Tramp o‘z salibchi yurtining musulmonlarga qarshi jinoyatlarini tan olyapti

484
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tramp o‘z salibchi yurtining musulmonlarga qarshi jinoyatlarini tan olyapti

«Samanews» veb-sayti (hijriy 1441 yil 10 safar, milodiy 2019 yil 9 oktyabr chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyilgan:

«AQSh prezidenti Donalьd Tramp Iroq urushiga ko‘rsatilgan hujjat noto‘g‘ri va nohaq bo‘lganini e’tirof etar ekan, Yaqin Sharqqa aralashish Qo‘shma Shtatlar tarixida qabul qilingan eng yomon qaror hisoblanishini aytdi.

«Biz ommaviy qirg‘in qurollari, deya nohaq hujjat bilan urush qildik va bu fosh bo‘ldi», deya qo‘shimcha qildi va «biz hozir buyuk qo‘shinlarimizni obdan o‘rgangan holda vatanga qaytarishga harakat qilyapmiz», dedi.

«Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda urush qilish va xavfsizligini himoya qilish yo‘lida sakkiz trillion dollar sarfladi, buyuk askarlarimizdan minglabi halok bo‘ldi va jarohat oldi, boshqa tomondagilardan millionlabi halok bo‘ldi», dedi».

Roya gazetasi sharhi:

Trampning bu bayonotida AQSh musulmonlarga qarshi jinoyatlarini ochiq e’tirof etdi. Bir jihatdan, Tramp AQShning Iroqqa urush qilish va bosib olish uchun keltirgan dastagining yolg‘on va soxta ekanini ta’kidlagan bo‘lsa, boshqa jihatdan, bu jinoyatchi salibchi Amerikaning millionlab musulmonni qirib tashlaganini tan oldi. Ammo u bir narsani tan olmayapti, ya’ni, ayni iflos missiyalarida ular jo‘yali dastak keltira olishmadi hamda musulmon o‘lkalarida harbiy jihatdan mavjud bo‘lib turishdan qo‘rqishyapti… Mana shuni tan ololmayapti. Chunki buning sababi ular uchun dahshat. Sabab shuki, Islom Ummati hargiz engilmaydi, kasal bo‘ladi, kasalligi cho‘ziladi, ammo hargiz o‘lmaydi, Ummat boshqa ummat va xalqlardan Islomining buyukligi bilan, Islomi uning tomirida qon bo‘lib oqib, yuragida urib turishi bilan ajralib turadi… Agar Islom Ummati duch kelgan azob-uqubatlarga boshqa ummat duch kelsa edi, allaqachon vayron bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lur edi. Lekin Islom Ummati Allohning o‘z dinini hifz-himoyasida asragani sababli, kufr va tog‘ut har qancha kuchli va zo‘ravon bo‘lsa ham, uning qarshisida ulug‘vor qoya bo‘lib qolaveradi.

Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.