Shuncha yillar oʻtdi, siyosiy maqsadda berilayotgan zahri qotil pullar Shom qoʻzgʻolonini parchalashda davom etmoqda

444
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shuncha yillar oʻtdi, siyosiy maqsadda berilayotgan zahri qotil pullar Shom qoʻzgʻolonini parchalashda davom etmoqda

Ustoz Ahmad Abdulvahhob qalamiga mansub

Siyosiy maqsadda berilayotgan pullarning salbiy oqibati va xavfi barchaga yaqqol maʼlum boʻlganiga qaramay, uning xatarliligi haqida shuncha maqolalar yozilsa-da, har qanday sharoitda boʻlinmasin, bu pulni olishda davom etishdan yana koʻp marta tinimsiz eslatish va ogohlantirishga toʻgʻri kelyapti. Chunki Shom qoʻzgʻoloni boshlanganiga shuncha yil oʻtgan boʻlishiga qaramay, uni tilka pora qilayotgan va harakatini falaj qilishda hanuz davom etayotgan aynan shu pullar boʻlib qolmoqda. Shomdagi ushbu muborak, pokiza, oʻxshashi yoʻq qoʻzgʻolon hamma xavf-xatarga tik boqib, zulm va togʻutdan qutulish va Islomning adolat boshqaruvini oʻrnatish yoʻlida barcha molu jonini sarflashga tayyor boʻlib, Bashar Asad rejimiga qarshi tabiiy suratda boshlandi. Ana shunda Gʻarb uni yoʻq qilish uchun oʻzining bor kuch va imkoniyatini safarbar qildi, jilovlab olish uchun hamma uslub-vositalarni qoʻlladi. Bu uslublarning mutlaq xavflisi esa, siyosiy maqsadda berilayotgan pullar boʻldi. Aynan shu pullar yurtimizdagi barcha musibatlarimizga battar musibat, balolarimizga yana balo orttirdi va hamon orttirmoqda… Siyosiy maqsadda berilayotgan ushbu iflos pullar masalamizni yanada chigallashtirdi, qonxoʻr rejim umrini ziyoda qilib, unga ishlarini qayta tartiblashtirib olishi uchun vaqt-imkoniyat berdi.

Iflos pullar berish uslubi haq bilan botil oʻrtasidagi kurashda yangilik emas. Darhaqiqat, bu ish Rosululloh ﷺga nisbatan ham qoʻllangan edi. Rosululloh ﷺni daʼvatini burib, jilovlab olish uchun Quraysh ul zotga mol taklif qilgan. Oʻshanda Utba ibn Robia Nabiy ﷺga “Ey amakimning oʻgʻli, samodan keltirgan bu ishing uchun mol istasang, mollarimizdan toʻplab berib, seni bizdan ham badavlat kishiga aylantiraylik. Ammo shon-sharaf istasang, seni ustimizdan eng sayyidimiz qilib, sensiz biror ishni yechmaydigan ulugʻimiz qilib olaylik. Agar podshohlik istasang, tepamizga seni podshoh qilib olaylik. Agar bu keltirgan narsang, koʻzingga koʻrinayotgan narsa boʻlib, uni oʻzingdan daf qilolmayotgan boʻlsang, tabib izlab topaylik va seni tuzatishi uchun mol-davlatimizni sarf qilaylik. Chunki chindan ham kishiga bir narsa tegsa, uni davolamaguncha ketmaydi”, dedi. Rosululloh ﷺ Utbaning soʻzini tugaguncha tinglab turdilar, soʻng “Gapirib boʻldingmi Abu Valid?”, dedilar. U Ha, degach, “endi meni tingla”, dedilar. Utba boshla, degandi, “Bismillahir Rohmanir Rohim”, deb Allohning ushbu kalomini tilovat qildilar:

حم  تَنزِيلٌ مِنْ الرَّحْمَانِ الرَّحِيمِ  كِتَابٌ فُصِّلَتْ آيَاتُهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ  بَشِيرًا وَنَذِيرًا فَأَعْرَضَ أَكْثَرُهُمْ فَهُمْ لاَ يَسْمَعُونَ

“Ho, Mim. (Ushbu Qurʼon) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingan. U biladigan qavm uchun (moʻminlarga) xushxabar berguvchi va (kofirlarni azobdan) ogohlantirguvchi – arabiy Qurʼon holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan Kitobdir. Bas (kofirlarning) koʻplari (uning oyatlari haqida tafakkur qilishdan) yuz oʻgirdilar, demak ular eshitmaslar”    [Fussilat 1-4]

Rosululloh ﷺ Utbaga ushbu oyatlarni oʻqib berar ekanlar, Utba ikki qoʻlini beliga qilib tayangan holda oyatni tingladi. Rosululloh surani sajda oyatiga qadar oʻqib, sajdai tilovat qildilar. Soʻng “Ey Abu Valid, mana shularni eshitding, endi oʻzing bilasan”, dedilar. Shunday qilib, Rosululloh ﷺ Mugʻiraning barcha takliflaridan bosh tortdilar va qotilning tuzogʻiga ilinmadilar. Bu esa, biz uchun saboq, yoʻlimizni koʻrsatib beruvchi belgi, shunday holatlarda egallamogʻimiz kerak boʻlgan bayondir.

