Kashmirning shijoatli aholisi bilan qoʻrqoq rejim shaxsiyati bir-biriga qarama-qarshi boʻlsada, Bajva-Imron rejimi bosib olingan Kashmirning musulmon aholisi bilan “birga ekanini ifodalab”, 14 avgust kuni mustaqillik bayramini oʻtkazmoqchi
Pokiston musulmonlari xotirasida 14 avgust buyuk kurash kuni sifatida muhrlangan. Chunki ular shu kunda Islom soyasida yashash uchun eng bebaho narsalarini sarflashgan. Lekin bu yilgi bayram Hindiston davlati Kashmir musulmonlariga zulmni kuchaytirgan kunlarga toʻgʻri keldi. Hindiston u yerda oʻz hukmronligini kuchaytirar ekan, musulmonlarga zulm qilishda har qanday chegaradan oʻtib ketdi. 14 avgust kuni asos solingan hamda musulmonlar hind zulmiga qarshi kuchli qalqon va islomiy hukmning yoyilish nuqtasi boʻlishini umid qilgan davlat Hindiston dushmanchiligiga qarshi qogʻoz devorga aylanib qoldi. Shuningdek, u Pokistondagi ruvaybiza hokimlar tomorqasiga aylandi. Chunki hindular Kashmir va boshqa hind mintaqalarida musulmonlarga zulm qilishmoqda va Kashmirdagi musulmonlarning kurashiga barham berish hamda Kashmir demografiyasini oʻzgartirish uchun oʻq otar qurollardan foydalanmoqda. Natijada, Kashmirning asosiy aholisi boʻlmish musulmonlar mayda millatga aylanib qolmoqda. Pokiston hokimlari bunga ramziy tadbirlar va bekorchi shovqin-suronlar bilan javob qaytarishmoqda. Hindiston hukumati bu ishlarni koʻrmagandek oʻz zulmini davom ettirmoqda. Pokiston hokimlari esa, hindlarning oxirgi tajovuziga qarshi Pokiston qurolli kuchlarini ishga solmadi. Zero, bu armiya “mustaqillik” kunida Kashmir musulmonlarini hindlar zulmidan ozod qilish uchun Pokiston musulmonlari bilan birga turishi va Allohdan nusrat soʻrab takbir aytishi lozim edi. Lekin Bajva-Imron hukumati buning oʻrniga 14 avgustni Kashmir musulmonlarini qoʻllash kuni deb eʼlon qildi. Agar Pokiston musulmonlarining ommaviy bosimi hamda Pokiston armiyasidagi xolis zobitlar harakati boʻlmaganda hukumat hech narsa qilmagan boʻlar edi.
Bajva-Imron hukumati Kashmirdagi musulmonlarni “qoʻllash” haqida gapirar ekan, shu narsa aniqki, Kashmirdagi musulmonlar shaxsiyati qoʻrqoq rejim shaxsiyatiga ziddir. Kashmirdagi musulmonlar oʻzlarining oddiy qurollari bilan hindlarning yarim millionli, ogʻir qurol bilan qurollangan armiyasiga qarshi kurashmoqda. Ayni paytda Bajva-Imron rejimi olamdagi eng kuchli armiyalardan biriga ega boʻlishiga qaramasdan, “oʻzini bosish” bilan ovora. Holbuki uning shiori yo gʻalaba yoki shahidlik boʻlishi lozim edi. Kashmir musulmonlari oʻz jonlarini qurbon qilayotgan va hind hukmronligiga qarshi birlashayotgan bir paytda, Pokiston hokimlari qoʻrqoq hindlardan qoʻrqib qaltirashmoqda. Qoʻrqoq hindlar esa, shu yilning 27 fevralida Pokiston armiyasi zobitlarining arzimagan zarbasidan sarosimaga tushib qoldilar. Kashmir musulmonlari Pokiston armiyasini yordamga va chegaralarni eʼtiborga olmaslikka chaqirmoqda. Pokiston hokimlari esa, ularni “oʻzini bosish” va Kashmirdagi musulmonlarga moddiy yordam berishni toʻxtatish orqali kishanlab qoʻymoqda. Eng achinarlisi ular hindlarning soʻnggi tadbirlarini Hindistonning “ichki muammosi”, deb eʼlon qilishdi.
Ey Pokiston musulmonlari! Pokistonning oldingi va hozirgi yetakchilari musulmonlar muammolarini hal qilish uchun shijoatli harbiylarni ishga solish oʻrniga qoʻl qovushtirib oʻtiribdilar. Bu hokimlar Hindiston gʻazabidan qoʻrqib bosib olingan Kashmirdagi musulmonlarni ozod qilmayaptilar. Kashmir sulton Muhammad Fotih va Salohiddin Ayyubiy kabi harbiy rahbarlar qoʻli ostida ozod boʻladi. Chunki ular Allohga tavakkul qilib, tayyorgarlik koʻrishgani uchun Alloh ularga dushmanlari ustidan nusrat bergan. Shuningdek Kashmir muammosi Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash orqali hal boʻladi. Chunki Xalifalik Kashmir musulmonlarini ozod qilish va Islomiy Ummatni birlashtirish uchun Pokiston armiyasini ishga soladi. Zero Paygʻambarimiz ﷺ aytadilar:
“إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ”
“Imom qalqondir, uni ortida turib urush qilinadi va u bilan himoyalaniladi”.