Jeenbekov: Rossiya Qirgʻizistonning yaqin ittifoqchisi va strategik hamkoridir

411
0

Jeenbekov: Rossiya Qirgʻizistonning yaqin ittifoqchisi va strategik hamkoridir

 Qirgʻiziston Rossiya bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan, dedi Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Choʻlpon-Otada Qirgʻiziston-Rossiya yoshlar yetakchilari forumi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.

 “Bizni Rossiya bilan tarixiy doʻstlik, ittifoqchilik va oʻzaro hurmatga asoslangan ishonchli munosabatlar bogʻlab turadi. Men koʻp bor taʼkidlaganman, yana bir bor aytaman, Rossiya bizning yaqin, ishonchli ittifoqchimiz va strategik hamkorimiz. Biz Rossiya bilan birgalikda oldinga harakat qilish, oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashni maqsad qilganmiz”, – dedi Jeenbekov.

 Jeenbekov shu yilning martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi davomida hamkorlikning koʻplab masalalari muhokama qilinganini aytdi.

 Ikki davlat yoshlar yetakchilarining forumi 25 iyulda boshlandi va 30 iyulgacha davom etadi.

  Izoh: Jeenbekov prezidentlikka saylanganidan soʻng ilk rasmiy tashrifini Rossiyadan boshlagan edi. Kremlda Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Jeenbekov:

 “Shunday boʻlishi ham kerak. Birinchi tashrif aynan Rossiyaga amalga oshirilishi kerak edi. Men oʻz tomonimdan strategik sheriklik mustahkamlanishi uchun maksimum saʼy-harakatni amalga oshiraman… Erishgan yutuqlarimizdagi Rossiyaning roli va oʻrni eʼtibordan chetda qolishi hech qachon mumkin emas. Xalq sizning yordamingiz va qoʻllab-quvvatlovingizni yuqori baholaydi. Bizning eng muhim hamkorlik yoʻnalishimiz Rossiyaga qaratilgan va biz bu yoʻnalishda qatʼiy ishlaymiz”, – deya taʼkidlab oʻtgan edi.

 Maʼlumki, biror davlatda saylangan prezident birinchi amalga oshiradigan tashrifiga qarab ham, bu mamlakatda qaysi davlatning nufuzi ustin ekanligi va tanlangan yoʻnalishini bilib olish mumkin. Rossiya avvaldan Qirgʻizistonni oʻzining hom-ashyoviy bazasi sifatida koʻrib kelgan. Qirgʻiziston harbiy jihatdan toʻlaligicha Rossiyaga qaram. Siyosiy tomondan bilvosita boshqarib kelingan. Akayevdan tortib Jeenbekovgacha boʻlgan prezidentlarni kelish yoki ketishi Rossiya tomonidan xal etilgan. Rossiya Qirgʻiziston siyosatiga bilvosita taʼsir oʻtkazib kelayotgan boʻlsa, Jeenbekov va Atambayev kelishmovchiligi ortidan bevosita aralasha boshladi. Saqofiy tarafdan taʼsiri bir oz zaiflasha boshlagan edi. Endi buni ham kuchaytirib boshladi. Qirgʻiziston-Rossiya yoshlar yetakchilari forumini oʻtkazilishi ham saqofiy taʼsirini kuchaytirish yoʻlida tashlangan qadamlardan biridir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.