Qirgʻizistonning “mustaqillik” kuni munosabati bilan
1991-yildan buyon 31-avgust Qirgʻizistonning mustaqillikka erishgan kuni sifatida nishonlanib keladi. Xoʻsh, Qirgʻiziston chindan ham mustaqilmi? Bu savolga tarixiy haqiqatlar va istilohiy atamalarga murojaat qilish orqali javob izlaymiz.
Dastlab, mavzuga taalluqligi jihatidan “mustaqillik”ning 20-asrdagi tarixiga toʻxtalamiz. 2-jahon urushidan beri “mustaqillik” (independence) atamasi mustamlakachilikdan xalos boʻlish maʼnosini anglata boshladi. Aslida, bu uning tashqi maʼnosi xolos. Haqiqatda esa, buning avtori AQSh boʻlib, boshqa mustamlakachilardan koloniyalarini tortib olishga imkoniyat yaratish maqsadida oʻylab topilgan. “Atlantika xartiyasi” bu jarayonning dastlabki qadami boʻlib hisoblanadi.
Atlantika xartiyasi – aksilgitler koalitsiyaning asosiy dasturiy hujjatlarining biridir. Atlantika konferentsiyasida Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti tomonidan qabul qilinib, 1941-yil 14-avgustda eʼlon qilingan. 24-sentyabrda bunga SSSR qoʻshilgan. Mazkur xartiya ittifoqchilar 2-jahon urushida gʻalaba qozonganidan keyingi olamiy tartibni aniqlash maqsadida chiqarilgan. Biroq, aslida bu vaqtda AQSh urushga kirmagan edi. Shundan soʻng aksilgitlerchi koalitsiyaga sinonim sifatida “Birlashgan Millatlar” (United Nations) atamasi ham qoʻllanilib, keyinchalik bu “Birlashgan Millatlar Tashkiloti”ning asosi boʻlib qoldi.
Bu konferentsiyada AQSh ittifoqchilar tomonida urushga kirish evaziga boshqa derjavalarning koloniyalariga kirib borish yoʻllarini ochib qoʻyishni talab qilgan. Ular rasmiy tarzda xartiya ustavi punktlarida belgilab qoʻyilgan. Ularning ayrimlari quyidagilar:
-Suveren huquqlari va oʻzini-oʻzi boshqarishi kuch bilan tortib olingan xalqlarning mazkur huquqlarini qayta tiklash. (Bu – AQShning mustamlaka ostidagi davlatlarni “istiqlol” shiori bilan eski mustamlakachiga qarshi gij-gijlab, ularni qaytadan oʻzi mustamlaka qilishiga imkoniyat yaratish degani).
– Davlatning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan global savdo va xomashyo resurslarini olishda barcha davlatlarni erkin ishtirok etishi. (Bu – boshqa derjavalarning mustamlakalari xomashyolarini savdo nomi ostida tortib olishga yoʻl ochishni anglatadi).
-Global iqtisodiy hamkorlik. (Bu – boshqa derjavalarning koloniyalariga mustamlakachilikning iqtisodiy uslubi bilan kirib borish demakdir).
Xartiyadagi mazkur maqsadlar urushdan soʻng amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonlar “dekolonizatsiya” (mustaqillik va toʻliq suvernitetni dominant, mandatli hudud va mustamlakalarga berish jarayoni) degan nom bilan maʼlum. Dekolonizatsiya Hindistondan boshlangan deyish mumkin. U 1947-yili “mustaqillik” oldi. Lekin, aslida AQSh bu mamlakatda “mustaqillik” qoʻzgʻolonlarini koʻtara boshlagan vaqtda Birtaniya Hindiston bilan Pokistonga sohta mustaqillik berdi, biroq ularni oʻz changalida ushlab qoldi. Bunday koʻrinish keyinchalik ajralib chiqqan mamlakatlarda ham takrorlandi. (Hindistondagi AQSh-Britaniya kurashi hozirga qadar davom etib kelmoqda. Hukmron partiyalardan “Hindiston milliy kongressi” Britaniyaga, “Hindiston xalq partiyasi” boʻlsa Amerikaga malay. Pokistonni AQSh toʻligʻicha tortib olgan). 60-yillargacha dekolonizatsiya jarayonlari asosan Osiyo mamlakatlarida boʻlib oʻtdi.
