بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Sudandagi oʻtish davri hukumati siyosiy ulush talashish va tarafkashliklardan iborat boʻlib, muvaffaqiyatsizlik va boʻlinishni olib keladi
Ustoz Muhammad Jome Abu Ayman
Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi
rasmiy notigʻi oʻrinbosari
Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari, oʻtish davri hukumati tuzish yoʻlida ayanchli va sharmandali ahvolda toyildi… Toyilib, siyosiy ulush talashish va tarafkashlik botqogʻiga yiqildi. Oqibatda gʻalva va janjallar kelib chiqib, Sudanni boshqarishni daʼvo qilayotgan bu guruhlarning fikriy va siyosiy jihatdan puch-gʻovak ekanliklari fosh boʻldi. Shunday boʻlishi muqarrar edi. Chunki oʻz rahbarlariyu ijrochilarini tarafkashlik va siyosiy ulush talashish asosida saylagan, fikriy asosga qaramagan har qanday tashkilot haqiqiy oʻzgarishni aslo amalga oshirolmaydi… Bunday tashkilotlar yurtlarimizni xonavayron qilib, halokat yoqasiga olib kelib qoʻygan mustamlakachilik rejasidan voz kechib, yurt ahli istagi va aqidasini ifodalovchi haqiqiy oʻzgarish keltirmaydi.
2019 yil 17 avgust shanba kuni, yaʼni konstitutsiyaviy hujjat imzolangani nishonlash kuni “Sudoniy” gazetasida yozuvchi Lina Yoqub xonimning maqolasi chiqdi. Gazetaning “Soʻz uchun” nomli sahifasi oxirida “Yana boshidanmi?!” sarlavhali maqolada Lina “men juda xafa boʻldim, chunki biz ishni shuncha vaqtdan beri oʻzimiz yomon koʻrib kelgan jugʻrofiy ulush talashishdan boshladik”, dedi. Darhaqiqat, Inqoz uzoq vaqt jugʻrofiy, qabilaviy va siyosiy ulush talashish bilan shugʻullanib, bu borada ustasifarang boʻlib ketdi. Oʻzgarish kuchlari oʻzining suveren kengashida ishlarni aynan shundan boshladi. Asosan, besh blokdan iborat bu kuchlar oʻzining mustaqil dislokatsiyasini jugʻrofiy asosga boʻldi. Masalan, Milliy Ittifoq blogi Janubiy Kordofandan, Fuqaroviy Kuch uyushmasi Xartumdan, Sudan Mehnatkashlari blogi Darfurdan, Nidoi Sudan blogi Sharqiy Sudandan, Federal Majlis Shimoliy Sudandan nomzodlarini koʻrsatishdi. “Oʻzgarish kuchlaridagi bir yetakchi Mehnatkashlar blogi nomzodini “Darfurda muayyan bir qabilani vakili emas”, deya nomzodlikdan chiqarib tursa, bu kishini juda xafa qiladigan hol”, dedi Lina Yoqub.
2019 yil 16 avgust juma kuni “Sudan Tribuna” veb-saytida bunday xabar nashr qilindi: “Universitet professori Fadvo Abdurahmon xonim Sudan kengashida qatnasholmaganidan uzr soʻradi, u buni Muhammadhasan Taoyushiyning nomzodi qabul qilinmaganiga norozilik sifatida shunday qildi”.
Inqilob Fronti konstitutsiyaviy hujjat imzolangan kunni nishonlashga rozi boʻlmadi. Chunki u Addis-Abebada imzolangan narsalar ushbu hujjatga “muqaddas matn” sifatida kiritilmagan, dedi!
Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari yetakchilaridan biri Ibrohim Amin Sudanning “Anbo” rasmiy agentligiga bunday dedi: “Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan Inqilob Fronti oʻrtasidagi janjalga sabab, Inqilob Frontining nomi konstitutsion hujjatga kiritilmagani boʻldi. Bu narsa qolgan qurolli guruhlar va qurolli qarshilik harakatidagilarga ham nomlarini hujjatga kiritib olishlariga bahona boʻladi”. Keyin “Inqilob Fronti oʻtish davrida ulushlar haqida oʻylayapti”, deya qoʻshimcha qildi”. (Sudan Tribuna, 2019 yil 12 avgust). Ayni shu kuni, shu veb-saytda Adolat va Tenglik harakati raisi Jibril Ibrohimning mana bu bayonoti ham nashr qilindi: “Shaxsan men, Inqilob Fronti oʻtish davri muassasalarida qatnashishga haqqi bor, deyishdan uyalmayman. Bu ijobiy alomat, chunki ayni Front hokimiyatga ulush talashib emas, tinchlik uchun kelmoqchi”.
Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari qoʻzgʻolon chogʻida yoshlar oʻrtasida “Partiyasiz, vakolatli hukumat”, degan shiorni tiqishtirib, bu bilan texnokratlar hukumatini daʼvo qilishgan edi. Mana, bugun bu shiorning yolgʻon ekani namoyon boʻldi. Chunki bu kuchlarning ulushi qonunchilik kengashida 67 %ni, Suveren kengashdan besh oʻrinni tashkil qildi. Keyin jugʻrofiy va tarafkashlik boʻyicha ulush olishga oʻtdi. Yaʼni, mustamlakachilar musulmonlarni boʻlib tashlash uchun sochgan nizo urugʻi boʻyicha ulush olyapti.