Qadimdan – biror qoʻzgʻolonni buzmoqchi boʻlsang, uni molga gʻarq qil, degan gap bor. Haqiqiqatda shunday boʻldi ham. Shom qoʻzgʻoloni siyosiy maqsadda berilayotgan zahriqotil pullarga koʻmilib, qoʻzgʻolon oqimi fojiali natijaga yetib keldi, toʻgʻri yoʻnalishidan ogʻib, boshqa yoʻlga burilib ketdi. Chunki qoʻzgʻolon rejimni oʻz inida agʻdarib tashlash uchun poytaxt Damashq tomon yoʻnalish oʻrniga, uzoq-uzoq hududlarga ketib qoldi, agʻdarishdan uzoqlashdi, vaholanki, rejimni agʻdarish qoʻzgʻolonning oʻzgarmas maqsadlaridan biri edi. Bu pullar jangovar maydondagi guruhlar yetakchilari chiqaradigan qarorlarni ham chiqmaydigan qilib qoʻydi. Natijada, frontlar “donor” davlatlar buyrugʻi bilan ochiladigan va oʻshalar buyrugʻi bilan yopiladigan boʻlib qoldi… Halab, Gʻuta, Darʼa singari koʻplab mintaqalar dushmanga topshirildi. Chunki puli borgina qarori bor boʻlib qoldi!

Bu zaharli pullar ayni lahzada ham qoʻzgʻolon jismini kemirmoqda. Men bu maqolada siyosiy maqsadda berilayotgan pullar hayotning siyosiy, axborot, insonparvarlik kabi hamma shaklidagi boʻgʻinlariga salbiy taʼsir qilganini batafsil birma-bir aytmoqchi emasman. Chunki bu pullarning qanday oqibatlar olib kelgani hammaga shundoq ham maʼlum boʻlgan. Shuning uchun qoʻzgʻolon tanida paydo boʻlgan bunday saraton bezini ildizi bilan olib tashlab, tanani tozalamogʻimiz va avvalo, Alloh Azza va Jallaga, soʻng oʻz kuchimizga tayanmogʻimiz darkor. Ana shunda qarorlarimizni oʻzimiz chiqara olamiz, oʻzimizga oʻzimiz mustaqil boʻlib, nima qilmoq kerakligiga oʻzimiz qaror qila olamiz.

Kimdir – u holda, ishlarimizni qanday moliyalashtiramiz, deyishi mumkin. Unga javob bunday: Kimda-kim siyosiy maqsadda berilayotgan pullarning naqadar xavfliligini, oxir oqibat u shuncha berilgan qurbonliklaru shahidlar qonini behuda ketkazishini, bizni qayta zulm, adolatsizlik va qullikka olib kelajagini yaxshi anglagan boʻlsa, u holda, bu shaytonning ipini uzib tashlamogʻi shart. Unga osilish oqibati fojiaga olib kelayotgani kunday ravshan boʻldi, endi unga osilishga hech qanday bahona qolmadi. Bas, Allohning mustahkam arqonini ushlamoq va rizqdan xavotirlanmaslik kerak. Chunki rizq Alloh Subhanahuning qoʻlida. Rosululloh ﷺ

“جُعِلَ رِزْقِي تَحْتَ ظِلِّ رُمْحِي”

“Mening rizqim, nayzamning soyasiga bogʻliq qilib qoʻyildi”, deganlar. Bas, kim Allohning arqonini haq-rost ushlasa, unga Alloh Subhanahu va Taoloning fazli kifoya, Alloh unga dushmanlari ustidan nusrat beradi. Zotan, qoʻli ochiq sahovatli kishilar ham koʻp. Qachon ular bizning xolis yoʻlimizni va karami keng, qudrati ulugʻ Robbimizga, keyin oʻzimizga tayanayotganimizni koʻrsalar, biz uchun molu jonlarini ayamasliklariga aslo shubha yoʻq. Bunga misollar juda koʻp. Masalan, yaqinda Shom ahli uchun saxiy insonlar koʻp sadaqalar qilishdi, hatto qiz bolalar ham quloqlaridagi tilla ziraklarini ehson qilishdi. Demakki, bu zahriqotil pulni oʻrnini bosuvchi mollar serob. Allohga hamd boʻlsin, ham ichkarida oʻljalar koʻp, ham ichkariyu tashqarida saxovatli musulmonlar koʻp. Bizga yetishmayotgan narsa mol emas, toʻgʻri qarordir. Shuning uchun “donor” davlatlar bizga tiqishtirgan iplarni uzib tashlab, dushmanimiz makridan qutulishimiz uchun toʻgʻri qaror qabul qilmogʻimiz darkor.

Alloh Taolo bunday dedi:

وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِنْدَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِنْ كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ  فَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ مُخْلِفَ وَعْدِهِ رُسُلَهُ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ ذُو انْتِقَامٍ

“Ular oʻzlarining makr-hiylalarini qildilar, agar ularning makrlari sababli togʻlar yemirilib ketadigan boʻlsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (maʼlumdir). Siz hargiz Allohni oʻz Rosuliga bergan vaʼdasiga xilof qiluvchi, deb oʻylamang, (balki) Alloh intiqom olguvchi qudratlidir” [Ibrohim 46-47]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.