Yaponiyada boʻlib oʻtgan G-20 sammiti: uning natijalari va bizning mintaqamizga boʻlgan taʼsiri

599
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yaponiyada boʻlib oʻtgan G-20 sammiti: uning natijalari va bizning mintaqamizga boʻlgan taʼsiri

Katta yigirmatalik (G-20) 1999 yil iqtisodiy guruh sifatida taʼsis etilgan. U forum hisoblanadi, tashkilot emas. Uni Jahon moliyaviy bozorlarida yuz bergan beqarorlik ortidan katta yettilik taʼsis etgan boʻlib, bunga Osiyo moliyaviy krizisi sabab boʻlgan. Oʻshanda bu krizis ortida AQSh turgandi.

2008 yil moliyaviy krizis yuz berganda G-20 har yili prezidentlar darajasida oʻtkaziladigan boʻldi. Bu esa, uning siyosiy-iqtisodiy guruhga aylanganini anglatadi. U iqtisodiy masalalarni faqat iqtisodiy asosda emas, balki koʻproq siyosiy asosda mubohasa qiladi. G-20ning maqsadlari quyidagilardan iborat: barqaror va muvozanatli iqtisodiy oʻsish, xalqaro savdo erkinligini hamda moliya va mehnat bozorlarini tartibga solish, global moliyaviy tizimni mustahkamlash, iqlim oʻzgarishi, qochqinlar masalasi, “terrorizm”ga qarshi kurash hamda qayta moliyaviy krizislarni oldini olish uchun nazoratni kuchaytirish… va boshqalardan iborat. G-20da asosan, iqtisodi rivojlangan yirik davlatlar xususan, AQSh bilan Yevropa oʻrtasida kurash ketadi.

Navbatdagi uchrashuv Yaponiyada 2019 yil 28-29 iyun kunlari shu shaklda boʻlib oʻtdi. Yaʼni, siyosiy masalalar, savdo, raqamli iqtisodiyot va iqlim muammolari muhokama qilindi. Yakuniy bayonotda Parij global iqlim konventsiyasi qoʻllab-quvvatlandi, ammo AQSh uni rad etdi. Biroq bayonotda protektsionizmga¹ qarshi kurash va savdo erkinligi masalasi chetlab oʻtildi. Zero, AQSh protektsionistik choralar qabul qilgan boʻlib, bu oʻzi taʼsis etgan Jahon Savdo Tashkiloti qarorlarini buzish hisoblanadi. Sammitda esa, Jahon Savdo Tashkilotini isloh qilishga chaqirilar ekan, yakuniy bayonotda “muhimi, tijoriy va geosiyosiy vaziyat tobora murakkablashmoqda”, deyildi.

Shunday qilib, demak, sammit oʻz muvaffaqiyatsizligini eʼtirof etyapti. Chunki u oʻz muammolarini hal etolmadi, AQShni protektsionistik choralarini toʻxtatishga va globallashuv siyosatiga qaytishga majburlash qoʻlidan kelmadi. Maʼlumki, AQSh ilgari globallashuv siyosatini boshlagan edi. Ammo uning ziyonini koʻrgach, undan voz kechib, protektsionizm va savdo urushini boshladi.

Sammit sahnida davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazib, oʻz davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni muhokama qilishdi. Sammit shu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Odatda asosiy diqqat-eʼtibor eng yirik davlat prezidenti bilan boshqa rasmiylar oʻrtasidagi uchrashuvlarga qaratiladi.

Shu bois, hammaning diqqati Trampning boshqa davlatlar rasmiylari bilan uchrashuviga qaradi. Tramp rus rahbari bilan uchrashganda uni “Men uchun prezident Putin bilan uchrashish sharaf, munosabatlarimiz gʻoyat jiddiy”, deya maqtadi. Bu maqtovni Putinni oʻziga moyil qilib, undan foydalanish maqsadida aytdi. Agar Rossiya AQShning oʻrta masofaga uchuvchi raketalar boʻyicha tuzilgan shartnomaga qaytishini istasa bu shartnomaga Xitoyni ham kiritishini undan talab qildi. Zero bu shartnoma Rossiya uchun ham muhim sanaladi. Tabiiyki, Xitoy bunga rozi boʻlmaydi… Ana shunda Xitoy bilan Rossiya oʻrtasida krizis boshlanadi va bu oʻz navbatida Rossiyani Xitoyga qarshi AQSh tomonida turishini yengillashtiradi.

