Bishkekda din va demokratiya masalalari muhokama qilindi
28-noyabr kuni Bishkekda “Din va demokratiya bo‘yicha konstruktiv muloqot” loyihasining V Fikr almashish maydonining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qirg‘izistondagi din va demokratiya masalalari bo‘yicha taxliliy hisobotlar qilindi. Tashkilotchilarning xabar qilishicha, bu yosh tadqiqotchilar tomonidan tayyorlagan.
Yig‘ilishda ayollarni radikal oqimlarga qo‘shilib ketish sabablari, terrorizmga karshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va zo‘rovon ekstremizm tarqalishini oldini olish masalalari muhokama qilingan.
Yig‘ilishga Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish va millatlararo munosabatlar bo‘yicha davlat agentligi, xalqaro va nodavlat tashkilot vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari teolog va ekspertlar ham taklif qilindi.
Yig‘ilish “International Alert” – tinchlik va mojarolarning oldini olish bo‘yicha xalqaro tashkiloti, Davlat din komissiyasi, “Iymon” fondi hamkorligida Evropa ittifoqi ko‘magi bilan uyushtirildi.
Izoh: Kufr olami Qirg‘izistonda siyosiy va saqofiy ta’sir ko‘lamini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. U o‘z maqsadiga etish yo‘lida turli konferentsiya, yig‘ilish va tadbirlar uyushtirish orqali jamiyat ichida mabdaiy Islom va da’vatchi musulmonlarga nisbatan salbiy fikrlarni paydo qilish, musulmonlarni “mo‘’tadil”, “an’anaviy”va “radikal”larga bo‘lib tashlash rejasini amalga oshirishga intilmoqda. Kufirning mazkur loyihasini amalga oshirishda ayniqsa “Iymon” fondi tashabbus ko‘rsatmoqda. “International Alert” xalqaro tashkiloti va “Iymon” fondi hamkorlikda bunga qadar ham shunga o‘xshash yig‘ilishlarni o‘tkazishgan edi.
“International Alert” xalqaro tashkiloti va “Iymon” fondi hamkorlikda amalga oshirgan “Din va demokratiya bo‘yicha konstruktiv muloqot” loyihasining dastlabki yig‘ilishi 2017-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan bo‘lsa, keyinchalik, 2018-yilning may va dekabr oylarida ikkinchi va uchinchi yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Biz musulmonlar “Iymon” fondining nomiga aldanib, uning tuzog‘iga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishimiz zarur. Bu tashkilot kufr tomonidan iymonlarimizga qo‘yilgan tuzoqdan o‘zga narsa emas. Bu kabi tashkilotlarning maqsadlari dinlararo yaqinlik paydo qilishdir, ya’ni, Islom dinini liberallashtirish (manfaatli tomonga qarab maslashuvchanlik) va dinimizga boshqa dinlar hamda tuzumlar ta’limotlarini olib kirish orqali uni buzib yuborishdir.
“Iymon” fondiga xo‘jayin tashkilotlar esa dinni rivojlantirishni emas, balki musulmonlarni zaif nuqtalarini izlab topib, ularga o‘sha joydan zarba berishni ko‘zlashadi. Musulmonlarni e’tiqodlaridan chalg‘itib, jamiyatimizda yangi-yangi sektalar paydo qilishadi va ularni oshkora yoki zimdan moliyaviy ta’minlab kelishadi.
Abdurahmon Odilov