Raysuniy Falastin ahlining haqqi borasidagi sharʼiy hukmdan gʻaflatdamiki u yerni yahudiylar bosqinchiligi ostida ziyorat qilsa boʻladi deya fatvo beryapti?!

483
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Raysuniy Falastin ahlining haqqi borasidagi sharʼiy hukmdan gʻaflatdamiki u yerni yahudiylar bosqinchiligi ostida ziyorat qilsa boʻladi deya fatvo beryapti?!

“WAFA” axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1440 yil 18 zul-hijja, milodiy 2019 yil 19 avgust juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Falastin qozilar qozisi Mahmud Habbosh butunjahon Musulmon Ulamolari Federatsiyasi raisi, Marokashdagi Tavhid va Isloh harakatining sobiq raisi shayx Ahmad Raysuniy fatvosiga yuksak baho berdi. Unda Raysuniy “Quddusni ziyorat qilgan har bir kishi yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirgan kishi boʻlmaydi. Shu bois falastinliklar meni maʼzur tutsinlar”, degan edi. U musulmonlarning Quddusi sharifdagi birodarlariga yordam berishda (goʻyo uningcha) “eʼtiborsizlik” qilayotgani sababli uzr soʻradi. Uning fikricha, Falastinni ziyorat qilish yahudiylar bilan munosabatni normallashtirish sanalmaydi.

Habbosh dushanba kuni bergan matbuot konferentsiyasida bunday dedi: “Quddusni ziyorat qilishga daʼvat qilish, bosqinchilarning quddusliklar va Quddusi Sharifga qarshi sodir etayotgan jinoyatlari oqibatida Quddus ahli boshdan kechirayotgan aziyatlardan boxabar boʻlish Quddusga kelishga qodir har bir musulmonning vojib vazifasidir. Chunki Quddus faqat quddusliklarning emas, balki barcha musulmonlarning ruhiy poytaxtidir. Uni ziyorat etmoq, bosqinchilar davlati tomonidan uni yahudiylashtirishga va aholisini chiqarib yuborishga urunilayotgan bir paytda, diniy farz va siyosiy zaruratdir”.

Roya gazetasi sharhi:

Habbosh bir paytlar “kim sulton tovogʻidan yesa, oʻshaning zulmkor tayogʻiga aylanadi”, degan. U bugun Abbos tovogʻidan yeyapti, binobarin, uning zulmkor tayogʻiga aylanyapti. Abbos yahudiy vujudini tan olgan va u bilan munosabatlarni normallashtirish, xavfsizlik masalasida hamkorlik qilish botqogʻiga qulogʻigacha botgan. Demak, Habbosh ham Abbos bilan barobar. Shuning uchun Habboshning bayonotiga bundan ortiqcha kirishishga hojat yoʻq.

Endi shayx Ahmad Raysuniyga kelsak. Xoʻsh, Musulmon Ulamolari Federatsiyasi raisi boʻlmish Raysuniy hazratlari muborak Falastin zaminini ozod etish uchun armiyalarni harakatga keltirish vojib ekanini chindan ham bilmaydimi. Axir, u oʻzining bosqinchilar hukmronligi ostida Aqsoni ziyorat qilayotganini oqlash uchun mana shunday gʻofilona fatvo berib yotibdi?! Buning oʻrniga, Quddusi Sharifni haligacha bosqinchilar ostiga tashlab qoʻyilgani uchun Falastin ahli va musulmonlardan, hatto Alloh va Rosulidan uzr soʻrasa, toʻgʻri boʻlmasmidi, vaholanki, u yerga yahudiylar elchixonasi orqali tashrif buyuryaptiku?! Qolaversa, Aqsoni ozod etishga qodir boʻla turib, bosqinchilar hukmronligi ostida Quddusni ziyorat qilish uni qoʻllab-quvvatlash hisoblanadimi yoki uni yordamsiz qoldirishmi?!

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.