Tramp Xitoy rahbari Si Tszinьpin bilan uchrashdi va uchrashuvga “aʼlo” baho berib, “Oldimizda toʻgʻri yoʻl turibdi… agar adolatli bir savdo kelishuviga erisha olsak, tarixda qoladigan ish boʻladi”, dedi. Tszinьpin ham “Muloqot raqobatdan afzaldir”, dedi. Bu shundan dalolat qilmoqdaki, Xitoy AQShga yon berib, iqtisodiy va siyosiy jihatdan unga xizmat qiladi, buning natijasida, Xitoyning Huawei kompaniyasiga joriy qilingan sanktsiyalar yengillashtiriladi, yangi bojxona toʻlovlari toʻxtatiladi. Bular Xitoyning yon berishi va AQShga xizmat qilishi, jumladan, oʻz taʼsiri ostida turuvchi Shimoliy Koreyaga boʻlgan bosimlarini yengillashtirishi evaziga boʻladi. Shuning uchun Tramp Shimoliy Koreya rahbari In bilan uchrashdi. Chunki kommunizm Xitoyning tashqi siyosatida hech qanday rolь oʻynamaydi. U iqtisodiy manfaat yoʻlida oʻzining kommunist hamkorlarini sotishga ham tayyor. Shuning uchun Xitoy AQShga xizmat qilib, uning Koreyaga nisbatan rejalarini tatbiq qilib beradi. Xitoy AQSh bilan kurashishga tayyor emas, buni uning prezidenti ham aytib turibdi. Bu bilan u oʻzining dunyodagi eng yirik davlatga aylanish sari tashlayotgan qadamlarini sekinlatyapti. Xitoy bir necha Osiyo davlatlari sohillariga “marvarid marjonlari” nomli oʻzining dengiz bazalarini qurish kampaniyasini ham sekinlatib qoʻydi. Masalan, bir bazasini Jibutiga qurgach, boshqalarining qurilishi toʻxtab qoldi.

Tramp Erdogan bilan – AQShga xizmat qilishda davom etishi uchun uni himoya qilib – uchrashdi. Turkiyaning Rossiya raketalarini sotib olishi javobgarligini Obama maʼmuriyatiga yukladi va ayni maʼmuriyatni Obama siyosatining qurboni, deya atab, bu maʼmuriyat “Turkiya va uning patriot raketalarini sotib olish talabi boʻyicha adolat qilmagan”, dedi, soʻng “bu chigal masala, uni hal etishga harakat qilyapmiz”, deya qoʻshimcha qildi.

Amerika Obama davrida Turkiyani Rossiya bilan ayni turdagi raketalar boʻyicha shartnoma imzolashga undagan boʻlib, bundan Rossiyani AQShning Suriyadagi rejalariga ergashtirishni koʻzlagan. Haqiqatdan ham shunday boʻldi, Rossiya ayni rejalarni amalga oshirdi. Tramp kelgach, Amerika ayni shartnomaga qarshi chiqdi, shu maqsadda Turkiyadan foydalanib, uni provokatsiya qildi. Tramp “Turkiya Amerikaning doʻsti, biz birgalikda ajoyib ishlarni qildik, u savdo boʻyicha doʻstdir, endi savdo hajmini, shu jumladan, harbiy kelishuvlar hajmini toʻrt barobarga koʻpaytirib, 5 milliard dollarga yetkazamiz”, hatto bu “Yuz milliarddan oshsa yanada yaxshi boʻladi”, dedi. Yaʼni, u Yevropa Ittifoqining Turkiyadagi oʻrnini egallamoqchi va shu orqali oʻzining Yevropaga qarshi olib borayotgan iqtisodiy urushida zarba yoʻllamoqchi. Haqiqatdan ham Turkiya Amerika uchun ajoyib ishlarni qilib berdi: Soxta yordamlari bilan Suriya ahlini aldadi. Aslida, Asad rejimini saqlab qolishdek amerikaliklar rejasini bajardi. Bu ishni “keskinlikni yumshatish” niqobi ostida Rossiya va Eron bilan ittifoqchilik qilish orqali ado etdi. Turkiya “taranglikni yumshatish”, degan narsa orqali qurolli guruhlarni Halab, Gʻuta, Darʼadan chiqarib, Idlibda qamal qildi… 2018 yil 17 sentyabrda Sochi shartnomasiga imzo chekdi. Zotan, ayni shartnoma ortidanoq Tramp chiqib, shartnoma ortida turganini maʼlum qildi va Putin, Erdogan, Eron va Asad rejimiga minnatdorchilik bildirdi. Bu Suriya qoʻzgʻolonini yoʻq qilib, rejim basharasini yangilashga qaratilgan shartnoma boʻlib, unda rejimning ellik nafar vakil bilan hamkorlikda yangi konstitutsiya tuzishi aytildi. Shubhasiz, bu bilan AQSh Suriyadagi nufuzini saqlab qolmoqda. Shu bois, Erdoganning Suriya ahliga qilgan xoinligini sifatlashga til ojiz. Chunki u doʻst va yordamchi sifatida namoyon boʻlib, dushmanlar bilan til biriktirmoqda. Uning doʻstligiga faqat tuzogʻiga ilingan goʻl-ahmoqlar ishonadi, xolos, boshqa hech kim ishonmaydi!

