Husiylar tomonidan Abha aeroportining nishonga olinishi inglizlar rad etgan AQSh siyosiy yechimini tezlashtirish uchundir

491
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Husiylar tomonidan Abha aeroportining nishonga olinishi inglizlar rad etgan AQSh siyosiy yechimini tezlashtirish uchundir

Ustoz Shoyif Sharodiy – Yaman

Soʻnggi paytlarda Husiylar faoliyati juda tezlashib ketdi. Ularni yengilmas gigant qilib koʻrsatishmoqchi. Husiylar Saudiya bilan chegaradosh Hajja muhofazasidagi Hajur qabilalari mintaqasida oʻz nufuzini oʻrnatishdi. Chunki bu qabilalarni Saudiya Husiylarga tayyor oʻlja qilib qoʻyib berdi, qasddan hech narsa qilmadi. Soʻng Husiylar butun Qaʼtabani oʻz nazoratlari ostiga olishdi, hech mashaqqatsiz Zole muhofazasidan ulkan qismni egallashdi, osongina katta miqdorda qurol-aslahani qoʻlga kiritishdi. Chunki Amerika oʻsha yerdagi qarshilik harakati ichiga kirib olgan, Husiylar esa Najron frontida olgʻa siljishga muvaffaq boʻlgan edi. Va nihoyat, Saudiya Arabistoni ballistik raketalar bilan maʼlum vaqt hujum uyushtirdi.

Ha, Abha aeroporti 2019 yil 12 iyun chorshanba kuni tong paytida Husiy jangarilari otgan qanotli raketa hujumiga uchradi. Hujum oqibatida 26 fuqaro yaralandi. Yaralanganlar orasida uch ayol va ikkita bola bor. Oʻsha kuni arab davlatlari koalitsiyasi matbuot kotibi polkovnik Turkiy Molikiy bunday bayonot berdi: “Tungi soat 02:20da Abha aeroportining minglab yoʻlovchilar kelib tushadigan zaliga Husiylar tomonidan otilgan raketa kelib tushdi. Hujum oqibatida 26 fuqaro yaralandi, ulardan 3tasi ayol va ikkitasi yosh bolalardir”. (Hudhud onlayn).

Husiylarni kuchli va ularning raketasiga qarshi turishda Saudiya rejimini zaif, chekingan qilib koʻrsatilayotganidan, ikkalasi ham Amerika rozi boʻladigan siyosiy yechimga kelishishayotgani koʻrinmoqda. Chunki Husiy bilan Salmon ikkisi ham Amerikaning malayi. Amerika Saudiya oilasi hukmdorlarini ochiqdan-ochiq oʻzining malayi ekanini namoyish qilib, Husayn Husiyni kuchaytiryapti. Zero, Amerika malayi Husayn Husiyni ayni urush davomida noldan boshlab yetishtirdi. Bu mustamlakachi davlat Saudiya hukmdorlari bilan oshkora kelishib, “keskinlik boʻronidan boshlab, Husayn Husiyni kuchaytirishga, unga qarshi boʻlgan hamma kuchga zarba berib, xalq tomonidan qoʻllab-quvvatlantirishga va hokimiyatga olib chiqishga harakat qilyapti. Salmon va uning oʻgʻlini provokatsiya qilib, ularni mintaqa davlatlari byudjetidan ham katta miqdorda tovon toʻlashga majbur qilyapti va buni Eron kabi davlatlardan ularni himoya qilayotgani bilan dastaklayapti. Shuningdek, Amerika ularni ilmoniyliklarini ochiq namoyish qilishga, xolis insonlarni quvgʻin qilib, qamoqqa tiqib, uzoq muddatga hukm qilishga undayapti. Bularning barchasi Salmonni Amerika etagini ushlayotganini koʻrsatish, ammo Husiyning malayligini yashirish bilan amalga oshirilyapti. Chunki shu orqali obroʻsi tushib borayotgan Husayn Husiyni Yaman xalqi tomonidan qoʻllab-quvvatlab, tepalariga hukmdor qilib qoʻyish koʻzlangan.

Saudiya Arabistoni Amerika zoʻrlab tiqishtirayotgan siyosiy yechimga qarshi emas. U bu yechimning tezroq amalga oshishini istaydi. Chunki urush mamlakat tinkasini qurityapti, boyliklarini sovuryapti. Biroq, Saudiya buni istasa-da, mamlakat ichkarisida ayni siyosiy yechim uchun jamoatchilik qoʻllovini tayyorlab olmoqchi, Husiyni qudratli shaxs qilib koʻrsatmoqchi. Mamlakat ahliga – sizlar nafaqat Husiy xavfi, balki uni qurol bilan taʼminlayotgan Eronning ham tahdidi ostidasiz, demoqchi. Ichkaridagi inglizlarning odamlarini qisti-bastiga olishga urinyapti. Chunki bu odamlar hanuz inglizlardan buyruq olishmoqda. Ularning hammasidan qutulmoq oson emas. Chunki ular oʻzlarini Salmon va uning oʻgʻliga sodiq qilib koʻrsatishadi. Shuningdek, muzokara va siyosiy yechimga zohirda rozi boʻlib koʻrinishsa-da, aslida oʻzlari harbiy yechimni istashyapti. Shuning uchun Saudiya Arabistoni mamlakat ahli oldida Husiylardan oʻzini goʻyo ojiz, oʻzini-oʻzi mudofaa qilolmayotgan qilib koʻrsatishga urinyapti, ularga siyosiy yechimga rozi boʻlmay, uning muvaffaqiyati uchun yon bermay ilojimiz yoʻq, oʻrtacha yechim hammani rozi qiladi, demoqda.

