustidan hukmronlik o‘rnatish uchun o‘z kuchlarini shaharning kirish-chiqish erlariga joylashtirdi. Ammo sizning harbiy kolonnangiz o‘sha paytda Brishiyadan g‘oyib bo‘lib qoldi… Ummat hozir bundan hayron bo‘lyapti! Odamlar sizning aktsiz soliqlaringiz va Islom ahkomlarini buzayotganingizdan zada bo‘ldi. Bas, ehtiyot bo‘ling. Allohga qasamki, agar bu safargi qilmishlaringizni bemalol tugatib olsangiz, kelasi qilmishlaringizda sizni hech kim qutqarolmaydi. Axir, etakchilaringiz sizni Shom tuprog‘i dushmaniga aylantirishyapti. Ey aqliraso kishilar va ularning ortida turgan harbiylar, unutmang, bu jang sizning jangingiz emas… Shuning uchun bu dunyo va oxiratingizni qo‘ldan boy berib qo‘yishdan saqlaning. Tang ahvolda qolgan mintaqalarni siz ozod etilgan mintaqa, deb atayotgan ekansiz, bugungi kunda masala ayni mintaqalarni nazorat qilish masalasi emas. Yo‘q, hozir oldimizda odamlardan zulmni ko‘tarish va qonxo‘r rejimga qarshi haqiqiy janglarni ochish masalasi turibdi. Zora, shu orqali Robbimizni rozi qilsak, xalq qo‘llab-quvvatloviga, atrofimizga jipslashishiga erishsak.
So‘zimiz nihoyasida Kufri Taxorimdagi Ummat farzandlari va aqliraso kishilariga aytar so‘zimiz: Sizning kuch-qudratingiz tinch harakatingizda va tortib olingan hukmronligingizni qaytarib olishdadir. Bas, shunday ekan, fitna jarchilarining sizni qon to‘kish o‘yiniga tortishlariga yo‘l bermang. Turkiyaning eskiyu yangi malaylaridan saqlaning. Chunki sizga zarbalar o‘shalar qo‘li bilan etadi, bugun bo‘lmasa-ertaga shunday bo‘ladi. Shu bois, turk rejimiga harakatingizni jilovlab olishiga qo‘yib bermang, qo‘zg‘oloningizni o‘zgarmas maqsadlarini aniqlab oling, uni har turli josuslardan saqlang.
Roya gazetasining 2019 yil 13 noyabr chorshanba kungi 260-sonidan