Falastin va Ummat masalasiga qarshi fitnalar koʻp, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

534
0

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini:

Falastin va Ummat masalasiga qarshi fitnalar koʻp, biroq ularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

Hizb ut-Tahrir shanba kuni Falastinning Qilqiliya shahrida shahar aholisi va oʻnlab nufuzli kishilar ishtirokida Ramazon kechasini oʻtkazdi. Kechada Hizb ut-Tahrir – Falastin matbuot boʻlimi aʼzosi muhandis Bohir Solih nutq soʻzlab, Ummat masalalari va tashvishlari haqida hamda Ummatga asosan, Falastin masalasiga qarshi fitnalar boʻlayotgani haqida soʻz yuritdi.

Ramazon oyi kechasida Allohdan nusrat va gʻoliblik berishini, toat ibodatlarni qabul aylashini soʻrab duolar qilinar ekan, Bohir Solih Alloh nusrat beruvchi va har ishga qodir ekanini, moʻminlar vazifasi esa, Allohni rozi qilish va vaʼda qilgan nusrati uchun harakat qilishdan iboratligini taʼkidladi.

Notiq mustamlakachilar va ularning qoʻgʻirchoq hukmdorlarining Ummatga, uning umidlariga va shu zolimlardan qutulishga qaratilgan harakatlarga qarshi toʻqiyotgan fitnalari ulkan ekanini inkor qilmadi, biroq bugun Ummatga qayta jon kirganini va u bir kun ham oʻlmaganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, mustamlakachilardan butunlay ozod boʻlib, yer yuzida Allohning shariati hukmron boʻlishidan boshqa narsaga hargiz rozi emasligini Ummat koʻrsatdi.

Bohir Solih Falastin masalasi haqida gapirar ekan, bu zaminga qarshi toʻqilayotgan til biriktiruvlarni – ular ikki davlat yechimi yoki bitta davlat yechimi boʻladimi yoki Asr kelishuvi kabi koʻrinishlarda boʻladimi hech bir farqsiz – bularning barchasini hukmdorlar loqaydligi, xiyonati va jinoyati, deb atash mumkinligini taʼkidladi. Shuningdek, musulmonlar Falastin masalasining faqat bitta yechimiga rozi boʻlishlarini, yaʼni ushbu yechim – Falastinni islomiy zaminligini taʼkidlaydigan va uning bir qarichi ham yahud bosqinchiligi ostida qolishini harom sanaydigan sharʼiy haqiqatlarga asoslansagina qabul qilishlarini taʼkidladi.

Notiq mazhabparastlik kurashidan ogohlantirib, bunday dedi: Amerika bu kurashga Eron va Saudiya orqali olov yoqib, yagona Ummat farzandlari orasidagi boʻlinishni yana-da kuchaytirmoqda, bu davlat juda jirkanch siyosatni rejalashtirmoqda va bu Eron xavfiga qarshi kurash niqobi ostida oʻzi bilan mintaqa davlatlari oʻrtasidagi harbiy siyosiy koalitsiyaga yahud vujudini ham qoʻshish rejasidir.

Shuni taʼkidlash lozimki, notiq bilan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtgan munozara Ramazon kechasini boyitdi hamda mushtarak ishonchlarni mustahkamlab, koʻpgina tafsilotlar izohiga hissa qoʻshdi.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.