Falastin asirlari bir tomondan yahudiylardan ikkinchi tomondan musulmon yurtlari hukmdorlaridan azob chekmoqdalar

685
0

Falastin asirlari bir tomondan yahudiylardan ikkinchi tomondan musulmon yurtlari hukmdorlaridan azob chekmoqdalar

“Arabiy 21” veb-sayti (hijriy 1440 yil 13 zul-qaʼda, milodiy 2019 yil 16 iyul seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Bugun seshanba kuni “Isroil”da falastinlik mahbus Nisor Toqotiqa shahid boʻldi. U “Isroil”ning Nitsan qamoqxonasida alohida xonada saqlanayotgan edi. Hodisa ortidan “Asira” harakati tomonidan “Arabiyya 21”ga yuborilgan bayonotda aytilishicha, Nitsan qamoqxonasi maʼmuriyati seshanba kuni mahbus Nisor Toqotiqaning qamoqxona ichkarisida vafot etgani toʻgʻrisida “Asira”ga xabar qilgan.

“Asira” harakati Nisor Toqotiqaning shahidligiga toʻla javobgarlikni bosqinchi yahudiylar qamoqxonasi maʼmuriyati zimmasiga yukladi”.

Roya gazetasi sharhi:

Nahotki, bu Falastin rejimiga yahudiylar vujudi bilan “muqaddas” xavfsizlik hamkorligini toʻxtatish hamda murosasozlik stolini uning yuziga agʻdarib, asirlarni undan ozod etish uchun jiddiy harakatga kelish vaqti kelmagan boʻlsa?! Musulmon yurtlari hukmdorlarining bosqinchilarning bu kabi jinoyatlarini qoralab, norozilik bildirib qoʻyishlari qanday foyda beryapti, bu narsa asirlar mashaqqatini koʻpaytirib, qamoq muddatini yanada uzaytirmayaptimi?! Yahudiylarning shuncha jinoyatlari Falastin va uning ahlini sevamiz, deyayotgan bu hukmdorlar tuygʻusini qoʻzgʻamadimi, bu qoʻrqoq vujudga loaqal tilda boʻlsa ham tahdid qilib qoʻyishmadimi?! Yahudiylarning shuncha jinoyatlari musulmon armiyalarni otilib chiqib, Falastinning asirlariyu Isro maskanlarini ozod etishlari uchun nahotki turtki boʻlmayotgan boʻlsa?!

Ey Islom oʻlkalaridagi xolis qoʻshinlar!

Musulmon yurtlari hukmdorlarining hammasi xoin va malaydirlar. Ularni na Falastin tashvishlantiradi va na uning ahli. Biroq Ummatni siz mard oʻgʻlonlarichi! Falastin ahli qoni siz uchun shunchalar qadrsiz boʻlishi aqlga sigʻadimi?! Ogoh boʻling va bilingki, ertaga siz Jabbor va Muntaqim Allohga yoʻliqasiz, sizni har bir kattayu kichik amalingizni U sarhisob qiladi, ana oʻshanda pushaymon boʻlasiz, ammo u kunda pushaymon foyda bermaydi! Shunday ekan, gʻayrat qilib, yahudiylar, kofirlar va ularga malay boʻlgan hukmdorlar qamoqlaridagi asirlarni ozod etishga shoshiling. Siz bunga qodirsiz. Ammo sizda qatʼiyat va iroda yetishmayapti, xolos. Siz shu Ummatning bir boʻlagi ekaningizni, ularni ozod etib, xavfsizliklarini taʼminlashga javobgarligingizni anglab yetmayapsiz.

Roya gazetasining 2019 yil 24 iyul chorshanba kungi 244-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.