Muftiyot Oʻshda ekstremizmning oldini olish masalalarini muhokama qildi
Oʻshda “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash asoslari” deb nomlangan muhokama boʻlib oʻtdi. Bu haqda muftiyot matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda Oʻsh viloyat qozisi Samidin Atabayev, Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasining Janubiy hudud boʻlimi rahbari Isakbay Murzabekov va bir qator davlat xodimlari, kuch organlari vakillari va 30dan oshiq kursantlar qatnashdi.
Yigʻilishda odob etikasi, ekstremizm va terrorizmni oldini olish boʻyicha fikr almashildi.
Izoh:
Olamiy kufr sistemasi Islom va musulmonlarga qarshi kurash uslubini oʻzgartirib bormoqda. Ilgari musulmonlarni moddiy kurashga ragʻbatlantirib, “Al-Qoida” singari jangari guruhlar orqali xolis musulmonlarni sunʼiy paydo qilingan jang maydonlariga boshlab, oʻn minglab musulmonlarni qirib yuborgan boʻlsa, bugungi kunga kelib “Moʻʼtadil Islom” loyihasini ishlab chiqib, bu loyihani musulmonlar orasida yoyishga oʻtdi. Bu kurashda yetakchi kufr davlatlari “sopini oʻzidan chiqarish” uchun jamiyat ichidagi olimu ulamolardan, xususan, muftiyotlardan foydalanishga intilyapti. Qirgʻizistonda ham mazkur kufr loyihasini amalga oshirish va olimlar ichidan “oʻz talablariga” javob beradigan imomlarni ajratib olish uchun muftiyot tomonidan imomlar attestatsiyadan oʻtkazildi. “Talablarga” javob bergan va ular bilan hamkorlik qilishga rozi boʻlgan imomlar oʻz vazifalarida qoldirilgan boʻlsa, qolganlarini ishdan boʻshatdi. Ularga maxsus stipendiyalar belgilandi va davlatga qaramligi oshirildi. “Egan ogʻiz uyalar” deganlaridek, bugungi kunda muftiyot tomonidan tayinlangan va kuch organlari tomonidan maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan imomlar “armiyasi” yetishtirib chiqarilmoqda. Ular yuqoridagi kabi tadbirlarda qolgan odamlarga va kuch organ xodimlariga “moʻʼtadil” musulmon bilan “ekstremist” va “radikal” musulmon oʻrtasini qanday farqlashni va ularga nisbatan qanday munosabatda boʻlishni oʻrgatishmoqda.
Biz bu oʻrinda shu narsani eslatib oʻtishni xohlar edikki, bu yerdagi masala Islom yoki kufr masalasidir! Kufr musulmonlar oʻrtasiga nifoq solmay turib, bizlarni boʻlib tashlay olmaydi. “Moʻʼtidil Islom” kufrning yirik loyihalaridan biri boʻlib, bu loyiha orqali musulmonlar oʻrtasini ajratib tashlash koʻzlangan. Biz oʻzaro birdamligimizni saqlamasak, albatta yengilamiz! Birdamlik esa faqat jismlar bilan emas, balki Islom mafkurasi asosida Paygʻambarimiz sallollahu alayhi va sallam siyratlari asosidagi yoʻl ustida birlashish bilan boʻladi.