Ammo inglizlar siyosiy yechimga norozi, muzokaralarni istar-istamas bazoʻr qabul qilishyapti. Shu bois bir vaqtning oʻzida, muzokaralarni muvaffaqiyatsizlikka uchratishga harakat qilishyapti. Masalan, Hodiy hukumatining tashqi ishlar vaziri Xolid Yamoniy isteʼfo berib, buni Hadida boʻyicha Shved konventsiyasining bajarilmayotgani, BMT vakili Martin Griffitning Husiylar tomonida turganligi bilan dastaklayapti.

Amerika oʻzining takabbur-zoʻravonligi bilan siyosiy yechimni zoʻrlab amalga oshirishga muvaffaq boʻlishi mumkin, ayniqsa, inglizlar qalʼasi agʻdarila boshlagan bir paytda. Biroq Britaniya makr va firibda ustasi farang. U ham Amerika istayotgan siyosiy yechimni muvaffaqiyatsizlikka uchratishi mumkin. Misol uchun, Britaniya siyosiy yechimga rozi boʻlishi ham mumkin, shu shart bilanki, Hadidada Husiylarning soʻzi oʻtmasin. Agar shunday boʻlsa, Husiylar oʻz shartlarini qoʻya olmaydigan darajada zaiflashib qoladi. Bu bilan Yamanda eng kuchli nufuz egasi inglizlar boʻlib qoladi. Amerika mana shundan tashvishlanyapti va bunday shartlarga aslo rozi boʻlmaydi. U Shvetsiya muzokaralarida Husiylar foydasiga muvaffaqiyat qozondi. Chunki Hadida va uning uch porti hanuz ularning qoʻlida va nazorati ostida turibdi.

Bu siyosiy yechim Amerika istagandek muvaffaqiyatli hal boʻladimi yoki Britaniya istagandek muvaffaqiyatli hal boʻladimi, yoxud muvaffaqiyatli hal boʻlmaydimi, farqsiz, Yaman mustamlakachi dushmanlar qoʻlida qolaveradi… Dushmanlar oʻzlarining jinoyatchi malaylari vositasida oʻz rejalarini amalga oshirishaveradi… Oʻrtadagi qurbonlar hamda ikki holatda ham boy beradiganlar Yaman ahli boʻlib qolaveradi.

Yaman ahli shuni yaxshi anglab yetmoqlari lozimki, agar mustamlakachi dushmanlari tiqishtirayotgan siyosiy yechimga rozi boʻlsalar, bu yomgʻirdan qochib, doʻlga tutilgan bilan barobardir. Chunki har ikkala yechim ham yovuz yechimdir. Masalan, urushni davom ettirish bilan qonlar toʻkiladi, yurtlari vayron boʻladi, boyliklari talon-toroj qilinadi va ularning ustidan buzuq qonunlar zoʻrlab joriy qilinadi. Siyosiy yechim bilan esa, kufr qonunlari tatbiq qilinishda davom etadi, Islom ortga uloqtirilib, ilmoniylik tatbiq etilishiga rozi boʻlinadi. Bu bilan musulmonlar shaxsiyasi oʻchiriladi va oʻzligi oʻzgaradi. Ular dushmanga itoat etish va Robbilariga osiy boʻlish bilan besh yuz yillik uzoqlikdan koʻrinib turadigan va (kofirlardan) hech birini qoldirmay yondiradigan doʻzaxga ravona boʻlish xavfiga duch keladilar.

Hamma-hamma yaxshilik mustamlakachi kofirlar yechimlariga rozi boʻlmay, Allohning mustahkam arqonini ushlab, roshidinlar Xalifaligini qayta barpo etishga harakat qilishdadir. Ushbu Xalifalik butun olam Parvardigori oʻzining Rosuliga nozil qilgan dinimiz ahkomlarini tatbiq qiladi. Eng toʻgʻri chiqar yoʻl Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida butun olam Parvardigori shariati tatbiq etilishi uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilishdan iborat. Alloh Subhanahuga duo qilib, Islom Ummatiga Hizb ut-Tahrir yetakchiligida ushbu davlatning tez kunda barpo etilishiga muyassar aylashini soʻraymiz. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.