Chegara mojarosi: 2 metr… kimga foyda, kimga zarar

526
0

Chegara mojarosi: 2 metr… kimga foyda, kimga zarar

 Qirgʻiziston bilan Tojikistonning chegara hududlarida chegara mojarolari koʻp sodir boʻlib turadi. 22-iyul kuni ham shunday bir ayanchili voqea sodir boʻldi. Voqeada Qirgʻiziston fuqarolaridan besh kishi yaralangani, Tojikiston fuqarolaridan esa olti kishi yaralanib, bir kishi vafot etgani xabar qilindi.

 Rasmiy maʼlumotlarda voqea rivoji quyidagicha tasvirlanmoqda: Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni Voruh anklaviga kelishi kutilayotgan boʻlgan. Shu sababli Voruh aholisi chegaraning shartli hududida bayroqchalar oʻrnatmoqchi boʻlishgan. Bunga Qirgʻizistonning Ak-Say qishloq ahli qarshi chiqib, bayroq ustunlarini 2 metr ortga jildirishgan. Tojikistonliklar boʻlsa Qirgʻizistonning Dacha qismida oʻrnatilgan “Ak-Say” degan yozuvni sindirib tashlashgan. Mana shunday nizolar natijasida oʻnlab odamlar jarohatlandi va bir kishi hayotdan koʻz yumdi… 2 metr nari yo beri…

 Shu bilan bir vaqtda, Qirgʻizistonda 60 gektar hududni egallagan Qant aerodromida Rossiya aviabazasi oʻrnashib turipti. Tojikistonning uchta shahrida Rossiyaning 201- harbiy bazasi joylashtirilgan. Bu bazalar butun Oʻrta Osiyo ustidan Rossiya mustamlakachiligini taʼminlab kelyapti. Ammo shunga qaramay qirgʻiz-tojik musulmonlari 2 metr yer talashib janjallashishyapti… Aslida Oʻrta Osiyodagi musulmonlar oʻrtasiga chegaralar – bu yerdagi musulmonlar birlashib rus mustamlakachiligiga qarshi chiqmasligi uchun – oʻzaro nizolashtirib turish maqsadida tortilgan.

 Rossiya va Xitoy oʻz mustamlakachilik mavqelarini mustahkamlash maqsadida Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etishdi. Musulmonlarni birlashib, kuchayishlarini oldini olish uchun – ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bahonasini – tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilashdi. Hozir Rossiya harbiy bazalari shu bahona bilan turibdi. Xitoy esa mamlakatlarimiz parokanda xolatida turgan vaziyatda mazkur tashkilot orqali ularning har biri bilan alohida shartnomalar tuzib yerlarimizni tortib olmoqda, tabiiy boyliklarimizni talamoqda.

 Hozir Qirgʻiziston va Tojikiston qarzlarining 40%i Xitoydan olingan qarzdan iborat. Qirgʻiziston Xitoydan 2 mlrd dollar, Tojikiston 1,5 mlrd dollar qarzdor. Bugunga kelib Xitoy qarzlar evaziga kon-erlarimizni egallay boshladi. Birgina misol, Qirgʻizistondagi Ishtamberdi, Kichi-Chaarat, Shambesay kabi yirik oltin konlariga xitoylik kompaniyalar egalik qilmoqda. Xitoyning TVEA kompaniyasi Dushanbe IEM qurilishi evaziga Tojikistonning Duoba, Ust Kumarg singari yirik oltin konlarini olib qoʻydi, bu ham yetmaganidek, endilikda uchinchisiga koʻz olaytirmoqda. Qirgʻiz-tojik musulmonlari esa 2 metr yer talashib oʻzaro janjallashmoqda…

 Biz, qirgʻiz-tojik xalqi – barchamiz musulmonlarmiz. Bizning Qurʼonimiz bir, Paygʻambarimiz bir, qiblamiz va hatto mozorimiz bir… Biz millat yoki vataniga qaramay mayyitning janozasida yonma-yon turamiz. Agar bir qirgʻiz musulmon Tojikiston hududida vafot etadigan boʻlsa, tojik birodarlarimiz janozasini oʻqib, oʻz qabristonlaridan 2 metr yer ajratib xurmat bilan dafn etishadi. Agar shunday xodisa Qirgʻizistonda sodir boʻlgundek boʻlsa qirgʻizistonlik musulmonlar ham xuddi shunday qilishadi… yoki bunday emasmi!?..

