Pokiston rejimi Afgʻoniston va Tolibonga qarshi AQSh bilan til biriktirmoqda

563
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi Afgʻoniston va Tolibonga qarshi AQSh bilan til biriktirmoqda

Arabiy 21 veb-sayti (hijriy 1440 yil 28 zul-qaʼda, milodiy 2019 yil 1 avgust payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQShning Afgʻonistondagi maxsus vakili Zalmay Xalilzod Pokistondan Qobuldagi bevosita muloqotda qatnashishga Tolibonni koʻndirib berishni talab qildi.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda aytilishicha, payshanba kuni rasmiy safar bilan Pokistonga kelgan Xalilzod bosh vazir Imron Xon va Tashqi ishlar vaziri Shoh Muhammad Qurayshiy bilan Vashington va Tolibon oʻrtasida ketayotgan soʻzlashuvlar haqida fikr almashdi.

Mazkur manbaga koʻra, Islomoboddagi Pokiston tashqi ishlar vazirligi qarorgohida Xalilzod bilan oʻtkazgan uchrashuvi chogʻida Qurayshiy oʻz davlati Afgʻonistonda tinchlik amaliyotining muvaffaqiyati yoʻlida qilinmogʻi lozim boʻlgan barcha ishlarni bajarishini taʼkidladi.

Tomonlarni oʻz masʼuliyatiga rioya qilishga daʼvat qilar ekan, Qurayshiy “Afgʻoniston masalasi boʻyicha boʻlib oʻtgan Davha uchrashuvi chogʻida amalga oshirilgan yutuqlarni Pokiston yuksak baholashi”ni taʼkidladi.

Diplomatik manbalarga koʻra, Xalilzod Qurayshiydan Tolibonni afgʻon hukumati bilan bevosita muloqot oʻtkazishda qatnashishga koʻndirish uchun koʻproq saʼy-harakat qilishni talab qilgan.

Oʻz navbatida, Imron Xon ham Qoʻshma Shtatlar hamda Afgʻoniston tinchlik amaliyotiga aloqador tomonlar bilan boʻlayotgan muzokaralardagi Pokistonning roli albatta davom etajagini taʼkidladi”.

Roya gazetasining 2019 yil 7 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.