Muborak Qurbon hayiti tabrigi

654
0

Muborak Qurbon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,

Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

 Biz, Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari butun Ummatni, ular qatorida Qirgʻiziston musulmonlarini muborak Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz. Alhamdulillah, biz sizlarga tabrik yoʻllayotganimizdan benihoya mamnunmiz va shu bilan birga Yaratgandan sizlarni quyidagi yaxshiliklarga yetkazishini soʻraymiz. Sizlar deb murojaat qilar ekanmiz, sizlarning orangizda biz ham bormiz. Chunki, biz barchamiz bir Ummat farzandlarimiz.

 Allohim hajga borganlarning hojiligini, qurbonlik qilganlarning qurbonligini qabul qilsin.

 Qadrli Qirgʻiziston musulmonlari, sizlar Islom Ummatidan boʻlgan musulmonlarsiz. Biroq, hech qachon Islomiy hayotda yashmagansizlar. Shu bois Allohdan sizu bizni Islomiy hayotga yetkazishini soʻraymiz.

 Hozir sizlar Islomga zid boʻlgan demokratik kufr tuzumida yashamoqdasizlar. Allohim sizlarni bu qorongʻulikdan Islom nuriga olib chiqsin.

 Demokratiya niqobiga oʻrangan kapitalizm sizlarga mustamlakachi kofirlar tomonidan tiqishtirilgan. Uning kasofatlarini hayotda koʻryapsizlar. Mustamlakachilar iqtisodiy jihatdan boyliklarimizni talon-taroj qilib, xalqimizni ezishmoqda. Ulardan ortganini oʻzimizning kapitalistlar egallab olib, xalq hisobidan kun koʻrishmoqda. Monopoliya, korruptsiya, aroq ishlab chiqarish, sudxoʻrlik, qimorbozlik, tanasini sotish va boshqa koʻplab shu kabi harom yoʻllar bilan pul topish, halol yoʻllarni boʻgʻib tashlamoqda. Allohim sizlarni bu kapitalistik iqtisodiy tizim istibdodidan qutqarib, Islom iqtisodiy tizimini tatbiq qilishni nasib qilsin. Islom iqtisodi jamiyat boyligini odamlar oʻrtasida adolatli taqsimlaydi, haloldan rizq topishni taʼminlaydi, uning siyosati har bir fuqaroning asosiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

 Taʼlim sohasiga nazar solsak, farzandlarimizni iymonsiz, ahloqsiz, muomilada manfaatparast qilib tarbiyalashmoqda. Allohim sizlarni bundan qutqarib, islomiy taʼlim dasturini tatbiq qilishlikka yetkazsin. Farzandingiz iymonli, ibodatli, islomiy ahloq bilan ziynatlangan, munosabatlarida shariat hukmlariga amal qilgan bandalardan boʻlishsin.

 Ijtimoiy sohani olsak, jamiyatimiz ahloqiy buzuqlikka gʻarq boʻlmoqda. Bu buzuqliklarni aytishga ogʻiz bormaydi. Allohim sizlarni bu buzuqliklardan qutqarsin. Hayo, xurmat, iffat, insof va poklikni kafolatlagan Islomiy ijtimo tizimini tatbiq qilishni nasib etsin.

 Siyosiy tizimga nazar solsak, mustamlakachi kolonistlar ustimizga oʻzlariga malay shaxs va partiyalarni oʻrnatib qoʻyib, ular orqali boshqarishmoqda. Bu mustamlakachilar oʻzaro nufuz talashishadi, qurbonlari esa biz boʻlmoqdamiz. Oʻrtamizda chegara mojarolarini chiqarib, millatchilik urugʻlarini sepib, hokimiyat-muholifat oʻtlarini yoqib oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarishmoqda. Allohim bizlarni bunday fitnalardan qutqarsin. Mustamlakachilar changalidan qutqaruvchi, musulmonlar oʻrtasidagi birodarlikni taʼminlovchi Islomiy siyosiy tuzumni tatbiq etishni nasib qilsin.

 Albatta, yuqorida aytib oʻtilgan Islomiy tuzum mehnat-mashaqqatsiz, mol va jon sarf qilinmaguncha kelmaydi. Sizlar bundan qochmanglar. Buningsiz ham buzuq tuzumlar yoʻlida qurbonlik berib kelyapsizlar. Ochkoʻz mustamlakachilar keltirib chiqargan birinchi va ikkinchi jahon urushida qanchalab jonlar qurbon boʻlib, son-sanoqsiz mollar zoye ketganini eslanglar (hozir ham bu mustamlakachilarnin ochkoʻzligi ziyodalashib bormoqda). Bundan tashqari, chegara, separatizm, millatchilik, mehnat muhojirligi, bir tishlam non topish, hokimiyat-muholifat masalalarida jon berib, mol yoʻqotmoqdasiz. Bu ishlarda gunoh boʻlsa borki, biroq, savob yoʻq. Allohim sizlarni Alloh yoʻlida mol va jonini sarflaydigan bandalardan qilsin.

 Agar bunday qilmasangiz, Alloh sizlarning oʻrningizga boshqa jamoatni olib keladi, ular sizlar kabi boʻlmaydi. Sizlar buzuq tuzumlar uchun mol va jon sarflab oʻtib ketaverasizlar, Alloh sevgan jamoat Islom bilan aziz boʻladi va Islomni aziz qiladi.

 Alloh Taolo aytdi:

وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

“Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz oʻgirib ketsangizlar, U zot (oʻrningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qoʻyur, soʻngra ular sizlarga oʻxshagan boʻlmaslar”. [47:38]

 Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ، وَلاَ يَتْرُكُ اللهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ، عِزًّا يُعِزُّ اللهُ دِينَ الْإِسْلَامِ، وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ

“Bu ish kechayu kunduz yetib borgan yergacha yetib boradi. Alloh biron oʻtrogʻu koʻchmanchi uyini qoldirmay unga bu dinni azizni azizligi yo xorni xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islomni aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi”. (Hokim rivoyati).

 Qadrli birodarlar, Allohim sizlarni Islom bilan aziz qilgan boʻlsin.

 Yuqorida aytib oʻtilgan Islomiy sohalar Islomiy Xalifalik davlatidagina toʻligʻicha tatbiq etiladi. Shu sababli, Islom bilan aziz boʻlish uchun – sohta demokartik davlatchalar yoʻlida qurbonlik beravermay – Xalifalik yoʻlida fikriy-siyosiy kurash olib borish zarur. Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam koʻrsatib ketgan yoʻl. Bu yoʻldagi ozorlarga sabr qilib, molu jon bilan kurashishimiz kerak. Mana shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bashorat qilgan “Ummat oxiridagi yaxshilik” davri keladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

يَكُونُ فِي آخِرِ أُمَّتِي خَلِيفَةٌ يَحْثِي المَالَ حَثْيًا لا يَعُدُّهُ عَدَدًا

“Ummatimning oxirida mol-dunyoni hech bir hisob-kitob qilmay, moʻl-koʻlchilik bilan odamlarga tarqatadigan xalifa boʻladi” (Sahihi Muslim).

 Qurbon hayitingiz bilan!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.