Turkmanistonda endi barcha talabalar haq toʻlab taʼlim oladi

669
0

Turkmanistonda endi barcha talabalar haq toʻlab taʼlim oladi

 Turkmanistonda oliy oʻquv yurtlariga hujjat topshirgan barcha talabalar bundan buyon haq toʻlab taʼlim olishadi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” xabar qildi.

 Xabarga koʻra, mamlakatdagi oʻquv yurtlari endilikda talabalardan tanlagan kasbi, oʻquv dargohining darajasiga qarab har yiliga 6000-8000 (1700-2250$) haq ola boshladi. Joriy yilda Turkmanistondagi oliy oʻquv yurtlari 12 242 talabani qabul qiladi. Ularning barchasi haq toʻlashga majbur.

 Bundan tashqari, mamlakatda oʻqishga kirish uchun pora miqdori ham oshib 25-40 ming dollarga yetdi. Shu tufayli ota-onalar farzandlarini chet ellarda oʻqitishga harakat qilishadi. Biroq, aprel oyidan boshlab Turkmaniston hukumati bir qator xorijiy diplomlarni tan olishdan bosh tortdi.

 Islomiy yurtlar, shular qatorida Oʻrta Osiyo mamlakatlari ham kapitalistik tuzum zulmi ostida ezilmoqda. Hatto milliardlab kub gaz va boshqa tabiiy boyliklar zaxirasi boʻla turib, Turkmaniston oʻz xalqiga bepul taʼlim berishga qurbi yetmaydi. Chunki, bu boyliklar huzurini xorijiy mustamlakachilar va mahalliy amaldorlargina koʻrishmoqda.

 Kapitalistik tuzumdan farqli ravishda Islom dini Islomiy davlatda xalifaga fuqarolarni bepul taʼlim olishlarni kafolatlashini vojib qilgan.

 “Xalifalik davlati dustur loyihasi”ning Taʼlim siyosati 173-moddasida shunday deyiladi:

 Xoh erkak, xoh ayol boʻlsin har bir shaxsning hayot maydonida zarur bilimlarga ega boʻlishi farzdir. Shuning uchun boshlangʻich va oʻrta bosqichlarda taʼlim olish barchaga majburiydir. Bu taʼlimni barchaga bepul taʼminlash davlat zimmasidadir. Oliy taʼlim ham imkoni boricha barchaga bepul taʼminlanishi lozim. (Kengroq maʼlumotni “Xalifalik davlatining taʼlim dasturi” kitobidan olishinglar mumkin)

Mumtoz Movarounnaxriy 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.