 Biz, musulmonlarning shunday qirpichoq boʻlishimiz, yuqoridagilardan maʼlum boʻlganidek, mustamlakachilarning manfaatlarigagina xizmat qiladi. Ular bizni 2 metr yer uchun urushtirib qoʻyib, gektarlab yerlarimizni bizlar uchun mozorga aylantirib qoʻyishlari mumkin (bundan Alloh saqlasin, biroq, bunday narsalarga olamiy tajribalarda koʻp guvoh boʻlyapmiz). Mamlakatimiz yerlari boʻlsa butunicha oʻsha mustamlakachilar koloniyasi sifatida qolaveradi.

 Bugungi xodisa Qirgʻiziston prezidenti Tojikistonga safar qilishi boʻyicha muzokaralar olib borilayotgan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Bu uchrashuvda chegara masalalari ham muhokama qilinishi aytilmoqda. Aslida, bunday muzokaralar avval ham boʻlib kelgan, biroq, bunday harakatlar hech nimani xal qilmaydi. Bunday masalalar faqat mustamlakachi xoʻjayinlarning manfaatlariga muvofiq xal qilinadi. Chunki, mazkur chegaralar mustamlakachi tomonidan tortilgan va ustimizdagi bu yetakchilar ularning mustamlakachilik manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun oʻrnatib qoʻyilgan. Biz esa xiyonotkor rahbarlarni izzat bilan kutib olib, yoʻllariga bayroqlar tikib, ular uchun janjallashyapmiz…

 Paygambarmiz Muhammad sallollahu alayhi va sallam aytdilar:

“وَلَمْ يَنْقُضُوا عَهْدَ اللهِ وَعَهْدَ رَسُولِهِ إِلَّا سَلَّطَ اللهُ عَلَيْهِمْ عَدُوَّهُمْ مِنْ غَيْرِهِمْ فَأَخَذُوا بَعْضَ مَا كَانَ فِيْ أَيْدِيهِمْ، وَمَا لَمْ يَحْكُمْ أَئِمَّتُهُمْ بِكِتَابِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ وَيَتَخَيَّرُوا فِيمَا أَنْزَلَ اللهُ إِلَّا جَعَلَ اللهُ بَأْسَهُمْ بَيْنَهُمْ”

 “Allohga va Uning Paygʻambariga bergan vaʼdalarini buzgudek boʻlishsa, Alloh ularga dushmanlarini sulton qilib qoʻyadi. Dushmanlar ularning qoʻllaridagi ayrim narsalarni olib qoʻyishadi. Modomiyki, ularning rahbarlari Alloh Azza va Jallaning Kitobi bilan hukm yuritishmas, Alloh nozil qilgan hukmlarni afzal bilmas ekan, Alloh ularni oʻzlarini-oʻzlari bilan ovora qilib qoʻyadi” (Ibn Moja rivoyati).

 Ey musulmonlar, agar shunday qilib mustamlakachi kofirlarning siyosatiga aldanib, oʻzaro nizolashib yuraversak, oxiratda ham zarar koʻruvchilardan boʻlib qolamiz.

“إِذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ”

“Ikki musulmon bir-biriga qilich koʻtarsa, oʻldirgan ham, oʻlgan ham doʻzaxdadir” (Buxoriy rivoyati).

 Qadrli musulmonlar, bizlar barchamiz musulmonmiz, biz har bir masala yechimida Islomga murojaat qilishimiz zarur:

1. Islomiy aqidamizga murojaat qilaylik, Bu aqida barcha millat vakillarini dindosh birodarlarga aylantiradi.

2. Islomiy Xalifalikgina musulmonlar oʻrtasida tortilgan sohta chegaralarni olib tashlab, ularni bir davlatda birlashtiradi, musulmonlar oʻrtasida chegara mojarolari degan narsa boʻlmaydi.

 Buning uchun Islomimizni oʻrganaylik va Xalifalikni barpo qilish yoʻlida fikriy-siyosiy kurash olib boraylik!

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.