60-yillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “dekolonizatsiya” kuchli qoʻllab-quvvatlandi. BMT oʻsha yili “mustamlaka ostidagi mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida”gi deklaratsiyani qabul qildi. 1961-yili AQSh prezdenti Kennedi va SSSR rahbari Xrushchev Venada koloniyalarni oʻzaro boʻlishishga kelishib olishdi. Shundan soʻng, ayniqsa Afrikada “istiqlol”ga erishishlar kuchayib ketdi.
Yuqorilardan maʼlum boʻlganidek, “istiqlol” kurashlari orqali AQSh va SSSR Britaniya bilan Frantsiyaning (boshqa kichikroq mustamlakachi davlatlarning ham) koloniyalariga kirib borishga yoʻl ochib olishdi. Oʻz navbatida eski mustamlakachilar oʻz koloniyalaridagi taʼsirlarini saqlab qolish hamda yangi mustamlakachilarni kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishdi. Masalan, Britaniya oʻz koloniyalaridagi mamlakatlarni “Millatlar hamkorligi” (Commonwealth of Nations) tashkiloti orqali ushlab qolishga harakat qildi (hozir mazkur tashkilotdagi ayrim davlatlarga AQSh qisman kirib borgan boʻlsa, ayrimlarini toʻligʻicha tortib oldi). Frantsiya esa “Frantsuz jamiyati” (Communauté française) tashkiloti orqali harakat qildi. Shunday qilib, bu mustamlakachilarning mustamlaka talashishlari siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy shartnomalar orqali amalga oshiriladigan boʻlib qoldi. Bu koʻrinish “neokolonizatorlik” atamasi bilan ataldi. Uning qurbonlari boʻlgan mamlakatlar “rivojlanayotgan” yoki “uchinchi olam davlatlari” deb nomlandi.
Shundan soʻng AQSh bilan uning raqibi SSSR oʻrtasida “sovuq urush” yoki “qonsiz urush” deb nomlangan kurash boshlandi. Bu kurashda SSSR magʻlubiyatga uchradi va quladi. SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar sohta mustaqillikka erishdi. Rossiya oʻz mustamlakalarini saqlab qolish uchun “Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi” (MDH) tashkilotini tashkil etdi. Biroq, bu orqali mustamlakalarini toʻliq oʻz changalida ushlab qola olmadi. Tobora taʼsiri zaiflasha boshladi. Shundan soʻng harbiy jihatdan KXShT, iqtisodiy jihatdan YeOII tashkilotlarini tuzdi. Uning mustamlakasi ostidagi mamlakatlar boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlishi va ularga boshqa mustamlakachilarning kirib kelish yoʻllari ochilgani sababli uning taʼsiri yanada zaiflashib bormoqda.
Boshqa ittifoqdosh respublikalar qatori Qirgʻiziston ham sohta mustaqillik olgan va u hozirgi kunda neokolonizatorlik yurishlarining nishoni boʻlmoqda. Qirgʻizistonda eski mustamlakachi Rossiyaning taʼsiri ustun boʻlishiga qaramay, AQSh ichki ishlarimizga aralasha oladigan darajada kirib kelmoqda. Uzongu-Kuushni olish orqali neokolonizatorligini boshlagan Xitoy – bugungi kunga kelib – eng asosiy qarz beruvchi, eng asosiy investor koʻrinishida iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirmoqda.
Demak, 31-avgust Qirgʻiziston xalqi uchun mustaqillik kuni emas, balki neokolonizatorlik kunidir.
Shu sababli, yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni esga solish orqali Qirgʻiziston xalqiga murojaat qilamiz:
Ey Qirgʻiziston xalqi, bizlar musulmonlarmiz. Bizni mustamlakachilikdan qutulish yoʻlimiz – faqat Islomda. Shuning uchun barchamiz birgalikda Islomimizni oʻrganaylik va unga amal qilishga shoshilaylik.
Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimi.