بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati Hasina rejimining Kashmirga nisbatan pozitsiyasiga qarshi namoyish oʻtkazdi
2019 yil 23 avgust Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati juma kuni juma namozidan soʻng Dakka va Chittagong shaharlaridagi masjidlar oldida norozilik namoyishi oʻtkazdi. Namoyish Shayxa Hasina rejimining tutgan pozitsiyasiga qarshi uyushtirildi. Negaki bu rejim Kashmir masalasi Hindistonning ichki ishi, deb daʼvo qilmoqda.
Bundan tashqari, Hasina rejimi odamlarni qoʻrqitib, ularing kashmirlik musulmon birodarlariga hamdardlik sifatida Hindistonga qarshi oʻz gʻazab va noroziliklarini ifoda etishlariga qoʻymayapti.
Namoyishlarda maʼruzachilar Kashmirdagi musulmonlar inqirozi haqida soʻzladilar. Hamda xoin hukmdorlarning oʻz vazifalariga panja orasidan qarashayotgani, hindular davlatini Kashmirni ochiqdan-ochiq toʻla bosib olishga va uni Hind yarim orolidagi ikkinchi Falastinga aylantirishga jurʼatli qilib qoʻygani xususida soʻz yuritdilar. Ular yana bunday dedilar:
Ey musulmonlar!
Kashmir ahli Islom Ummatining ajralmas bir boʻlagidir. Kashmir masalasi aslo “Hindistonning ichki ishi” emas. Imom Muslim sahihida Rosululloh ﷺ
“مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِي تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ مَثَلُ الْجَسَدِ إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى”
“Moʻminlar oʻzaro doʻstlashib, bir-birlariga rahmdillik va hamdardlik koʻrsatishda misoli bir tandirlar. Qachon tananing bir aʼzosi hastalansa, qolgan aʼzolar ham bedorlanish va isitmalash bilan unga yordamga shoshadi”, deganlari rivoyat qilingan. Shuning uchun Kashmir, Falastin, Mьyanma kabi masalalar, Butun Ummati Islomiyaning masalalaridir. Dunyoning bir chekasidagi bitta moʻmin alamlansa, butun Ummat alamlanadi. Bizning islomiy aqidamiz bizga butun dunyodagi mazlum musulmonlar bilan yelkama-elka turib, Kashmirdagi musulmonlarni himoya qilishni, mushkulotlarini hal etishni buyuradi.
Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan