Fikrat va tariqatda mustahkam turish sinov-imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtish demakdir

466
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Fikrat va tariqatda mustahkam turish sinov-imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtish demakdir

Zolimlarga orqa qilish va ularning saltanatiga yordam berish sinov-imtihonlarda yiqilishdir

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati

Markaziy aloqalar qoʻmitasi aʼzosi

doktor Muhamad Hivroniy qalamiga mansub

Islom nusrati uchun harakat qilayotgan kishilarni sinash, ulardan rostgoʻylari kimu yolgʻonchilari kimligi ajralishi uchun imtihon qilish Alloh Azza va Jallaning qonunidir. Toki, Allohning nusratiga noil boʻlishdek sharafga loyiq insonlar toza va begʻubor boʻlsinlar.

Alloh Azza va Jalla bizga Oʻzining Qurʼoni Karimida anbiyolar qissalarini, ularning oʻz qavmlari tomonidan azob-uqubatlar tortganlarini, daʼvatni yetkazishlari asnosida ogʻir baloyu sinovlarga duch kelganliklarini bayon qildi. Alloh Oʻzining nabiysi va ul zotdan keyin keladigan moʻminlarni sobitqadam qilish uchun shunday sinovlarni berganini bildirib oʻtdi.

Darhaqiqat, biz uchun oʻrnak boʻlmish Paygʻambarimiz va ashobi kiromlar eng qattiq ozor va sinovlarga duch keldilar, ammo bu ularni dinlaridan burolmadi, Robbilari vaʼdasiga boʻlgan qatʼiy ishonchlarini tebratolmadi, aksincha, imonlarini ziyoda qildi, din va tariqatlarida yanada sobitqadam qildi.

Mahzunlik yili Rosulimiz ﷺ oila tomonidan oʻzining suyanchiqlari boʻlgan Xadicha onamizni, tashqi tomondan tayanchlari boʻlgan amakilari Abu Tolibni yoʻqotdilar. Ana shunda Qurayshning ozorlari kuchaydi va ular ilgari qilolmagan zulmlarni qilishdi… Ammo ul zot sabr qildilar va bularning ajrini Parvardigoridan umid qilib, oʻzlarining mashhur soʻzlarini tildan qoʻymadilar:

“لاَ أَزَالُ أُجَاهِدَهُمْ عَلَى الَّذِي اِبْتَعَثَنِي اللهُ بِهِ حَتَّى يُظْهِرَهُ اللهُ أَوْ تَنْفَرِدَ هَذِهِ السَّالِفَةُ”

“Men Alloh joʻnatgan paygʻambarligim asosida ularga qarshi kurashdan toʻxtamayman, yo Alloh ushbu paygʻambarlikni gʻolib qiladi yoki uning yoʻlida shahid boʻlaman”.

Rosululloh ﷺ mubtalo boʻlgan azoblarga misol:

Imom Buxoriy rivoyatida Urva bunday deydi: “Men Amr ibn Osdan mushriklar Rosululloh ﷺga qilgan qattiq azoblardan aytib bering, degandim bunday hikoya qildi: Nabiy ﷺ Kaʼba toshida edilar, Uqba ibn Muit kelib qoldi va koʻylagini ul zotning boʻyinlariga bogʻlab, qattiq boʻgʻa boshladi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu kelib qoldi va Uqbaning yelkasidan tortib, Rosulullohdan nariga itarib tashladi va “Robbim Allohdir, degan zotni oʻldirasanlarmi?!”, dedi”.

Alloh Azza va Jalla sarvari olamni arab qabilalariga oʻzlarini havola qilib, ulardan nusrat talab qilishga buyurdi. Bu – arablarning ul zotga imon keltirishlari va Islom davlatini barpo qilish uchun soʻralgan nusrat edi. Chunki ushbu din uchun uni tatbiq qiladigan va hayot voqeida amalda mujassam etadigan davlat boʻlishi shart. Insonlar Robbul olamin rozi boʻladigan yagona tuzum soyasida yashashlari va Islom daʼvat va jihod yoʻli bilan butun dunyoga nur sifatida yetkazilishi uchun davlat boʻlishi shart. Shuning uchun ham Rosululloh ﷺ bilan ashoblari qattiq azoblarni boshdan kechirdilar, turli fitnalarga duchor boʻldilar, biroq bu ularga zarracha taʼsir qilmadi, balki imon, sabot ishonchlarini yanada ziyoda qildi.

Rosululloh ﷺ Makka jamiyati daʼvatga nisbatan toshdek qotib qolgach, nusrat berib qolishar, degan ilinjda Makkadan Toifga chiqdilar. Ammo Toif ahlidan ham ozor va jazoga yoʻliqdilar… Ular bolalarini va tentaklarini ul zoti olamga qarshi undashdi… Ul zotga toshlar ottirib, hatto oyoqlarini qonga belashdi. Ana shunda ham sarvari olam sabr bilan ortga qaytdilar va Robbilariga

“… إنْ لـَمْ يَكُنْ بِكَ غَضَبٌ عَلَيَّ فَلاَ أُبَالِي، لَكَ الْعُتْبَى حَتَّى تَرْضَى وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِكَ”

“Mendan gʻazablanmasang bas, men hech tashvishlanmayman. Mendan rozi boʻlsang bas, men Sendan roziman. Kuch-qudrat yolgʻiz oliy va ulugʻ Alloh madadi iladir”, dedilar.

Daʼvatning mana shunday ogʻir bir pallasida Alloh Subhanahu va Taolo Oʻz Nabiysi ﷺga anbiyolar nomini olgan uchta surani ketma-ket nozil qildi. Ular Hud, Yunus va Yusuf suralaridir. Bizga maʼlumki, Qurʼon Rosululloh ﷺga nozil boʻlsa, albatta qalblarini rushdu hidoyatga, sabot va matonatga toʻldirardi. Hud surasida Alloh Taolo bunday dedi:

فٱستَقِم كَمَاۤ أُمِرتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلَا تَطغَوا إِنَّهُۥ بِمَا تَعمَلُونَ بَصِیر  وَلَا تَركَنُوۤا إِلَى ٱلَّذِینَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن أَولِیَاۤءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

“Bas (ey Muhammad), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar oʻzingizga buyurilgani yangligʻ Toʻgʻri yoʻlda boʻlingiz, tugʻyonga tushmangiz! U zot qilayotgan amallaringizni albatta koʻrib turguvchidir. Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga suyanmanglar, aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas”  [Hud 112-113]

Aksar mufassirlar birgina shu oyatning oʻzi Nabiy ﷺni qaritganlarini aytganlar. Masalan, Ibn Abbos roziyallohu anhuning aytishlaricha, Alloh Taoloning

فٱستَقِم كَمَاۤ أُمِرتَ

(Siz oʻzingizga buyurilgan yangligʻ toʻgʻri yoʻlda boʻlingiz), degan soʻzlaridek qattiq botgan oyat boʻlmagan ekan.

Demak, Allohning buyrugʻida fikrat va tariqat bilan mustahkam turish sinov va imtihondir. Alloh Azza va Jallaning qonunlariga muvofiq nusrat va gʻoliblikka loyiq boʻlish, fikratda sobit, tariqatda barqaror turish va undan qilcha chetga chiqmaslik bilan boʻladi. Zero, bundan qanday ham chetga chiqishingiz mumkin, axir, Allohning hukmi boʻlsa, uni mahkam ushlab, unda barqaror turishga amr qilgan boʻlsa?! Alloh Subhanahu va Taoloning nusratiga, gʻolib qilishiga va roziligiga birdan-bir yoʻl Uning amriga boʻysunib, ushbu sharʼiy tariqatda mustahkam turishdan iborat. Chunki har qancha mashaqqatlar boʻlmasin, katta qurbonliklar berilib, fitnalar koʻp boʻlmasin, Alloh Azza va Jalla bizni unga rioya qilishga amr qildi.

Barchamizga oʻrnak boʻlgan zot Rosul ﷺdir va Alloh Azza va Jalla buyurganidek barqaror turganlarning eng yaxshisi u kishidir. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ oʻnlab arab qabilalaridan nusrat qilib, bu yoʻlda juda koʻp ozorlarni boshdan kechirdilar… Qabilalar har xil javob qildi. Baʼzilari ul zotga bolalar va ahmoqlarini roʻpara qilsa, baʼzilari boshlaridan tuproq sepishdi… Baʼzilari esa, yaxshi javob qildi. Baʼzi qabilalar maʼlum miqdorda dunyoga ega boʻlish maqsadida ul zot bilan muzokaralar qilardi. Darvoqe, Rosululloh ﷺ nusrat talab qilish asnosida juda ogʻir muzokaralarga kirishdilar, koʻp fitnalarni koʻrdilar, turli tuman avrashlarga duch keldilar. Ul zotga bu ishini bas qilishi evaziga podshohlik, mol-dunyo va ayollar taklif qilindi. Ammo sarvari olam ularga “Osmon uzilib yerga tushsa ham sizlar menga taklif qilayotgan narsani qabul qilmayman”, deb javob qildilar. Shuningdek, muzokara vaqtida ul zotdan yon berishni ham taklif qildilar, ammo yon berishni qatʼiy rad etilar. Zero, nusrat beradigan kishiga juda muhtoj boʻlsalarda, yon berish ul zot uchun ogʻir edi. Shu bilan birga, noqis-qisqa nusrat beradiganlari ham topildi, ammo ul zot “Hargiz bunday boʻlmaydi, balki bu ishga har tomonlama toʻkis nusrat beriladi”, dedilar.

Nabiy ﷺ ilk Islom davlatini barpo etish uchun nusrat talab qilganlarida baʼzi qabilalar tomonidan berilgan javoblarni oʻqiganmiz. Bu – bugungi kunda eshitayotganimiz soʻzlarga juda oʻxshaydi. Masalan, bir qabila “Biz arablarga itoat qilsagu, keyin ish bizdan boshqalarga tegar ekanda? Senga ehtiyojimiz yoʻq”, deya javob qildi!!

Darhaqiqat, Nabiy ﷺ nusrat berishga tayyor kuchlarga yon berishdan bosh tortdilar. Yaʼni, ulardan baʼzilari nusrat berishlari yoki Islom davlatini qoʻllab-quvvatlashlari evaziga hokimiyatdan oʻz odamlariga ulush ajratilishini yoxud maosh va mukofot sifatida hokimiyat berilishini soʻrashdi. Ammo bunday yon berishga rozi boʻlmadilar. Masalan, Nabiy ﷺ bizga hokimiyat Ummatniki ekanini, uni hech kim monopoliya yoki Ummatning istak-irodasisiz tasarruf qilolmasligini, chunki faqat Allohning shariati bilan hukm yuritadigan shaxsni saylovchi tomon Ummat ekanini xabar qildilar.

Shuningdek, Hud surasidagi oyati karima bizni tugʻyondan bunday ogohlantirgan:

وَلَا تَطغَوا إِنَّهُۥ بِمَا تَعمَلُونَ بَصِیر

“Tugʻyonga tushmanglar, U (Alloh) qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir” [Hud 112]

Bugun koʻpchilik ayni shunday tugʻyonga tushmoqda… Zolim rejimlar kabi, qoʻliga ozgina kuch-qudrat tegib qolsa, Ummatga hukmronlik qilyapti, saltanatini tortib olib, yashirin qamoq lagerlari ochyapti, Ummat gardaniga toʻlov va soliqlar yuklayapti… Mana shularning bari Alloh ogoh etgan va harom qilgan tugʻyondir. Bas, bundaylar bilib qoʻysin, Alloh ularning bunday amallarini koʻrib turibdi, yoʻldan toyilish, bu yoʻlda barqaror turmay, manfaat va shunga oʻxshash daʼvolar bilan Allohning shariati va tariqatidan voz kechish kabi bu amallari nusrat va gʻoliblikdan toʻsadi.

Oyati karimalar zolimlarga suyanishimiz nojoiz ekanini, bu bizni ikki dunyo halokatiga olib borishini xabar qilmoqda. Chunki zolimlarga orqa qilish bilan Ummat qarori va taqdiri oʻshalarga garov boʻladi, irodasi tortib olinadi, uning ustidan dushmanlar hukmron boʻladi, binobarin, nusrat hargiz bizga yor boʻlmaydi. Bugun bizning koʻpchilik, Alloh Subhanahu bizni ogoh etgan mana shu illatlarga ilakishdi, oqibatda, yoʻldan ozishdi, Ummat bergan shuncha qurbonliklarni zoye ketkazishdi, nusratni kechiktirishdi. Biz to Robbimiz amrida sobit turmas ekanmiz hamda Uning metin arqonini mahkam ushlab, Alloh Taolo buyurganidek tariqatda barqaror turmas ekanmiz, hech qanday xalos boʻlish amalga oshmaydi, nusrat ham kelmaydi. Qachon ushbu tariqatda sobit turib, “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar bilan aloqa ipini uzsak, ana shundagina Alloh Azza va Jalla bizni nusrat va gʻoliblik bilan ikrom etadi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.