Xoʻsh, Sudanning shimoli, janubi, sharqi va gʻarbi aholisini irqiga, qabilasiga va rangiga qarab vakil qilishga kimning haqqi bor?! Bu narsa odamlar orasida boʻlinish keltirib chiqaradigan, ularni himoya qilmaydigan tuban va razil millatchilik va tarafkashlik oʻlchovidir. Hizb ut-Tahrir bunday halokatli fikrlarni allaqachon anglab yetgan. Uning birinchi halqalari Hizb aʼzolarini fikriy va saqofiy jihatdan islomiy shaxsiyalarga aylantirishga qaratilgan. Ushub halqalarda Islom nizomi kitobi oʻqilib, unda fikriy yetakchilik va uning inson taraqqiyotiga boʻlgan taʼsiri haqida soʻz yuritiladi. Hizb insonlarning bir-birlari bilan millatchilik, vatanparvarlik, qabilachilik va manfaat asosida aloqa qilishlarini tuban aloqa deydi hamda buning odamlar oʻrtasida dushmanlik va nafrat chiqaruvchi xavfli munosabat ekanini bayon qildi. Aloqa-munosabatlarning albatta mabda asosida boʻlishini, bu mabda oʻzidan tuzum balqib chiquvchi ruhiy aqida ekanini belgilab berdi. Shuningdek, munosabatlarda hargiz insoning rangiga, millatiga, qabilasiga qaralmasligi taʼkidlandi. Shuning uchun ham Islom insonlar oʻrtasini bogʻlashda eng ilgʻor tuzum hisoblandi. Masalan, Paygʻambarimiz ﷺ avsliklar bilan xazrajliklarni va muhojirlar bilan ansorlarni bir-birlariga aka-uka qildilar, natijada, Islom davlati jamiyat toʻqimalarini jipslashda dunyoning eng afzal davlatiga aylandi.
Botil shartnomadagi bu ulush talashishning eng yomon jihati, federalizm va avtonomiyaga tayyorgarlik koʻrilayotganidir. Zero, Sudandagi mashʼum boʻlib tashlash ishidagi zahri qotil mana shu federalizm va avtonomiya boʻladi. Bu qurolli harakatlarning yaxlit jismning boshqa aʼzosi sifatida muzokara olib borishga qattiq turishida koʻrinib turibdi. Inqilob Fronti boʻlsa, oʻzining Addis-Abeba shartnomasi tomonidan kafolatlanmagunicha konstitutsiyaviy hujjat imzolangan kunni nishonlashga rozi boʻlmayapti. Abdulaziz Hulv Harbiy Kengash bilan hamda Hamidatiy, Kabboshiy va ayni maqsadda Juba shahriga safar qilgan Ahmad Robi yetakchiligidagi Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ishtirokida muzokara stoliga oʻtirishni istamadi. “Sudan Tribuna” veb-sayti 2019 yil 28 iyul yakshanba kuni “Hulv komandasi oʻtish davri hukumati tuzilishidan oldin muzokarada qatnashishdan bosh tortmoqda”, dedi. Haqiqatdan ham, Hulv 2019 yil 27 iyul shanba kuni boʻlib oʻtgan va Janubiy Sudan prezidenti Salьvatore Kiir vositachilik qilgan muzokara uchrashuviga kelmadi, u yerga yordamchisi Jaqud Mikvor raisligida delelegatsiya yuborib qoʻyish bilan kifoyalandi. U Jubada bergan matbuot yigʻinida “bizning harakat kelasi oʻtish davri hukumati bilan tinchlik masalalari boʻyicha muzokaraga amal qilida”, deya bayonot berdi. “Sudan Tribuna” saytida ham Inqilob Fronti haqida jumladan bunday deyildi: “Ularning talablari haqida xabarlar koʻp. Talablari boʻyicha, ular Suveren kengashga vakil boʻlishlari hamda Darfur bilan Janubiy Kordofandagi urush holatidagi hukumatlarda qatnashishlari kerak ekan”.
Mana, shuncha ofat-inqiroz bilan qanday qilib Sudan ahli shartnomani nishonlashlari mumkin, axir, bu shartnoma siyosiy ulushlar, tarafkashliklar ustida boʻlyapti, shu orqali – xuddi Nayvasha shartnomasida boʻlgani kabi – yurtni yana boʻlib tashlanyapti?!
Sudandagi bugungi shartnoma eski tuzumni qaytarish shartnomasidir, bunga shubha yoʻq. Ikkisi ham demokratik ilmoniy (fuqaroviy yoki harbiy) tuzum boʻlib, mohiyatan farq qilmaydi. Kecha harbiy tuzum din nomi bilan odamlarni aldab, janubni boʻlgan boʻlsa, bugun bular fuqaroviy erkinlik tuzumi nomi bilan odamlarni aldashyapti. Ular ham, bular ham, hammasi mustamlakachilik loyihasi boʻlib, Anglo-Amerika rejasidir. Bundan Islomni chetlatish va unga qarshi kurashish, Sudanni besh davlatga boʻlib yuborish maqsad qilingan. Demakki, mustamlakachilik zamonidan to shu kungacha Sudanda hech qanday oʻzgarish boʻlgani yoʻq. Chunki oʻzgarish uchun mustamlakachilik tuzumidan boshqa tuzum, mustamlakachilik fikrlaridan boshqa fikrlar kerak. Bu esa, faqat Islomda bor, faqat Islomning Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida boʻladi. Bas, shunday ekan, Sudan ahli xolis-halol farzandlari bilan birgalikda ushbu davlatni barpo etishga harakat qilmoqlari darkor. Ushbu davlatgina omonlik, tinchlik va xotirjamlik olib keladi. Alloh Taolo bunday dedi:
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi” [Nur 55]
Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan