Musulmon yurtlari hukmdorlari Ummatga butunlay qarama-qarshi pozitsiyani egallashgan

564
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmon yurtlari hukmdorlari Ummatga butunlay qarama-qarshi pozitsiyani egallashgan

Birlashgan Arab Amirliklarining Hindiston qassobi Modini medal bilan mukofotlashi ortidan musulmonlar gʻazabi yanada kuchayganiga qaramay, Pokiston tashqi ishlar vaziri “xalqaro munosabatlar diniy tuygʻudan ustun”, deya bayonot berdi. Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:

“Bugun musulmonlar hukmdorlari Ummatga butunlay teskari ish tutmoqda. Chunki Ummat bosib olingan Kashmirmi, Falastinmi, Mьyanmami, yoki Sharqiy Turkistonmi bundan qatʼiy nazar, olamning barcha joylarida mazlum musulmonlar ahvolidan his qilib turibdi. Shubhasizki, Ummatning bunday olamiy koʻz-qarashi uning buyuk dinidan kelib chiqadi. Hukmdorlar Ummatni dinidan ayrish uchun bor kuchlarini sarflashayotgan boʻlsada, u bu dinni oziq tishlari bilan mahkam tutmoqda.

Hukmdorlarning daʼvo qilishicha, musulmonlar AQSh, hindular davlati, yahudiy vujudi va Xitoy kabi dushmanlari tomonidan keladigan iqtisodiy oʻljalarni qoʻlga kiritish uchun oʻzlarining mazlum birodarlaridan voz kechishlari lozim. Asl haqiqat shuki, bu hukmdorlar dushmanga malaylik qilish orqali oʻzlarining shaxsiy boyliklarini koʻpaytirishga harakat qilishmoqda. Ayni paytda hukmdorlar Ummatni shafqatsiz kapitalistik iqtisod tuzumi ostida jizgʻinak qilishyapti”.

Bayonot soʻnggida Pokiston musulmonlariga bunday xitob qilindi:

“Aniqki, Pokiston hukmdorlari bizning Kashmirdagi bosib olingan islomiy yurtni ozod qilish uchun Pokiston armiyasidagi sara kuchlarni tayyorlash lozim degan kuchli va mabdaiy talabimiz bosimi ostida qoldi. Shuning uchun ular mudofaa pozitsiyasini egallab, qoʻrqoqliklarini oqlovchi bayonotlar berishmoqda. Lekin bu ularning zaifligini tasdiqlamoqda. Shuning boisdan har birimiz Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni qoim qilish uchun harakat qilmogʻimiz lozim. Toki, oʻzimizdan boʻlgan, biz ham ulardan boʻlgan hamda biz ularni yaxshi koʻradigan, ular ham bizni yaxshi koʻradigan, bizni azizlik va gʻalaba sari yetaklaydigan, natijada Alloh bizdan rozi boʻladigan hukmdorlarni tiklaylik. Shuning uchun musulmonlar armiyalarini mazlum musulmonlarni ozod qilish uchun yetaklaydigan Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilish uchun harakat qilayotganlar bilan birga harakat qiling.

Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.