Shom qo‘zg‘oloniga davlatlarga bog‘lanmagan, faqat Allohning arqoniga bog‘langan mustaqil etakchilik kerak

524
0

Shom qo‘zg‘oloniga davlatlarga bog‘lanmagan, faqat Allohning arqoniga bog‘langan mustaqil etakchilik kerak

Juma namozidan so‘ng G‘arbiy Halab atrofida xalqaro hamjamiyat fitnasiga qarshi hamda Tahrir Shom hay’ati xavfsizligi qo‘lida saqlanayotgan mahbuslarni ozod etilishini talab qilgan xalq tadbirlari kuzatildi. Bobakka shaharchasi aholisi namoyish qilib, quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqdillar: «Biz Hizb ut-Tahrir a’zolarining qonxo‘r rejim tomonidan hibsga olinishidan ajablanmaymiz, biroq ularning Islomni o‘zlariga shior qilganlar tomonidan hibsga olinayotganidan yoqa ushlayapmiz», «Xalifalikni barpo etishga da’vat qilish hurmat, faxr va nusrat yo‘lidir, xavfsizlik qamoqlariga tushishga loyiq jinoyat emas». Boshqa plakatlarda – bizning qirg‘inimizda xalqaro hamjamiyatlarning ham qo‘li bor, ulardan umid qilmaymiz, hamdarlik so‘ramaymiz, balki ularni dushmanlarimiz qatoriga qo‘shamiz, deyildi. Shuningdek, quyidagi so‘zlar ham ifodalandi: Biz bu qo‘zolonimizni qonxo‘r rejim bilan muzokara qilish uchun ham, yarashish uchun ham boshlamaganmiz, bil’aks, uni ag‘darib, o‘rniga Islom boshqaruvini o‘rnatish maqsadida qo‘zolon qilganmiz. Biz qonxo‘r rejimga kuch berib, Shom qo‘zg‘olonini erga ko‘mib yuboruvchi xalqaro trassalarni ochish uchun qon to‘kmadik, tanalarimizni sochmadik. Biz BMT va xalqaro hamjamiyatdan yaxshilik kutayotganlarga «yantoq ekib, undan uzum kutish mumkinmi»? – deya savol beramiz.

G‘arbiy Halab yaqinidagi Sahora shaharchasida «Qo‘zg‘olon uchun xolis etakchilarsiz echim yo‘q» nomli namoyish o‘tkazildi. Undagi plakatlarda Shom qo‘zg‘oloniga davlatlar bilan aloqa qilmaydigan, faqat Allohning arqonini mahkam ushlab, xolis insonlarni jamlaydigan mustaqil etakchilik kerakligi ta’kidlandi. Yo‘qolsin, bu yarashuvlar, muzokaralar va konferentsiyalar, deyildi. Shuningdek, o‘zini «do‘st», deya iddao qilgan Turkiya bilan muvofiqlashgan konferentsiyalarning ko‘plab mintaqalarni ruslar va majusiylarga topshirilishiga ko‘k chiroq sifatida xizmat qilgani urg‘ulandi.

G‘arbiy Halab yaqinidagi Kufr Taol shaharchasi ham shunday namoyishga guvoh bo‘ldi. Unda xalqaro hamjamiyat konferentsiyalari qoralanib, xolis mujohidlar qo‘llab-quvvatlandi hamda Shom mujohidlariga quyidagicha murojaat yo‘llandi: «Bilib qo‘yinglar, bu konferentsiyalar tashqi kuchlarga bog‘langan guruh etakchilari bilan muvofiqlashmasdan tatbiq qilinmaydi, bas, konferentsiyalarni qoralang, etakchilarni ag‘daring», «Anqarada jinoyatchi uchlik va Xavfsizlik Kengashining uchrashuv o‘tkazishi yangi hududlarni jinoyatchilarga topshirishni anglatadi, bas, frontlarni oching, yordamsiz qo‘yganlarni sharmanda qiling».

Shimoliy Idlib atrofida esa, asosan, Dayr Hassondagi o‘rmon jamloqlarida «Allohdan o‘zga kafil bo‘lolmaydi, undan boshqa barcha «kafil» davlatlar yo‘q bo‘lsin» nomli namoyish o‘tkazildi. Namoyishdagi plakatlarda mana bunday mazmundagi so‘zlar ifodalandi: Yarashuv va muzokaralar, hech bir erni ozod qilmaydi, hech bir rejimni ag‘darmaydi, jangchi guruhlar rahbarlarining Turkiya rejimi bilan aloqa qilishlari Shom ahlini boshi berk ko‘chaga tiqmoqda, qo‘zg‘olonlarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Bas, qo‘zg‘olonchilar vaqt kech bo‘lmasidan, turk rejimiga ergashayotgan etakchilarni ishdan olish bilan pozitsiyani aniq belgilaydilarmi, harakatni to‘g‘rilaydilarmi, axir, turk rejimi hamon qo‘zg‘olonni yo‘q qilish rolini bajarmoqda?! O‘z navbatida, Janubiy Halab yaqinidagi jamloq ahli ham namoyish qilib, Tahrir Shomga qarashli Atma sudidan hibsga olingan Hasan Asof, Muhammad Azzu Abdurahmon Hasanlarni ozod etishni talab qilishdi. Janubiy Halab yaqinidagi hamiyatli va g‘ururli kashilarga «qachongacha sukut qilasiz?!», «farzandlaringiz zulm ko‘rishlariga qarab turaverasizmi?!» kabi savollar bilan murojaat yo‘llashdi. Juma kuni Idlib, Kufr Taxorum, Maarratun No‘mon shaharlari hamda Idlib rayonidagi Bobul Havo chegara punkti qator namoyishlarga guvoh bo‘ldi. Asosan, bu namoishlarda Xalqaro Xavfsizlik kengashining noxolis qarorlari ko‘tarildi.

Roya gazetasining 2019 yil 25 sentyabr chorshanba kungi 253-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.