بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Amerikani ittifoqchi qilib Trampni do‘st tutayotgan kimsalarga halokat bo‘lg‘ay!
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bayonotida bunday deydi:
«Suriya masalasida ko‘rilayotgan ziddiyat, hech kimga sir emas. Qarang, Turkiya Amerika tomonidan qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotgan Demokratik Ittifoq partiyasini terroristik tashkilot deb bilayotgan ekan, u holda, uning o‘zi nega Amerikani o‘ziga ittifoqchi qilyapti, uni do‘st tutyapti?! Turkiya Rossiya bilan Eronning qotil Asad tarafida turganini qoralayotgan ekan, u holda, Turkiyaning o‘zi Ostona va Sochida nega bu ikki davlat bilan birga harakat qilyapti, nega ularni o‘ziga ittifoqchi qilyapti, do‘st tutyapti?! Agar Turkiyaning biz Suriyaning mazlum xalqi va ularning haq qo‘zg‘oloni tomonidamiz, degan gapi rost bo‘lsa, u holda, sulh zonalari, nazorat punktlari bilan Asad rejimiga yordam berayotganini, unga kecha Halabni va bugun Idlibni topshirib yuborayotganini qanday tushunamiz?! Hatto bu qonxo‘r rejimga uchrashuv signali berganini qanday tushunish mumkin?! Bu savollarga rostgo‘ylik, xolislik va jur’at bilan javob topgan kishi, bu mazlum musulmonlarga dahshatli tuzoq qo‘yilganini to‘la anglab etadi. Chunki masala, Suriyani qayta Asad qo‘liga topshirish masalasidir va buni «Suriya erlari birligi», degan dastak ostida qilishmoqchi. Undan keyin xoinlik stoliga va diplomatiya yo‘laklarida rejimga qonuniylik tusini berish masalasi kiritiladi.
Amerika Turkiyaga, Rossiyaga, Eronga, Kurdiston Ishchilar partiyasiga va barchasi «Milliy armiya», deyilayotgan muxolafatga alohida rolь bo‘lishib bergan. Turkiya ham voqea-hodisalar oqimi taqozosiga qarab, Amerika ko‘rsatmasi bo‘yicha rolь bajaryapti. Hozir u Idlibni mag‘lub qilish va rejim qo‘liga topshirish oqibatida kelib chiqqan yangi qochqinlar to‘lqinidan xavotir bildirib, Demokratik Ittifoq partiyasini bahona qilish bilan yangi bir liniya chizish haqida o‘ylayapti. Amerika bir tomondan, o‘zini Turkiyaga tahdid etayotgan qilib ko‘rsatib, ikkinchi tomondan, kurdlarni rejim quchog‘iga undab, ularning mintaqalarini rejimga qaytarishga zamin hozirlayapti». Bayonot so‘nggida bunday deyildi:
«Amerikaning yashil chirog‘i bilan boshlangan «Tinchlik manbai» operatsiyasi na Islomga, na musulmonlarga, na turklarga va na suriyaliklarga yaxshilik keltiradi. Chunki bu operatsiyadan Demokratik Ittifoq partiyasi tashkiloti nishonga olinmagan. Zero, bu tashkilot Amerika, rejim va ularning gumashtalariga ittifoqchidir. Balki bu operatsiyadan Idlibda rejimga qarshi kurashayotgan guruhlarga «terrorchilar», degan tamg‘a bosilib, ularga qarshi boshlanajak urushga hozirlik ko‘rish hamda bir janggoh qurilib, unga Turkiya bilan Suriya ichkarisidagi minglab begunoh suriyaliklarni kiritish ko‘zlangan.
Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan