«Inson TV» ommaviy axborot vositalarining professionalligini buzdi va jamoatchilik fikrini adashtirish uchun soxta guvoh bo‘lish yo‘lini tanladi

139
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Inson TV» ommaviy axborot vositalarining professionalligini buzdi va jamoatchilik fikrini adashtirish uchun soxta guvoh bo‘lish yo‘lini tanladi

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

Biz Tunisning «Inson TV» kanalini ommaviy axborot vositalarining professionalligini buzganlikda ayblaymiz. Chunki parlament deputati Safi Said bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida ayni telekanal Hizb ut-Tahrirni jangari, deya ta’riflash bilan go‘yo o‘zini mahkama sudьyasi qilib oldi. Hizb ut-Tahrirni prezident Qays Said bilan aloqasi borligini aytish bilan jamoatchilik fikrini adashtirish uchun yolg‘on guvoh bo‘lishni o‘ziga ravo ko‘rdi. Holbuki, bu telekanal yaxshi biladi Hizb ut-Tahrir 2019 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida matbuot konferentsiyasida ayni aloqani rad etgan hamda Qays Saidni G‘arbning malayi va qo‘g‘irchog‘i ekanini ochiq aytgan. Chunki o‘sha paytda hamma Qays Saidga aldanib, o‘shani targ‘ib qilayotgan edi».

«Siyosiy islom to‘lqini qirg‘oqlarga urilib, chilparchin bo‘ldi», degan gapga raddiya sifatida matbuot bayonotida bunday deyiladi:

«Aslida, sinib chilparchin bo‘lgan kommunizm, sotsializm va millatchilik kabi musulmonlarga yot fikrlardir. Bugungi kunda biz butun dunyoda kapitalizm va uning boshqaruv tizimi bo‘lgan demokratiyaning sinib parchalana boshlaganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, Yaqinda esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo etilishi bilan bu kelgindi fikrlarning qolgan-qutgani ham vayron bo‘lib, o‘rniga Islom kelajakdir.

وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً

«Hali ular: «U (kun) qachon bo‘lur?» deb (so‘raydilar). «Shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!» [Isro 51]

Roya gazetasining 2021 yil 31 mart chorshanba kungi 332-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.