AQShda S5+1 yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

552
0

AQShda S5+1 yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegasiya S5+1 deb nomlangan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.

 Yig‘ilish ishtirokchilari xorijiy “jangarilar” bilan kurash doirasida hamkorlik, xavfsizlik sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustaxkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Aslida, AQShning “S5+1” formatini tashkil etishdan ko‘zlagan maqsadi, Markaziy Osiyo mamlakatlarini Afg‘oniston orqali dunyo bozoriga olib chiqish va shu orqali bu mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy manfaatlarga egalik qilishdir. Bu manfaatlarga yetish uchun AQSh mintaqada Xitoyga qarshi kayfiyatni kuchaytirish va Rossiya ta’sirini cheklashga jiddiy harakat qilmoqda. Masalan, yig‘ilishda so‘zlagan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo dunyo davlatlarini Pekin talabi bilan uyg‘urlarni Xitoyga topshirmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Xitoyning Shinjon mintaqasidagi musulmonlarni qamoqxona-lagerlar tashlashini terrorizm bilan hech qanday aloqasi yo‘q, balki bu xalqlar madaniyati va dinini butkul yo‘q qilib yuborish harakatidir”. Pompeo bu so‘zlarini musulmonlarga joni achiganidan aytgani yo‘q, aksincha, Shinjon masalasini mintaqadagi Xitoyga qarshi qo‘llanuvchi richaglardan biri deb bilganligi sababli aytdi. Zero, AQSh va Xitoy Islom va musulmonlarga qarshi kurashda bir pozisiyada turadi.

 Yig‘ilish yakunida Aydarbekov va Pompeo ikki tomonlama qisqa muloqot o‘tkazdi. Mazkur yig‘ilish doirasida Qirg‘iziston va AQSh munosabatlari, hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim loyihasini tayyorlash muhokama qilindi. Bu loyiha Atambaev prezidentligi davrida Rossiya bosimi bilan bekor qilingan edi. Ayni vaqtda hukumat Rossiyaga avvalgiga qarganda ham ko‘proq qaram bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan boshqa yirik davlatlar qo‘lloviga juda muxtoj. Shu sababli AQSh va Xitoy moliyaviy yordamlariga umid qilmoqda. Ular bo‘lsa o‘z manfaatlariga mos bo‘lgan talablarni qo‘yib kelishadi.

 Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.