Tramp Ibn Salmon bilan uchrashdi va uni ham “doʻst”, dedi. Uning olib borayotgan siyosatiga “kengbagʻirlik”, deya baho berdi. Holbuki, Ibn Salmonning Saudiyadagi siyosati koʻngil ochish va xotin-qizlarga erkinlik berish niqobi ostida fisqu fujur va hayosizlikni keng yoyishdan iborat. Tramp Ibn Salmonga “Sen ayniqsa, xotin-qizlar uchun qilgan ishlaringni oʻyla, bu gʻoyat ijobiy tendentsiya”, dedi. Bundan tashqari, Saudiyani milliardlab dollarga AQShdan harbiy xaridlar qilish orqali Amerika iqtisodini qoʻllab-quvvatlagani uchun maqtadi. Shuningdek, Saudiyaning neft bozorlarini AQSh foydasiga barqarorlashtirish, Rossiyani avrab, OPEKka jalb qilish va “AQSh-Saudiya hamkorligi”, degan narsani dastak qilib, AQShning mintaqadagi mustamlakachilik rejalarini amalga oshirish kabi rollarini olqishladi.

Putining Ibn Salmon bilan uchrashuvi ham aynan shu maqsadda uyushtirildi. Uchrashuvda OPEK bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinib, keyin 2019 yil 2 iyulda Venada OPEKka aʼzo davlatlar ayni hamkorlikni “OPEK plyus” nomi bilan qabul qilishdi, shu orqali Rossiya Amerika hukmi istiga kiritildi. Bu Rossiyaning siyosiy ahmoqligi, albatta. Chunki Rossiya Yaqin Sharqda oʻz nufuzimga va OPEK ichkarisida taʼsirimga ega boʻldim, deb oʻylayapti va Amerika uni mana shu xomxayollarga mubtalo qilyapti.

G-20 guruhm sammitining omadsizligi, Amerikani protektsionizm va savdo urushidan voz kechishga majburlay olmadi. Aksincha, u yerda boshqa rasmiylarning yigʻilganidan foydalanib, ularga oʻz siyosatini tiqishtirishga muvaffaq boʻldi.

Bu guruh maʼlum bir rasmiy siyosat, yaʼni, kapitalistik davlatlar raqobatlashadigan siyosat boʻyicha boshqariladi. Shuning uchun yaqinda Alloh izni ila barpo boʻlajak Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati hargiz bu guruhga qoʻshilmaydi. Bu davlat xalqaro va ikki tomonlama barcha iqtisodiy va siyosiy uchrashuvlaru bitimlarni Islom asosida olib boradi. Shu orqali adolatni roʻyobga chiqarib, odamlarga boyliklarni taqsimlaydi, insoniyat unda Islom nurini koʻrib, unga toʻp-toʻp boʻlib kirib keladilar.

¹ Baʼzi (AQSh kabi) davlatlarda import tovarlariga yuqori bojlar joriy qilish bilan bojxona siyosatini himoya qilish.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.